1-topshiriq. «O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi va turlari»


Download 23.67 Kb.
bet4/6
Sana14.12.2022
Hajmi23.67 Kb.
#1005636
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
amaliy dars

Keysga savol-vazifa: O’qituvchi qanday xatoga yo’l qo’ydi? Aslida o’qituvchi qanday yo’l tutishi kerak edi?



3.Keys bayoni
Katta guruhda bayram munosabati bilan uyushtiriladigan tadbirda tarbiyachi Botirdan o’ziga berilgan she'rni o’qishni so’radi. Botir she'rni tutilib o’qidi. To’qri o’qishga qanchalik harakat qilmasin, ifodali o’qiy olmadi. Tarbiyachi biroz kutib turdi va Botirga “She'rni yod olmabsan! Senga qachon bergan edim. Ertaga oying bilan gaplashaman! Sening ta'ziringni berishim kerakka o’xshaydi”, - dedi. o’rtoqlari kulib yuborishdi.
Keysga savol-topshiriq: Tarbiyachi Botirni o’rinli koyidimi?


4-Keys bayoni
Guruhga yangi guruh rahbari tayinlandi. Yangi guruh rahbari xonaga kirishi bilan hammani o’ziga qaratib shunday dedi: “Bundan keyin bu yerda mening aytganim –aytgan, deganim degan bo’ladi.Kim menga quloq solmasa itning kunini boshiga solaman” –deb o’zining qator talablarini ayta ketdi va hech kim bilan maslahatlashmasdan guruh liderini tayinladi. O’qituvchi guruhda kuch bilan tartib o’rnatishga harakat qildi.Guruhda yangi norasmiy tuzilmalar tashkil topib, ma’suliyatsiz,davomati past o’quvchilar soni ikki barobar oshdi.

Keysga savol-vazifa: Yangi sinf rаhbаri qаndаy хаtоgа yo’l qo’ydi? Pedagog yangi guruhi bilan muloqatni qanday tashkil etishi kerak edi? Qаndаy yo’l bilаn jаmоаni muvaffaqiyatli boshqarishga erishish mumkin?





Mashg’ulot topshiriqlari (uy vazifasi uchun).
1. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi asosiy me’yoriy hujjatlari - «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari bilan tanishish hamda tahlil etish («Barkamol avlod — O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» kitobining 20-60 betlari).
2. Kadrlar tayyorlash Milliy modeli va uning tarkibiy qismlari (Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining 3-bo‘lim, 3.1; 3.2; 3.3; 3.4; 3.5 bandlari)ning vazifalarini ajratib o‘rganish.
3. Mavzuga oid ko‘rgazmali vosita tayyorlab kelish.
Ko‘rgazmali vositani tayyorlashga doir zaruriy ko‘rsatmalar:
1) mavzu mohiyati bilan bog‘liqlikda chizma, jadval, rasmni qo‘lda yoki kompyuter grafikasi yordamida tayyorlang;
2) ko‘rgazmali vositani izohlashga doir tavsifnoma yozing.



Download 23.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling