1-topshiriq investitsiyalarni moliyalashtirishda bank kreditining roli


Gudvill – investitsiya ob’ekti sifatida


Download 52.76 Kb.
bet2/6
Sana17.02.2023
Hajmi52.76 Kb.
#1205434
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ССТ-51 Н.Захидова

3.Gudvill – investitsiya ob’ekti sifatida.


Milliy hisob iqtisod adabiyotlarida “gudvill” korxona narxi, korxonaning taniqli nomi (obro’-e’tibor), o’rnatilgan ishchan aloqalar, korxona sheriklar tushunchalari bilan bir qatorda ishlatiladi. Gudvill - bu xaridor tomondan faoliyat yuritayotgan kompaniya (firma, korxona, biznes)ni sotib olishda, uning yangidan tashkil etishga nisbatan qo’lga kiritilgan afzalliklaridir. Gudvillni baholashning ikki usuli bor: proportsional baholash usuli1; 2) to’liq baholash usul
Gudvill ijobiy yoki salbiy bo’lish mumkin. Korxonaning taniqli nomi bo’lsa, korxona qiymati uning aktiv va majburiyatlari jami qiymatidan yuqori ekanligidan dalolat beradi. Bunda ushbu korxona faoliyatida sezib bo’lmaydigan, uning aktiv va majburiyatlari qiymatida o’z aksini topmagan narsa sifatida korxonaning barqaror xaridorlari, geografik jihatidan qulay joylashuvi, sifat jihatidan qozongan obro’-e’tibori, marketing va mahsulot sotish ko’nikmalari, texnik nou-xau, o’rnatilgan aloqalar, boshqarish tajribasi, korxona personallarini malaka darajasi va h.k. bo’lishi mumkin bo’lgan daromaddan yuqorirroq daromad darajasini ta’minlaydi.


4.Investitsiya faoliyati, uning obyekti va subyektlarini tavsiflang?


Investitsiya faoliyati investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog’lik bo’lgan harakatlari majmuasi tushuniladi.
Investitsiya faoliyatini yo’lga qo’yishda har bir mulk egasi birinchi navbatda o’z manfoatini ko’zlab yagona bir maqsadga, ya’ni foyda olishga yoki ijtimoiy samara olishga intiladi.
Investitsiya faoliyatida investitsiya subyekti, investitsiya obyekti, investor, emitent, investitsiya resurslari kabi tushunchalar mavjud.
Investitsiyaning obyekti bo’lib, mablag’lar ya’ni boyliklarni safarbar etayotgan obyektlar tushuniladi. Ular yangi korxonalar yoki amaldagi korxonalar, qimmatli qog’ozlar, bank depozitlari bo’lishi mumkin.
Investitsiya subyekti bo’lib, investitsiyani amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi. Ular: xorijiy davlatlar, halqaro tashkilotalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruv organlari, turli mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar, mulk egasi bo’lgan fuqorolar bo’lishi mumkin.

Download 52.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling