1-topshiriq. Tarixiy atama va tushunchalarga izoh bering. Globallashuv


-topshiriq. Mavzu bo‘yicha 5 ta test tuzing


Download 24.43 Kb.
bet2/2
Sana30.04.2023
Hajmi24.43 Kb.
#1404386
1   2
Bog'liq
126717 1 variant (2)

3-topshiriq. Mavzu bo‘yicha 5 ta test tuzing.
Mustaqillikka erishishi arafasida O´zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli.
1.Nechanchi yili O’zbekiston Prezidenti I. Karimovning Farmoni bilan Favqulodda holat davlat qo’mitasining O’zbekiston Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan qarorlari va farmonlari noqonuniy deb e’lon qilindi?
A)1991- yil 21-oktyabr
B) 1991 yil 21 avgust
D) 1989-yil 31-avgust
2. Oliy Kengash sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida» Qonun qabul qilindi. Bu Qonun nechta moddadan iborat edi?
A)12-modda
B)26-modda
D) 17-modda
3. O’zbekiston Respublikasining aholisi mustaqillik e’lon qilingan paytda qancha kishini tashkil etardi?
A) 21,5 mln.
B)18.6 mln
D)25.8 mln
4. Islom Abdug‘aniyevich Karimov nechanchi yili tavvallud topgan?
A)1935-yil 21-aprel
B) 1938-yil 30-yanvarda
D)1941-yili 16-yanvarda
5. Nechanchi yili O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida I. Karimov O’zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi?
A)1990-yil 1-sentyabr
B)1991-yil 1-sentyabr
D) 1990-yil 24-mart
4-topshiriq. Mavzu bo‘yicha esse yozing
Mustaqillikka erishishi arafasida O´zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli.
Ma’lumki, 1989 yilning o‘rtalarida KPSS Markaziy Komiteti, sovet hukumati tomonidan O‘zbekistonga nisbatan qatag‘on siyosati yangi bosqichda davom ettirilib, “paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” deb nom olgan siyosiy kampaniyalar avj olgan edi. Kommunistik partiyaning bosh nashri bo‘lgan “Pravda” gazetasining “Oltin xazinasi ustidagi ilon” deb nom olgan maqolasida, boshqa yetakchi markaziy nashrlarda xalqimiz boshiga tinimsiz tuhmat va bo‘htonlar yog‘dirilmoqda edi. Sobiq Markazdan yuborilgan, el-yurtimiz o‘rtasida “desantchilar” deb nom olgan guruhlar tomonidan qancha-qancha begunoh insonlar, butun-butun oilalar tazyiq va ta’qiblarga uchraganini jamoatchiligimiz yaxshi eslaydi.
Ana shunday og‘ir bir sharoitda Yurtboshimiz tomonidan xalqimiz qalbidagi asriy orzu – istiqlol g‘oyasi ulkan jasorat bilan ilgari surilib, uni amalga oshirish uchun tarixiy qadamlar qo‘yilgani kitobning asosiy mavzusini tashkil etadi. Agarki bu kitobning ma’no-mazmunini bir so‘z bilan ifoda etadigan bo‘lsak, Vatanimiz mustaqilligi, ta’bir joiz bo‘lsa, yangi hayot, yangi jamiyat binosi uchun zamin bo‘lgan hal qiluvchi dasturiy maqsad va g‘oyalarni Islom Karimov o‘sha dolg‘ali yillardayoq, uzoqni ko‘rgan holda, o‘ziga nechog‘lik aniq-ravshan tasavvur etgani mazkur to‘plamning har bir sahifasidan bamisoli “qizil ip” bo‘lib o‘tishini ta’kidlash o‘rinlidir.
Shu ma’noda, Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobi xalqimizning siyosiy tafakkur xazinasiga qo‘shilgan bebaho hissa bo‘lib, mamlakatimizning istiqlol tarixini o‘rganish va anglashda beqiyos tarixiy ahamiyat kasb etadi
Download 24.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling