Birinchidan, ishlab chiqarishni joylashtirish (paxta-to‘qimachilik va agrosanoat klaster) zamonaviy shakllarini joriy etish asosida qayta ishlab chiqarishni chuqurlashtirishga qaratilgan davlat sanoat siyosati iqtisodiyotning xomashyoga yo‘naltirilgan ixtisoslashuvini kamaytirish va tayyor mahsulotlar (qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, tayyor meva va sabzavot, go‘sht va sut mahsulotlari, to‘qimachilik, farmatsevtika, va hokazo) eksport salohiyatini oshirish uchun zaxira ekanligini ta’kidlash lozim. Shu munosabat bilan mintaqalararo loyihalarni amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarni jalb etish, to‘plangan tajribani (masalan, Farg‘ona vodiysining yerga ishlov berish, qurilish ishlari bo‘yicha tajribasi va boshqalar) joriy etish, tovarlar va xizmatlarni sotishga yordam berish uchun qo‘shni mamlakatlarda biznes markazlari va savdo uylari yaratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |