1 topshiriq uchun berilgаn qiymаtlаr


Аvtotransport qoʼllanilganda agʼdarma hosil qilish


Download 0.71 Mb.
bet8/12
Sana25.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1295481
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
kurs loyixa 2)

Аvtotransport qoʼllanilganda agʼdarma hosil qilish.
Qoplovchi togʼ jinslari avtomobil transporti yordamida agʼdarmaga tashilganda buldozerli agʼdarma hosil qilish qoʼllaniladi. Buldozerli agʼdarma hosil qilish jarayoni quyidagilarni oʼz ichiga oladi: avtosamosvallarni agʼdarma pogʼonasi yuqori ustki maydoniga boʼshatish, pogʼona qiyaligi ostiga joylashtirish, agʼdarma yuzasini tekislash, avtomobil yoʼllarini taʼmirlash. Аgʼdarmani toʼldirish ikki usul: pereferiyali yoki maydonli usul bilan amalga oshiriladi. Pereferiyniy usulda avtosamosvallar ish fronti boʼylab toʼgʼridan toʼgʼri qiyalik ostiga (turgʼun agʼdarmalarda) yoki qiyalikdan 3-5 m masofa uzoqlikda boʼshatiladi. Shundan soʼng qoplovchi togʼ jinslari buldozer yordamida joylashtiriladi.

Buldozerli agʼdarmalar: a – periferiyali; b – maydonli agʼdarma hosil qilish usullari.


Maydonli usulda avtosamosvallar agʼdarmaning butun maydoni boʼylab boʼshatiladi. Аhdarma yuzasi buldozer yordamida tekislanadi , va maxsus uskuna (katka) yordamida zichlanib chiqiladi. Shundan soʼng keyingi qatlam yotqizilib chiqiladi. Bunday holatda buldozerli agʼdarma vertikal boʼyicha rivojlanib boradi. Tekislash va yoʼl ishlari kam boʼlgan pereferiyali usul eng samarali usul hisoblanadi (4.1 rasm).Maydonli usul kamdan kam hollarda qoʼllaniladi (asosan turgʼunligi kam boʼlgan yumshoq togʼ jinslarini joylashtirishda).






I. HISOBLАSH ISHLАRI:
2.1.Skvajina parametrlarini hisoblash.
Bugungi kunda karyerlarda turli togʼ jinslarida skvajinalarni burgʼilashda turli-tuman samaradorli vositalari mavjuddir.
Bu usulning moxiyati shundan iboratki, portlovchi modda qiya yoki vertikal skvajinalarga joylashtirilib, ularning tepa qismlari tiqinlanadi. Tiqinlovchi material oʼrnida qumli inert materillardan, burgʼilash qirindilaridan yoki maxsus tarkibga ega boʼlgan tiqinlovchi materiallardan foydalaniladi. Skvajinalar pogʼonaning tepa qismida parallel holatda bir yoki bir necha qator etib, orasidagi masofalar hisoblab teng qilib joylashtiriladi.
Skvajinalar orasidagi masofa shunday tanlanishi kerakki, har bir portlatilgan skvajina oʼrtada ochiq joy qoldirmasdan bir-birining ustiga parchalangan togʼ jinslarini yopishi yoki qoplashi kerak.
Gorizontal, qiya va vertikal skvajinalar mavjud. Hozirgi kunda vertikal skvajinalar keng qoʼllanilmoqda. Skvajinada portlovchi modda zaryadi yaxlit va oraliq boʼshliqli holda, portlatiladigan blokda esa bir qatorli va koʼp qatorli holatda qilib joylashtiriladi.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling