1. Traktorlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash davriyligini va sonini
Suv nasosi valining shponka o‘rindig‘ini ta’mirlash
Download 0.49 Mb.
|
2 5402586748289026738
Suv nasosi valining shponka o‘rindig‘ini ta’mirlash
Detalni M-1100 yuvish mashinasida shlangli suv nasosi bilan oqim yordamida vannalarda kaustik sodaning 1-2% suvdagi eritmasida tozalanadi. Detalni yuvish temperaturasi 70-80°S, unda suv sarfi 3...3,5 m3/s, bosimi 1,1 MPa gachani tashkil qiladi. YUvilgan detal dastlab iliq suvda, so‘ng soviq suvda chayib olinadi. Eyilish miqdoriga, turiga va nuqsonlarning xarakteriga ko‘ra detallar taglikda yaroqli, ta’mirlanadigan va yaroqsiz guruhlarga ajratiladi. Unda o‘lchov asbobi sifatida shtangen sirkul, lineyka, mikrometrdan foydalaniladi. Suv nasosi valining shponka o‘rindig‘ida ularni eyilishi, sinishi hollari ko‘proq uchraydi. SHponka o‘rindig‘ini ta’milash dastaki usulda elektr yoyi yordamida sv 15G elektrodi bilan eritib qoplash bilan amalga oshiriladi. Eritib qoplash uskunasining ishlash rejimi kuchlanish 36 V, tok kuchi 700 A, to‘g‘rilash kuchi 400 kN ni tashki qilib, ta’mirlanadigan detalni o‘lchash shtangen sirkul, mikrometr bilan olib boriladi Suv nasosi validaning qoldiq deformatsiyasini to‘g‘rilash 40 tonnalik gidravlik pressda va valning eritib qoplangan sirtini mexanik ishlov berish yo‘li bilan to‘g‘rilanadi. Unda mexanik ishlov berish tokarlik vint qirqish dastgohida olib boriladi. Mexanik ishlov berishda kesish tezligi 25-30 m/minni, kesish chuqurligi 0,25 mmni tashkil qiladi. Valning eritib qoplangan qismiga nominal o‘lcham bo‘yicha o‘rindiq kesish gorizontal frezerlash dastgohi da olib boriladi, kessh rejimlari quyidagicha: kesish tezligi 15-20 m/min; kesish chuqurligi 0,5 mm. Ta’mirlangan val termik pechda 900-950°S gacha qizidirilib moyda toblanadi, so‘ng 350-400°S da bo‘shatiladi. Valning tamirlangan qismi Ra 0,25 g‘adir budurlikda markazsiz shlifovkalash dastgohi shlifovkalanadi. Detalning korpusga o‘tirish va yangi shponka o‘rindig‘i o‘lchamlari shtangen sirkul, mikrometr tekshiriladi. Ta’mirlangan detal sirtiga Solidol “S” surtib konservatsiya qilinadi va moyga chidamli qog‘ozga o‘raladi
Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling