1 topshiriq uchun berilgаn qiymаtlаr


Togʼ jinslarini qazib yuklash uchun qazib yuklovchi kon qazish mashinasini tanlash


Download 0.71 Mb.
bet5/12
Sana25.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1295481
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs loyixa 2)

1.3. Togʼ jinslarini qazib yuklash uchun qazib yuklovchi kon qazish mashinasini tanlash;
. Togʼ jinsi massivini toʼgʼridan toʼgʼri qazib olish va transport vositalariga yuklash yoki qazib olishning oʼzi, mashinaning ishchi organi yordamida togʼ jinsini bir joydan ikkinchi joyga siljitish va agdarmaga boʼshatishga – qazish-yuklash ishlari deb ataladi. Bu jarayonni mexanizatsiyalash uchun ishlatilish va texnologik sifatlari turlicha boʼlgan universal va karьer mashinalarining turli turlaridan foydalaniladi va bu mashinalarning qaerda va qaysi sharoitlarda qoʼllanilishi hududiy tabiiy sharoitga va kon texnik sharoitga qarab belgilanadi.
Normal iqlim sharoitiga va yukori unumdorlikka ega boʼlgan karьerlarda ochish ishlari uchun koʼp choʼmichli rotorli ekskvavatorlar va draglaynlarni qoʼllab yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Vaqt qisqa boʼlganida, yaʼni qazib oluvchi mashina va uskunalar qisqa vaqt davomida ishlaganida – ochish ishlarida choʼmichi hajmi katta boʼlgan sidirgʼich (skreper) lardan foydalanish maqsadga muvofiq boʼladi. Karьer unumdorligi kam boʼlgan yoki mavsumiy sharoitlarda yoz paytlarida bulьdozerlardan, choʼmichi sigʼimi kam boʼlgan sidirgʼichlar va minorali ekskavatorlarni qoʼllash mumkin.
Yarim qoya va qoyali togʼ jinslarini oldindan yumshatilib qazib olishda – mexanik kurak, yuklagichlar va choʼmichi hajmi katta boʼlgan draglaynlarni qoʼllash mumkin.
Konchilikda qoʼllaniladigan barcha mashinalar ishlash printsipiga qarab:
- uzluksiz ishlovchi mashinalar (koʼp choʼmichli rotorli va zanjirli ekskavatorlar, buroshnekli qurilmalar, uzluksiz yuklovchi mashinalar, kombaynlar);
- davriy ishlovchi mashinalar (bir kovshli ekskavatorlar, gʼildirakli va gusenitsali yuklagichlar, kabelli ekskavatorlar, mexanik kuraklar, bulьdozerlar va sidirgʼichlar) ga boʼlinadi.
Transport vositalariga nisbatan mashinalar quyidagilarga boʼlinadi:
Qazib-yuklovchi mashinalar. Bu mashinalar foydali qazilmani qazib oladi va qazish joyining oʼzida transport vositasiga yuklaydi. Bularga misol qilib, rotorli va koʼp choʼmichli ekskavatorlarni, mexanik kurak, minorali ekskavatorlar va burozaryadli kombaynlarni olish mumkin.
Ekskavatsiyalovchi mashinalar. Bu mashinalar qazish joyida ishlaydi va choʼmichi bilan qazilgan togʼ jinsini mashina konstruktsiyasida koʼrsatilgan masofaga va agʼdarmaga yuklaydi (boʼshatadi), bularga misol qilib draglaynni olish mumkin.
Qazib-tashuvchi mashinalar. Bu mashinalar qazib olingan togʼ jinsini iqtisodiy jihatdan samarali boʼlgan masofagacha tashiydi. Bunga misol qilib gʼildirakli yuklagichlarni, sidirgʼich va bulьdozerlarni keltirish mumkin.
Togʼ kon va transport mashinalari komplektida ekskavatsiyalovchi mashinalar texnologik oqimda asosiy oʼrinni egallaydi. Bu mashinalarning unumdorligi togʼ jinslarini qazib olishga qanday tayyorlanganligiga va transport xizmatining qanday koʼrsatilishiga bogʼliq buladi. Transport xizmati koʼrsatish deganda – transport kommunikatsiyalari barpo etish va transport vositalarining ritmik tarzda yetkazilib turilishi tushuniladi. Ekskavatsiyalovchi mashinalar unumdorligigiga qazish joyi parametrlari va ishlash texnologiyalari aloxida taʼsir koʼrsatadi.
Karyer mexanik kuraklari
Karyer mexanik kuraklari turli qattiqlikdagi yumshoq va maydalangan togʼ jinslarini qazish uchun qoʼllaniladi. Kovshining hajmi 2 dan 20 m3 gacha boʼladi. Qazib olinadigan pogʼona balandligi 6 m dan 20 m gacha boʼladi. Ishlab chiqarish unumdorligi turlicha boʼlgan karьerlarda qoʼllaniladi. Pastdan yuklash jarayoni koʼproq qoʼllaniladi. Yuqoridan yuklash uchun esa uzaytirilgan ishchi uskuna bilan jixozlangan karьer mexanik kuraklari qoʼllaniladi.
Karyerlarda ochuvchi mexanik kuraklarini qoʼllashda qazib olinadigan pogʼona balandligi xavfsizlik shartlari boʼyicha yumshoq togʼ jinslarida ekskavatorning maksimal choʼmichlash balandligidan oshmasligi lozim:
Nu ≤ Nch.max
Yumshoq togʼi jinslarida pogʼona balandligi Hy=12;
EKG-10 ekskavatorining choʼmichlash balandligi: Nch.max= 13,5 m;
Nu ≤ Nch.max
12≤13.5
Yumshoq togʼ jinslarini qazib-yuklash uchun EKG 10 ekskavatorini qabul qilamiz.
Oʼrtacha boʼlakli bogʼlovchi – sochma holdagi portlatib maydalangan togʼ jinslarida:
Nu = (1,05….1,15) Nch.max
Skalь togʼ jinslarida pogʼona balandligi - Hy=18 m;
EKG-15 ekskavatorining maksimal choʼmichlash balandligi Nch.max= 16,4 m;
18=1,15 16,4 18
Skal togʼ jinslarini qazib-yuklash uchun EKG-15 ekskavatorini qabul qilamiz.

EKG-10 va EKG-15 ekskavatorlarining texnik xarakteristikasi.


.
Oʼlchamlari EKG-10 EKG-15
Ishchi uskuna Toʼgʼri choʼmichli Toʼgʼri choʼmichli
Choʼmich sigʼimi, m3 10 15
Ekskavator turgan gorizontdagi choʼmichlash radiusi Rch.u., m 12,6 17,5
Maksimal choʼmichlash radiusi .
Rmax ch..u., m 18,4 28
Maksimal yuklash radiusidagi choʼmichlash balandligi, Nr , m 5,7 7,6
Maksimal choʼmichlash balandligi,
Nmax ch..u., m 14 9,8
Maksimal yuklash balandligi,
Nmax r.,, m 28 10

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling