1-topshiriq. Tarixiy atama va tushunchalarga izoh bering. Fuqarolik jismoniy shaxsning maʼlum bir davlat bilan huquqiy bogʻlanishidir. Fuqarolikka ega shaxs fuqaro
Download 24.7 Kb.
|
126720 4 variant
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Fuqarolik jamiyati
1-topshiriq. Tarixiy atama va tushunchalarga izoh bering. 1.Fuqarolik jismoniy shaxsning maʼlum bir davlat bilan huquqiy bogʻlanishidir. Fuqarolikka ega shaxs fuqaro, deyiladi. Bu bogʻlanish fuqaroning tegishli davlatga nisbatan boʻlgan huquq va burchlari hamda uning oʻsha davlat tomonidan himoya qilinishida namoyon boʻladi. Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 21-moddasiga koʻra butun Oʻzbekiston hududida yagona fuqarolik oʻrnatiladi (Qoraqalpogʻiston fuqarosi ayni vaqtda Oʻzbekiston fuqarosi hamddir.Fuqarolik — shaxsning muayyan davlat bilan doimiy siyosiyhuqukiy aloqasi; bu aloqa shaxs va davlatning oʻzaro huquq va majburiyatlarida ifodalanadi. Shaxs F.ka ega boʻlgach, davlat uning hamma huquq va erkinliklarini eʼtirof etadi, ularning amalga oshishini taʼminlash choralarini koʻradi. Fuqarolarning manfaatlarini davlat, fuqarolar boshqa mamlakatlar hududida turgan vaqtda ham himoya qiladi, ularga homiylik koʻrsatadi. Oʻz navbatida, fuqarolar davlat qonunlari va qoidalarga soʻzsiz rioya kiladilar, oʻzlari uchun belgilangan majburiyatlarni bajaradilar. Bu huquq va majburiyatlar yigʻindisi fuqaroning siyosiyhuquqiy maqomini tashkil etadi, fuqarolar ana shu maqom bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardsh ajralib turadilar. 2.Fuqarolik jamiyati — haqiqiy fuqarolardan, yaʼni uzviy bogʻliqlikda boʻlgan hamda axloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyatdir. Fuqarolik jamiyati - konstitutsiyaviy huquq nazariyasida huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli; insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, koʻp partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi taʼminlanadigan hamda oʻzinioʻzi boshqarish organlarining mavqei baland boʻlgan ijtimoiy tuzum. Bunda mamlakatning har bir fuqarosi siyosiy, ijtimoiy, iqgisodiy, maʼnaviy va huquqiy jihatdan oʻz ehtiyojlarini jamoat birlashmalari va fondlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va nodavlat notijorat tashkilotlar ishida faol ishtirok etib, ular orqali qondiradilar. Fuqarolik jamiyatida fuqarolar davlat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatadilar, davlatning koʻpgina vakolatlari jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklanadi. Davlat hokimiyati esa mamlakatning umumiy taraqqiyot rejalarini tuzadi, uning strategiyasini ishlab chiqadi, mudofaa, milliy xavfsizlik, davlat mustaqilligi va chegaralari daxlsizligini, uning suverenitetini taʼminlash, pulmoliya, soliq, bank siyosati, tashqi siyosat va jahon hamjamiyati bilan aloqalar tizimini yaratadi, uni boshqaradi. Fuqarolik jamiyatini qurish kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichmabosqich oʻtish orqali roʻy beradi. 3. Hokim — viloyat, tuman, shaharda oliy mansabdor shaxs. U mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi. Hokim lavozimining joriy etilishi oʻzbek milliy davlatchiligi anʼanalari va tarixiy tajribalarga asoslangandir. Iskandar Makduniy zamonida mahalliy aholi vakillaridan Artaboz — Baqtriyada, Oksiart va Xoriyen — Soʻgʻdiyona hududlarida Hokimlik qilganlar. Amir Temur va temuriylar davrida davlat boshqaruvi oliy darajadagi amaldorlardan tashkil topgan markaziy boshqaruv va viloyat Hokimlari qoʻlidagi mahalliy boshqaruvdan iborat boʻlgan. Hokimlar mamlakatning amaldagi haqiqiy egalari edilar. Oʻrta Osiyo xonliklarida muayyan bir shahar va uning atrofidagi qishloqlar ustidan rahbarlikni amalga oshirish uchun bel-gilab qoʻyilgan amaldorlar Hokim deb atalgan. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq Oʻzbekistonda mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini kuchay-tirish maqsadida Hokim lavozimi taʼsis etildi. „Oʻzbekiston Respublikasi mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish toʻgʻrisida“ Oliy Ken-gash tomonidan qabul qilingan qonun (1992-yil 4-yanvar) Hokim va hokimlik tuzilmasining asosiy vazifalarini belgilab berdi. 4.Ijoriya hokimiyati -davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi hokimiyat va sud hokimiyati kabi mustaqil tarmoqlaridan biri. Joriy qonunlar va b. meʼyoriy hujjatlarga asoslanib, boshqaruv vazifalarini bajaradi (davlat boshligʻi, hukumat). Qonun chiqaruvchi hokimiyat hujjatlarini ijro etish maqsadida oʻz qaror va farmoyishlarini qabul qiladi, odatda, davlat boshligʻi (prezidenta) ning bevosita rahbarligi va nazorati ostida ish koʻradi. I. e. h. mintaqaviy va mahalliy darajada mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish organlari (hokim, oqsoqol, gubernator, mer, prefekt) tomonidan amalga oshiriladi. OʻzRda hukumat — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat xokimiyatining oliy ijrochi va boshqa-ruvchi organi hisoblanadi. U iqtiso-diyotning, ijtimoiy va maʼnaviy sohaning samarali faoliyat koʻrsatishiga, qonunlar ijro etilishiga, Oliy Majlisning qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining bajarilishiga rahbarlikni taʼminlaydi. Mahalliy I. e. h. organlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Prezident farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradi. Viloyat, tuman va shaharlarda I. e. H. ni hokim boshchiligidagi viloyat, tuman va shahar hokimliklari boshqaradi 5.Nodavlat tashkilotlari- o'z faoliyatining asosiy maqsadi foyda olish boʻlmagan tashkilotdir. Nodavlat notijorat tashkilotlari fuqarolarning sog'lig'ini muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, fuqarolarning ma'naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarini qondirish sohasida ijtimoiy, xayriya, madaniy-ma'rifiy, siyosiy, ilmiy va boshqaruv maqsadlariga erishish uchun tuzilishi mumkin. Fuqarolar va tashkilotlarning huquqlari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, nizo va nizolarni hal etish, yuridik yordam koʻrsatish, shuningdek, jamoat manfaatlariga erishishga qaratilgan boshqa maqsadlarda ham tuziladi. Notijorat tashkilotlar tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga ega, agar ushbu faoliyat tashkilotning maqsadlariga erishishga qaratilgan bo'lsa. Download 24.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling