1-topshiriq. Quyidagi so‘z va so‘z birikmalari istirokida gaplar tuzing va ular gaplaringizda undalma vazifasida kelsin.
Toshkent, aziz talabalar, onam, qo‘zim, lobar qiz, barno yigit, singiljon, lolaqizg‘aldoq.
Naqadar salobatli, mag’rursan Toshkent!
Aziz talabalar, 1-sentyabr O’zbekiston Davlatining mustaqillikka erishgan kuni bilan barchangizni muborakbod etaman!
Ey, kechalari farzandi uchun bedor chiqqan, yemay, yedirgan, kiymay kiydirgan, jonini Jabborga qurbon qilgan Ona!
Qo’zim, nega xafasan? Axir bilmaysanmi, sen ko’ngling sal og’risa, meni dilim vayron bo’ladi. Menga buni ravo ko’rma qizalog’im, ayt, nima bo’ldi?
Ey lobar qiz, ayronindan quyib ber!
Barno yigit, siz faqat gapga ustamisiz yoki mana bu somonlarni g’ovulxonaga tashlashib yuborishga ham ustamisiz?
Singiljon, onamdek azizim, akangni endi o’z holiga qo’yib qo’yma hichqachon, akang unutganda ham sen uni unutib qo’yma, yo’qsa ado bo’larkanman!
Do'stlaringiz bilan baham: |