1. Traktorlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash davriyligini va sonini


Download 295.7 Kb.
bet3/6
Sana21.10.2023
Hajmi295.7 Kb.
#1714507
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1. Traktorlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash da

2.1-rasm. Ventelyator krestovinasini statik muvozanatlash
Prraklarni muvozanatlash uchun ularning uchlaridan yoki ichki qirralaridan metall yo‘nishga ruxsat etiladi.
Yig‘ilgan ventilyator prizmalarda yoki maxsus moslamada muvozanatlanadi (2.2-rasm). Buning uchun ventilyator 3 qotirilgan valik 2 moslamadagi disk 1 ustiga qo‘yiladi. Ventilyatorning muvozanatsizligi 30 g·sm gacha bo‘lishi mumkin. Vintilyator shkivini muvozanatlash uchun, uning chetidan teshik parmalash ruxsat etiladi.
Suv nasosi va ventilyator yig‘ilgan holatda shkiv podshipniklarida bemalol aylanishi lozim. Shkivning orqa chetki sirti va nasos korpusi cheti orasidagi tirqish 1,5 mm dan kam bo‘lmasligi kerak.
Salnikni joyiga o‘rnatishdan avval unga grafit pastasi shimdiriladi. Salnikning o‘lchamini shunday tanlash kerakki, u joyiga o‘rnatigandan so‘ng salnik gaykasi salnik vtulkasidagi yoki suv nasosi kronshteyni burchagidagi vint uzunligining yarmidan ortig‘iga buralmasin.

2.2-rasm. Suv ventelyatorini

Gayka oxirigacha qotirilgandan so‘ng suv nasosi valigi vtulkalarida bemalol, ovoz chiqarmasdan aylanishi lozim.
Dvigatelning rusumsiga bog‘liq holda, suv nasosining valigi o‘q bo‘yicha 0,5-2 mm oraliqda siljishi mumkin.
Suv nasosi valining shponka o‘rindig‘ini ta’mirlash
Detalni M-1100 yuvish mashinasida shlangli suv nasosi bilan oqim yordamida vannalarda kaustik sodaning 1-2% suvdagi eritmasida tozalanadi. Detalni yuvish temperaturasi 70-80°S, unda suv sarfi 3...3,5 m3/s, bosimi 1,1 MPa gachani tashkil qiladi. YUvilgan detal dastlab iliq suvda, so‘ng soviq suvda chayib olinadi.
Eyilish miqdoriga, turiga va nuqsonlarning xarakteriga ko‘ra detallar taglikda yaroqli, ta’mirlanadigan va yaroqsiz guruhlarga ajratiladi. Unda o‘lchov asbobi sifatida shtangen sirkul, lineyka, mikrometrdan foydalaniladi. Suv nasosi valining shponka o‘rindig‘ida ularni eyilishi, sinishi hollari ko‘proq uchraydi.
SHponka o‘rindig‘ini ta’milash dastaki usulda elektr yoyi yordamida sv 15G elektrodi bilan eritib qoplash bilan amalga oshiriladi. Eritib qoplash uskunasining ishlash rejimi kuchlanish 36 V, tok kuchi 700 A, to‘g‘rilash kuchi 400 kN ni tashki qilib, ta’mirlanadigan detalni o‘lchash shtangen sirkul, mikrometr bilan olib boriladi
Suv nasosi validaning qoldiq deformatsiyasini to‘g‘rilash 40 tonnalik gidravlik pressda va valning eritib qoplangan sirtini mexanik ishlov berish yo‘li bilan to‘g‘rilanadi. Unda mexanik ishlov berish tokarlik vint qirqish dastgohida olib boriladi. Mexanik ishlov berishda kesish tezligi 25-30 m/minni, kesish chuqurligi 0,25 mmni tashkil qiladi.
Valning eritib qoplangan qismiga nominal o‘lcham bo‘yicha o‘rindiq kesish gorizontal frezerlash dastgohi da olib boriladi, kessh rejimlari quyidagicha: kesish tezligi 15-20 m/min; kesish chuqurligi 0,5 mm.
Ta’mirlangan val termik pechda 900-950°S gacha qizidirilib moyda toblanadi, so‘ng 350-400°S da bo‘shatiladi. Valning tamirlangan qismi Ra 0,25 g‘adir budurlikda markazsiz shlifovkalash dastgohi shlifovkalanadi. Detalning korpusga o‘tirish va yangi shponka o‘rindig‘i o‘lchamlari shtangen sirkul, mikrometr tekshiriladi.
Ta’mirlangan detal sirtiga Solidol “S” surtib konservatsiya qilinadi va moyga chidamli qog‘ozga o‘raladi


Download 295.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling