5.Investitsiya faoliyatini tartibga solishda davlatning roli qanday?
Davlat investitsiya faoliyatini tartibga solish bilan birga bevosita o’zi ham unda ishtirok etadi. Bunda u:
- davlat investitsiya dasturlarini qabul qilish va ularni respublika byudjetidan moliyalashtirish;
- yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun to’lovlilik, muddatlilik va qaytarib berish asosida respublika byudjetining markazlashgan investitsiya resurslarini taqdim etish;
- investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb etilgan kreditlar uchun davlat kafolatini taqdim etish;
- investitsiya loyihalarining davlat kompleks ekspertizasini olib borish;
- mahalliy va xorijiy investorlar uchun kontsessiyalar taqdim etish kabilar bilan investitsiya faoliyatida qatnashadi.
2-TOPSHIRIQ
TEST
Milliy iqtisodiyotga chet el investitsiyalari asosan qaysi shaklda jalb qilinmoqda?
korxona ustav kapitalida ulush qo’shib qatnashish orqali
lizing shartnomalari asosida
tenderlarni o’tkazish orqali
hukumat kafolati ostida
Yo’nalish ob’yektiga ko’ra investitsiyalarning turlarini ko’rsatib bering?
portfel va bevosita investitsiyalar
to’g’ri chet el investitsiyalari va davlat investitsiyalari
moliyaviy, real va intellektual investitsiyalar
ichki va tashqi investitsiyalar
Korxona tomonidan qimmatbaho qog’ozlar chiqarish jarayoni bu ...?
repatriatsiya
emissiya
kotirovka
reinvestitsiya
Do'stlaringiz bilan baham: |