11. To’g’ri to’rtburchakning kichik tomoni 9,3 dm ga
teng bo’lib, diagonallar orasidagi burchak 120˚ ga teng. To’g’ri to’rtburchak diagonalining uzunligini hisoblang.
12. Agar trapetsiyaning perimetri 12,6 dm ga teng bo’lib, uning parallel bo’lmagan tomonlari 3 dm va 26 sm bo’lsa trepetsiyaning o’rta chizig’ini hisoblang.
13. ABCD to’g’ri to’rtburchakning AB tomoni 24 sm ga diagonali esa 25 sm teng. Shu to’g’ri to’rt burchakning perimetri va yuzuni hisoblang.
14. Teng yonli trapetsiyaning asoslari 10 sm va 4 dm ga
teng bo’lib, yon tomoni 25 sm ga teng.Trapetsiyaning perimetri va yuzini toping.
15. Asosining uzunligi 15 dm, yon tomoning uzunligi 19,5 dm bo’lgan teng yonli uchburchakning yuzini hisoblang.
16.Rombning tomoni 3,4 m bo’lib,diagonallaridan biri 6 m ga teng.Rombning yuzini hisoblang.
17.AD kesma ABC uchburchakning bissektrisasi.Agar AB=14 sm, BS=20 sm va AS=21 sm bo’lsa, BD va DC larning uzunliklarini toping.
18. Yer maydonining plani uchburchak shaklida bo’lib,uning yuzi 87,8 sm²ga teng.Agar plan 1:100 000 masshtabda bajarilgan bo’lsa,yer maydonining yuzini toping.
19.Ikki o’xshash ko’pburchak perimetrlarining yig’indisi 690 dm bo’lib,eng kichik mos tomonlari 8 dm va 15 dm va 15 dm ga teng.Ko’pburchak perimetrlarini aniqlang.
20.Aylananing radiusiga teng AB vatari uchlaridan C nuqtaga kesishuvchi urinmalar o’tkazilgan.ACB burchakning kattaligini aniqlang.
21.Asosidagi L burchagi va yon tomonining uzunligi b ga ko’ra teng yonli uchburchalning yuzini toping.
22.AOB markaziy burchak AB yoyga tirilgan ichki chizilgan burchakdan 30º ga katta.Shu burchaklarni
toping.
23.Doira tashqarisiga olingan nuqtadan ikki kesuvchi o’tkazilgan bo’lib,ular orasidagi yotlar 140º va 52ºga teng.Ikki kesuvchi hosil qilgan o’tkir burchakni toping.
24.ABC uchburchakning BC tomoniga o’tkazilgan o’rta perpendicular AC tomonini D nuqtada kesib o’tadi.Agar BD=5 sm,Ac=8,5 sm bo’lsa,AD va DC ni toping.
25.To’g’ri burchakli uchburchakka r radiusli aylana ichki chizilgan.Agar gipotenuzaning uzunligi 26 sm, r =4 sm bo’lsa,uchburchakning perimetrini toping.
26.Aylanaga ABC uchburchak ichki chizilgan, AB esa aylana diametri.Agar BC=134º bo’lsa, uchburchakning burchaklarini toping.
27.ABC uchburchakda AC=12 sm, A=75º, C=60º bo’lsa, AB va Sni toping.
28.Uchburchakning ikki tomoni a=12, b=8, ular orasidagi burchagi 60º bo’lsa,uchburchakning uchinchi tomonini va qolgan ikki burchagini toping.
29.Tomonlarining uzunliklari 13, 14, va 15 bo’lgan uchburchakka tashqi chizilgan aylana radiusi R va ichki chizilgan aylana radiusi r ni toping.
30. a (1; 2) va b (1; -) vektorlar orasidagi burchakni toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |