2.1-rasm. Ventelyator krestovinasini statik muvozanatlash
Prraklarni muvozanatlash uchun ularning uchlaridan yoki ichki qirralaridan metall yo‘nishga ruxsat etiladi.
Yig‘ilgan ventilyator prizmalarda yoki maxsus moslamada muvozanatlanadi (2.2-rasm). Buning uchun ventilyator 3 qotirilgan valik 2 moslamadagi disk 1 ustiga qo‘yiladi. Ventilyatorning muvozanatsizligi 30 g·sm gacha bo‘lishi mumkin. Vintilyator shkivini muvozanatlash uchun, uning chetidan teshik parmalash ruxsat etiladi.
Suv nasosi va ventilyator yig‘ilgan holatda shkiv podshipniklarida bemalol aylanishi lozim. Shkivning orqa chetki sirti va nasos korpusi cheti orasidagi tirqish 1,5 mm dan kam bo‘lmasligi kerak.
Salnikni joyiga o‘rnatishdan avval unga grafit pastasi shimdiriladi. Salnikning o‘lchamini shunday tanlash kerakki, u joyiga o‘rnatigandan so‘ng salnik gaykasi salnik vtulkasidagi yoki suv nasosi kronshteyni burchagidagi vint uzunligining yarmidan ortig‘iga buralmasin.
2.2-rasm. Suv ventelyatorini
Gayka oxirigacha qotirilgandan so‘ng suv nasosi valigi vtulkalarida bemalol, ovoz chiqarmasdan aylanishi lozim.
Dvigatelning rusumsiga bog‘liq holda, suv nasosining valigi o‘q bo‘yicha 0,5-2 mm oraliqda siljishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |