1 topshiriq uchun berilgаn qiymаtlаr


Download 0.71 Mb.
bet1/12
Sana25.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1295481
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs loyixa 2)




1 TOPSHIRIQ UCHUN BERILGАN QIYMАTLАR:
1.Protodyakonov shkalasi boʼyicha yumshoq togʼ jinslarining qattiqlik koeffitsienti – 0,8;
2. Protodyakonov shkalasi boʼyicha skal togʼ jinslarining qattiqlik koeffitsienti – 16;
3. Yumshoq togʼ jinslarida pogʼona balandligi 12 m;
4. Skal togʼ jinslarida pogʼona balandligi – 18 m;
5. Yumshoq togʼ jinslari zichligi (hajmiy ogʼirligi) – 2,2 t/m3;
6. Skal togʼ jinslari zichligi (hajmiy ogʼirligi) – 3,2 t/m3;
7. Yumshoq togʼ jinslari boʼyicha karyerning ishlab chiqarish unumdorligi – 2,8 mln.m3/yil;
8. Skal togʼ jinslari boʼyicha karyerning ishlab chiqarish unumdorligi – 1,5 mln.m3/yil;
9. Yumshoq togʼ jinslarini tashish masofasi – 5,6 km;
10. Skal togʼ jinslarini tashish masofasi – 1,2 km;
11. PM turi – igdanit.


I. KON MАSHINА VА USKUNАLАRINI TАNLАSH VА АSOSLАSH.
1.1. Togʼ jinslarini qazib olishga tayyorlash usulini tanlash;
1.2. Burgʼulash uskunasi turini tanlash;
1.3. Togʼ jinslarini qazib yuklash uchun qazib yuklovchi kon qazish mashinasini tanlash;
1.4. Kon massasini tashish uchun transport turini tanlash;
1.5. Аgʼdarma hosil qilish jarayoni uchun uskuna tanlash;


II. HISOBLАSH ISHLАRI:
2.1. Skvajina parametrlarini hisoblash.
2.2. Togʼ jinslarini massivdan qazib olishda qazib oʼtish kengligini hisoblash;
2.3. Portlatilgan kon massasi uyumidan togʼ jinslarini qazib olishda qazib oʼtish yoʼlagi kengligini hisoblash;
2.4. Qazib-yuklovchi mashinalarning ishlab chiqarish unumdorligini aniqlash.
2.5. Karyer trassalarining oʼtkazish va tashish qobiliyatini hisoblash;
2.6. Аgʼdarma hosil qilish parametrlarini hisoblash


III. KON MАSSАSINI TАSHISH.
3.1. Burgʼulash portlatish ishlari tasvirlangan pasportni tuzish.
3.2. Qazib yuklovchi kon qazish mashinalarining ish jarayoni tasvirlangan pasportni tuzish;
3.3. Аgʼdarma hosil qilish jarayoni tasvirlangan pastportni tuzish.
KIRISH
Konchilik sanoati - zamonaviy industriyaning asosiy xom ashyo va yoqilgʼi bazasi hisoblanadi. U energetika va xalq xoʼjaligining boshqa tarmoqlarining asosiy yoqilgʼi manbaidir. Shuningdek, konchilik sanoati qora va rangli metallurgiya, ximiya sanoati, oʼgʼitlar ishlab chiqarish sanoati uchun xom-ashyo bazasi hisoblanadi. Xalq xoʼjaligida foydalanilayotgan tabiiy resurslarni 70% ini mineral xom-ashyolar tashkil qiladi.
Jahon miqyosida qazib olinadigan foydali qazilmalarning umumiy miqdori yiliga 9-10 mln. t ni, kon massasining yillik unumdorligi esa 35-37 mlrd. t ni tashkil etadi.
Ochiq usulda qazib olish ishlarining rivojlanishi, yer osti usulida qazib olishga nisbatan unumdor, iqtisodiy jihatdan samarador va xavfsizligidadir. Ochiq usulda qazib olishda ish unumdorligi yer osti usuliga qaraganda 5-8 marta yuqori, tannarxi esa 2-4 marta kam. Ushbu farq soʼnggi 30-40 yil ichida oshib borishda davom etmoqda.
Foydali qazilma boyliklariga xoʼjalik, qurilish, sanoat va ilmiy maqsadlar uchun qazib olinadigan va xom ashyo holida yoki qayta ishlangandan soʼng ishlatiladigan barcha turdagi togʼ jinslari kiradi. Foydali qazilmalar qurilish va sanoatning asosi hisoblanib, mamlakat iqtisodiyotida katta oʼrin egallaydi. Uni xom-ashyo sifatida qazib olish va qayta ishlash miqyosi esa davlatning ishlab chiqarish saviyasini, boyligi va iqtisodiy rivojlanishini belgilaydi.
Har xil togʼ jinslarini qazib olishda va turli-tuman qazilmalar, chuqurliklarni kovlash maqsadida yer ustida turib olib boriladigan ishlar yigʼindisiga ochiq kon ishlari deb aytiladi. Katta miqyosdagi ochiq kon ishlari foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan uzviy aloqadadir. Bunda yer ostida yotgan foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan aloqador barcha ishlar va jarayonlar, ochiq kon inshoatlari orqali amalga oshiriladi. Yer osti usulida qazib olishda esa foydali qazilma boyliklarini maxsus jihozlangan yer osti inshoatlari yordamida qazib olinadi. Konlarni ochiq usul bilan qazib olishda konchilik ishlari ikki qismga boʼlinadi:

  • ochish ishlari (qoplovchi jinslarni qazish, tashish va joylashtirish ishlari);

  • qazib olish ishlari (foydali qazilma boyliklarini qazish, tashish, bir joyga toʼplash yoki tushirish ishlari).






Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling