1-topshiriq. Oliy ta’lim
Download 22.42 Kb.
|
2-Topshiriq(II) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matn yuzasidan savol va topshiriqlar. 1. Matnga reja tuzing. Reja: 1.
- 2-topshiriq.
- 3-topshiriq.
Assalomu-aleykum hurmatli talabalar! 1-topshiriq. Oliy ta’lim “Oliy ta’lim” atamasi zaminida iqtisod, fan, texnika va madaniyat sohasida faoliyat olib boruvchi, ish mobaynida ilm-fan, madaniyat, texnika yangiliklarini qo‘llagan va o‘z ustida ishlagan holda nazariy hamda amaliy muammolarni bartaraf etuvchi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tushuniladi. Oliy ta’lim muassasalari yuridik maqomga ega. Respublikamizda oliy ta’lim muassasalarining quyidagi ko‘rinishlari bor: -Universitet- oliy ta’lim dasturini bajarishda talabalarga tanlayotgan sohasi bo‘yicha yoki keyinchalik o‘qishlarini davom ettirishlari uchun keng qamrovli bilim berishga e’tibor qaratiladi; -Akademiya- oliy ta’lim dasturini bajarishda oliy ta’lim berish bilan bir qatorda keyinchalik o‘qishlarini davom ettirishlari uchun aniq bir yo‘nalishga tayyorlaydi; -Institut-barcha oliy ta’lim muassasalari kabi oliy ta’lim dasturini bajaradi, bilim berishda bir yo‘nalishga qaratilgan bilim beriladi. Masofaviy ta’lim- asosiy faoliyatdan uzilmagan holda ta’lim muassasasidan uzoqda o‘quv dasturidagi mavjud bilimlarni o‘zlashtirish. U zamonaviy axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyaning texnik vositalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Kunduzgi o‘qish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashning yo‘nalishlari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Universitet: - Oliy va undan keyingi ta’lim uchun ta’limni bir necha yo‘nalishda beradi; - Turli sohalardagi mutaxassislarning malakasini oshiradi va qayta tayyorlaydi; - Fanning turli yo‘nalishlarida fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib boradi; - Ilm sohasi bilan chambarchas bog‘liq ilmiy va metodik markaz hisoblanadi. Akademiya: - Ta’lim sohasida ma’lum belgilangan oliy va oliy ta’limdan so‘nggi ta’lim berishga mo‘ljallangan o‘quv dasturini bajaradi; - Mutaxassislarning bilimlarini belgilangan tartibda malakasini oshiradi va qayta tayyorlaydi; - Fan, madaniyat, san’at sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi; - O‘z faoliyati doirasida yetakchi ilmiy, metodik markazi hisoblanadi. Institut : - Oliy va oliy ta’limdan keyingi o‘quv dasturlarini bajarishni ta’lim va fanning ma’lum bir me’yorida amalga oshiradi; - Mutaxassislarni ma’lum bir sohada qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug’ullanadi; - Fundamental va amaliy tadqiqot ishlarini olib boradi. Oliy ta’lim ikki bosqichdan iborat: bakalavriat va magistratura. Matn yuzasidan savol va topshiriqlar. 1. Matnga reja tuzing. Reja: 1. 2. 3. 2. Oliy ta’lim terminlari lug’atini tuzing. - o`rta ta`lim, o`rta maxssus, … 3. O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarining qisqartma otlarini yozing.TATU - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti … 2-topshiriq. Matnning tushirib qoldirilgan o‘rinlarini o‘z so‘zlaringiz bilan to‘ldiring. Hayot go‘zal, yashash maroqli. Biroq inson uchun... Shu bois bo‘lsa kerak, inson borki, hamma vaqt imkon qadar bu dunyoning go‘zalliklaridan ko‘proq bahra olishga, … intilib yashaydi. Bu istak esa ba’zida odamzodga baxt keltirsa, .... Insoniyatning eng zaif tomoni ham shunda, menimcha … . U amal qilayotgan ko‘plab zararli odatlarning oxir-oqibatini bilsa-da, …. Bugun yoshlar orasida ommalashib borayotgan chekish odati ham ayni yuqoridagi fikrimizga dalil. E’tibor bergan bo‘lsangiz, yoshlarimiz ruju qo‘yayotgan sigareta tutunlari, … singari tobora farzandlarimizning katta qatlamini o‘z isjankasiga olmoqda. Yurtimizda … berilayotgan … bir paytda kelajagimiz vorislari bo‘lgan o‘g‘il-qizlarimizning bu qadar o‘zlarini zaharlashlariga nima sabab bo‘lmoqdi? Aytish joizki, farzandlarimizning har qanday illatga ruju qo‘yishlarida, avvalo … bosh omil bo‘lib xizmat qiladi. 3-topshiriq. O’zingiz xohlagan badiiy asar yoki kinofilmga taqriz namunasini yozing. 4-topshiriq. Ish yuritish hujjatlaridan “Taklifnoma” namunasini yozing. Topshiriq 16 balli shkalada baholanadi. Download 22.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling