1-topshiriq. Dars turlari tushunchasining mohiyatiga oid blis-so‘rov


Download 36.78 Kb.
bet1/4
Sana26.01.2023
Hajmi36.78 Kb.
#1125114
  1   2   3   4
Bog'liq
10-мус.таълим 030102ba63b4b83a3e215f01ac02b813


Mavzu yuzasidan amaliy topshiriqlarni bajaring va MOODLE platformasiga yuklang:
TA’LIM METODLARI, ShAKLLARI VA VOSITALARI TASNIFI
1-topshiriq. Dars turlari tushunchasining mohiyatiga oid blis-so‘rov
1. Ta’limni tashkil etishning asosiy shakli nima?
2. Dars nima?
3. Sinf nima?
4. Sinf-dars tizimi nima?
5. Sinf-dars tizimi asoschisi kim?
6. Ma’ruza-seminar nima?
7. Darsning qanday turlari bor?
8. Zamonaviy darsga qanday talablar qo‘yilgan?
9. An’anaviy dars nima?
10. Noan’anaviy dars nima?
2-topshiriq. “T sxema”sidan foydalanib sinf-dars tizimining afzalliklari va kamchiliklarini sanab chiqing
Sinf-dars tizimining afzalliklari va kamchiliklarini T sxema (qarama-qarshi tomonlarni taqqoslashga oid organayzer) asosida to‘ldiring: yaxlit o‘quv-tarbiyaviy jarayonning tartibli ketishini ta’minlovchi aniq tashkiliy tizim; tizimning asosan bilimlarni o‘rtacha darajada o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar uchun mo‘ljallanganligi; jarayonlarning oddiy boshqarilishi: muammoning jamoa bo‘lib muhokama qilinishi, masalaning echimini birgalikda izlash jarayonida bolalar o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning shakllanish imkoniyati; bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar uchun qiyinchiliklarning yuzaga kelishi va kuchli o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar qobiliyatlarining rivojlanish sur’atining ortga surilishi; o‘qituvchining o‘quvchilar va ularning tarbiyasiga doimiy emotsional ta’sir ko‘rsatishi; o‘qituvchi uchun o‘qitish mazmuni va o‘qitish sur’atlari hamda metodlari bo‘yicha individual ishlarni tashkil etish, shuningdek, o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olishda qiyinchilikning yuzaga kelishi; ta’limning emotsionalligi (zero, o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida o‘quvchi-larning katta guruhi bilan ish olib boradi), o‘quv faoliyatiga musobaqalashish elementlarini kiritish uchun sharoitning yaratilishi; katta va kichik yoshli o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlarning qaror topmasligi; bilimsizlikdan bilimlarni o‘zlashtirish sari harakatlarning muntazamligi va ketma-ketligi.



AFZALLIKLARI KAMCHILIKLARI




Download 36.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling