1-topshiriq. Tarixiy atama va tushunchalarga izoh bering. Globallashuv


Download 24.43 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi24.43 Kb.
#1404386
  1   2
Bog'liq
126717 1 variant (2)


1-topshiriq. Tarixiy atama va tushunchalarga izoh bering.
1.Globallashuv — bu butun dunyo boʻylab iqtisodiy, siyosiy, madaniy va diniy integratsiya va birlashish jarayonidir.Globallashuv — bu xalqaro mehnat taqsimoti, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar tizimi orqali bir-biri bilan bogʻlangan milliy iqtisodiyotlar majmui sifatida tushuniladigan, jahon iqtisodiyoti tarkibini oʻzgartirish jarayonlarining oʻziga xos xususiyatlaridan biridir.Transmilliylashtirish va mintaqaviylashtirish asosida iqtisodiyotning chambarchas bogʻliqligi hisoblanadi. Shu asosida yagona jahon tarmogʻi, bozor iqtisodiyoti, geoiqtisodiyot va uning infratuzilmalari shakllanmoqda, koʻp asrlar davomida xalqaro munosabatlarning asosiy xarakteri boʻlib kelgan davlat suvereniteti taʼsirining pasayishi sodir boʻlmoqda. Globallashuv jarayoni bu davlat tomonidan shakllantirilgan bozor tizimlari evolyutsiyasining natijasidir.Buning asosiy natijasi — global mehnat taqsimoti, kapital, mehnat, ishlab chiqarish resurslarining dunyoviy miqyosdagi migratsiyasi (shuningdek, qoida tariqasida, kontsentratsiya), qonunchilikni, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlar madaniyati bir-biriga yaqinlashishi hamda birlashishidir. Globallashuv tizimli xususiyatga ega, yaʼni jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab oluvchi obyektiv jarayondir. Globallashuv natijasida dunyo oʻzining barcha subyektlari bilan bogʻlanib, tobe boʻlib bormoqda. Bir guruh davlatlar uchun umumiy boʻlgan muammolar sonining koʻpayishi va birlashtiruvchi subyektlarning soni va turlarining kengayishi mavjud.

2.Metodologiya (metod va ...logiya soʻzlaridan) — tadqiqotchining nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish, tiklash tamoyillari va usullari tizimi hamda bunday tizim haqidagi taʼlimot. M. metodlar haqidagi taʼlimot yoki yalpi-umumiy bilish metodi, deb ham taʼriflanadi. M. metodlarga va umuman voqelikka qanday yondashish yoʻlini oʻrgatadi. Voqelikning muayyan qismini, biror jihatini, rivojlanishining ayrim holatini oʻrga-tuvchi M.ga metafizikani, voqelikning chiziqli rivojlanish, oʻzgarish jarayonini va uni tashkil etuvchi elementlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorliklarni aks ettiruvchi M.ga dialektikani, voqelikda roʻy beruvchi keskin, halokatli oʻzgarishlar, nochiziqli rivojlanish jarayonlarini oʻrganishda qoʻllaniladigan M.ga sinergetikapsh misol sifatida koʻrsatish mumkin.M.ga ilmiy bilishning, voqelikni anglash va oʻzgartirishning algoritmi sifatida ham qarash mumkin. Mac, Yunonistonda geometriya yer maydonlarini oʻlchashda normativ yoʻl-yoʻriq boʻlib xizmat qilgan va geometriya ilmini falsafani oʻrganish uchun muhim M. deb bilishgan. Platon maqbarasiga kiraverishdagi eshikka "kimki geometriyani bilmasa, bizning oldimizga kirmasin" deb yozib qoʻyilgan ekan. Falsafada esa olamni anglashda Geraklitning logosk M. vazifasini oʻtagan. M. taraqqiyotiga Sokrat, Aristotel jiddiy hissa qoʻshishgan. Forobiy sha-rkrna fikrlash uslubi nuqtai nazaridan Aristotel asarlarini sharxlaydi. Bunday sharxlar Aristotel merosini oʻrganishda M. boʻlib kelgan. Ibn Sino oʻzining xotiralarida Aristotelning "Metafizika" asarini 40 marotaba oʻqib chiqsa ham hech narsa tushu na olmaganligini, bu asarning mazmuniga Forobiyning sharxlarini oʻqigandan soʻnggina tushunib yetganligini yozib qoldirgan. M. haqida F. Bekon, R.Dekart, J. Lokk, G. Galiley va boshqa yevropalik olimlar maxsus kitoblar yozishgan. Shuningdek, M. rivojiga Kant, Fixte, Shelling, Gegel jiddiy hissa qoʻshishgan. Gegel dialektik M.ning asoslarini ishlab chikdi. 20-asrda sinergetik, strukturalistik va germenevtik M.lar falsafada eng obroʻli falsafiy M.lar sifatida nom qozondi, sistemaviy va kompleks yondashish M.lari esa insonning barcha hayotiy jarayonlarida keng qoʻllanilmoqda

3.„Sotsializm“ atamasi Fransiyada XIX asrning 30-yillarida isteʼmolga kirgan.Lekin ijtimoiy adolat jamiyati bilan bogʻliq tasavvurlar „oltin asr“ toʻgʻrisidagi qadimiy gʻoyalarga borib taqaladi. Bu gʻoyalarning asoschisi Platon hisoblanadi. U „Siyosat“, „Davlat“, „Qonunlar“ kabi asarlarida mohiyatan sotsializmga oʻxshash jamiyat toʻgʻrisidagi fikrlarni bayon etgan. Uning ijtimoiylik loyihasini oʻrgangan Aristotel oʻsha vaqtdayoq xususiy mulkchilikni yoʻqotishga asoslangan jamiyat taraqqiyot yoʻlining oxiri halokatli ekanligini taʼkidlagan. Umumiy tenglik, „oltin asr“ borasidagi gʻoyalar keyinchalik utopik (xayoliy) sotsializmning turlicha koʻrinishlarida oʻz ifodasini topdi.K. Marks va F. Engels ishlab chiqqan ilmiy sotsializm deb atalmish nazariyaga koʻra, sotsializm kommunizmning quyi fazasi hisoblanadi. Sotsializmga ikki xil yoʻl bilan erishish mumkin deb qarovchilar boʻlgan. Masalan, T. Mor, T. Kampanella, G. Mabli, Morelli, N. Chernishevskiy, A. Bebel va boshqalar uni tinch yoʻl bilan amalga oshirish tarafdori boʻlgan. G. Babyof, M. Bakunin, K. Marks, Parij kommunarlari, V. Lenin va boshqalar qurolli qoʻzgʻolon yoʻlini ilgari surishgan.



4.Totalitarizm (lot. totalis — yaxlit, toʻliq) —
1) davlat boshqaruv shakllaridan biri (totalitar davlat). Totalitarizmda jamiyat hayotining barcha sohalari ustidan davlatning yalpi, toʻla (total) nazorati oʻrnatiladi, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar tugatiladi, bir shaxs, ijtimoiy guruhning (harbiylarning yoki bir partiyaning) yakkahokimligiga soʻzsiz boʻysuniladi, muholafat va oʻzgacha fikrlovchilar qatagʻon qilinadi (20-asrning 20-yillari oxiridan boshlab fashistlar Italiyasidagi, natsistlar Germaniyasidagi T.ning turli shakllari, SSSRdagi kommunistik rejim, Ispaniyadagi frankizm va boshqalar);
2) etatizm, avtoritarizmni oqlovchi siyosiy tafakkur yoʻnalishi. 20-asrning 20-yillaridan Totalitarizm Germaniya va Italiyadagi fashistlarning rasmiy mafkurasiga aylangan.


Download 24.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling