1-topshiriq. Tarixiy atama va tushunchalarga izoh bering. Fuqarolik jismoniy shaxsning maʼlum bir davlat bilan huquqiy bogʻlanishidir. Fuqarolikka ega shaxs fuqaro
-topshiriq. Mavzu bo‘yicha 5 ta test tuzing
Download 24.7 Kb.
|
1 2
Bog'liq126720 4 variant
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-topshiriq. Mavzu bo‘yicha esse yozing. O´zbekistonda demokratik jamiyatini shakillantirish yo´lidagi islohotlar.
3-topshiriq. Mavzu bo‘yicha 5 ta test tuzing.
O´zbekistonda demokratik jamiyatini shakillantirish yo´lidagi islohotlar. 1. Iqtisodiyot demokratiyasi bu… A) islohot B) bozor D) aksiya 2. Milliy demokratiyaning yuridik ko’zgusi nima? A) Konstitutsiya B) qaror D)farmon 3. Hokimiyatning qonun chiqaruvchi organi qaysi? A)Sud B) Vazirlar Mahkamasi D) Oliy Majlis 4. Demokratik davlat va jamiyatda ijtimoiy hayot ko’p partiyaviylik, fikrlarning xilma-xilligi, plyuralizm (jumladan, siyosiy va mafkuraviy plyuralizm) asosida rivojlanadi. Demokratiyaning bu qoidasi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida muhrlab qo’yilgan? A) 28-moddasida B) 12-moddasida D)41-moddasida 5. O’zbekiston demokratik jamiyat barpo etish jarayonlarini yanada tubdan isloh qilishga qaratilgan qanday siyosiy qurilish dasturni ishlab chiqdi? A) “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari” B) Biz birlashib katta kuchmiz D)O’zbekiston kelajagi buyuk davlat 4-topshiriq. Mavzu bo‘yicha esse yozing. O´zbekistonda demokratik jamiyatini shakillantirish yo´lidagi islohotlar. Hech shubhasiz, istiqlol yillarida yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish yo'lida tarixiy ishlar amalga oshirildi, mard va olijanob xalqimizning bukilmas irodasi va ulkan salohiyati bilan katta marralar zabt etildi. Tarixan qisqa muddatda mamlakatimiz Konstitutsiyasi – Asosiy qonunimiz ishlab chiqildi va qabul qilindi. Vatanimiz suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatidan munosib o'rin egalladi. O'zbekistonda zamonaviy davlatchilik asoslari yaratilib, konstitutsiyaviy tuzumga asos solindi. Davlat hokimiyatining uchta mustaqil tarmog'i – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari qaror topdi. Tom ma'nodagi konstitutsiyaviy davlat barpo etildi. O'zbekiston Respublikasining suvereniteti va davlat mustaqilligini, sarhadlarimiz daxlsizligi, xalqimizning tinch-osoyishta hayoti hamda milliy manfaatlarimizni ishonchli himoya qilishga qodir bo'lgan Qurolli Kuchlar tashkil etildi. Milliy valyutamiz – so'm joriy etildi va oltin-valyuta zaxiralarimiz shakllantirildi. Qadimiy tariximiz, boy madaniy merosimiz, milliy-diniy qadriyatlarimiz, o'zligimiz tiklandi. Mana shunday unutilmas tarixiy jarayonlarda faol ishtirok etish nasib etganidan baxtiyorman. Mustaqil taraqqiyot borasida erishgan ulkan yutuqlar bilan birga, yo'limiz ayrim xato va kamchiliklardan ham xoli bo'lmaganini ochiq aytish lozim. Mustabid tuzumdan voz kechib, demokratik jamiyat barpo etishga qaratilgan jarayonlar, murakkab va tahlikali davrning o'zi turli muammo va vazifalarni oldimizga ko'ndalang qo'ydi. Ularni muvaffaqiyatli hal etish uchun bilim va tajribamiz, iroda va qat'iyatimiz ba'zan etsa, ba'zida etmagan holatlar ham bo'ldi. Shu bois mamlakatimiz taraqqiyotini yangi, yuksak bosqichga ko'tarish, buning uchun yangi islohotlarni amalga oshirish ob'ektiv zarurat, eng muhim strategik vazifaga aylandi. Download 24.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling