1. Traktorlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash davriyligini va sonini
Mashinalarga TXK va ta’mirlashdagi mehnat sarfini hisoblash
Download 0.49 Mb.
|
2 5402586748289026738
2. Mashinalarga TXK va ta’mirlashdagi mehnat sarfini hisoblash
Mashinalarga xizmat ko’rsatish va tamirlashdagi mehnat sarfini hisoblash. 1 chi jadvalda keldirilgan ma’lumotlarga muofiq mashinalar turi bo’yicha TXK va JT ta’mirlashdagi taqsimlashni aniqlaymiz. 1-jadval
Mashinalrga TXK va JT dagi yillik umumiy sarfi. Ta=300*U*300*34=10200 odam soat Bunda Ua yil davomida shartli tamirlanadigan yuk avtomobillar soni ulardan mehnat sarfi TXK
Tatxk=0.3698*Ta=0.369*10200=3772 odam soat Joriy tamirlashda Tajt=0.6302*10200=6428 odam soat 2-jadval
Ish vaqtining nominal fondi va TXK va JT mehnat sarfini yil choraklardagi bo’yicha taqsimlanish.
Traktorlar Tt=300*Ut=300*38=11400 Bu yerda Ut yil davomida shartli tamirlanadigan traktorlar soni ulardan mehnat sarfi texnik xizmat ko’rsatishda. Ttxk=0.533*11400=6076 Joriy tamirlash. Tjt=0.4108*11400=4683 3-jadval
Kombaynlar Tk=300*Uk=300*36=10800 Ttxk=0.5892*Uk=0.5892*10800=6363.36 Tjt=0.4108*Tk=0.4108*10800=4437.6 4-jadval
Qishloq xo’jalik mashinalari Tkxm=300*Ukxm=300*32=9600 Tkxm=0.3921*Tkxm=0.3921*9600=3764 Tkxmjt=0.6079*Tkxm=0.6079*9600=5836 5-jadval
Texnik xizmat kursatish va joriy tamirlashning bajarish joyi bo’yicha mashina traktor mashinalarni yillik sarfi 6-jadval
MTPning umumiy mehnat satrrfi Tmtr=300*Ne=300*140=42000 Bunda Ne MTP ning umumiy tamirlash birligi vazifadagi barcha mashinalarning shartli tamirlash birgalikda aniqlaymiz 3. IYOD suv nasosida sodir bo‘ladigan nuqsonlar va nosozliklarning tahlili. Dvigatel suv nasosining korpusi, shuningdek, nasosning darz ketgan kronshteyni va kronshteyn gardishi bimetall elektrod bilan payvandlab ta’mirlanadi. Suv g‘ilofini hosil qiluvchi bo‘shliqlar payvandlangandan so‘ng nasos korpusiga kerosin quyib germetiklikka sinaladi. Dvigatellar suv nasosi kronshteynining gardishi yoki kronshteyni payvandlangandan so‘ng ularning chetlarini tebranishi tekshirib ko‘riladi. Bunda detallardagi tebranish 0,1 mm gacha ruxsat etiladi. Agar detallar orasidagi tebranish ruxsat etilgandan ortiq bo‘lsa, vtulka yordamida joyiga moslanadi. Suv nasosi va ventilyator korpusi gardishining singan qisimlari cho‘yan sim bilan (gaz payvandlash usulida) yoki bimetall elektrod bilan ta’mirlanadi. Payvandlash so‘ng tutashuvchi tekisliklarning ravonligi tekshiriladi. Suv nasosi va ventilyatorning eyilgan (dvigatel suv nasosining kronshteyni flanetsi va kronshteyn valigi vtulkalari birikmalari eyilganda) korpusiga tashqi diametri kattalashtirilgan vtulkalar presslab kirgaziladi. Suv nasosi va ventilyator korpusida, shuningdek, ventilyator shkivining podshipniklar o‘tqaziladigan joylarida eyilish sodir bo‘ladi. Bunday nuqsonlar po‘lat halqalar (vtulkalar) o‘rnatilgandan yoki payvandlangandan (suv nasosi va vintilyator korpusi) so‘ng, nominal o‘lchamgacha ishlov beriladi. Ventilyator shkivdagi tasma kiydiriladigan ariqcha-larning har bir tomonidan 1 mm gacha eyilish ruxsat etiladi. Buni aniqlash uchun yangi shkiv ariqchasi profilida yasalgan andozasi va eyilgan shkiv ariqchasi orasiga shchup o‘rnatish yo‘li bilan aniqlanadi. Rezba esa avval ko‘rib o‘tilgan usullarning birortasi bilan tiklanadi. Dvigatellarning suv nasosiga va vintilyator korpusiga ventilyator shkivi qotirish gaykasining rezbasi shikastlanganda, u cho‘yan elektrod bilan gaz payvandlashdan so‘ng unga nominal o‘lcham bo‘yicha rezba kesiladi. Suv nasosining parragini valigi o‘rnatiladigan teshik eyilganda, uga 4-6 mm ga kattalashtirilgan po‘lat vtulka presslab kiritiladi. Ta’mir o‘lchami chegarasidan kichik bo‘lgan valiklarning bo‘yni kattalashtirilganda parrak teshigi ta’mir o‘lchamigacha razvyortkalanadi. Qanotchaning eyilgan parraklari gazoviy payvandlash usulida cho‘yan elektrod bilan ta’mirlanadi, parrak cheti esa nominal o‘lchamgacha mexanik ishlov beriladi. Ta’mirlashdan so‘ng suv nasosining parragi statik muvozanatlanadi. Ventilyator qanotchasinining krestovinasida quyidagi nuqsonlar sodir bo‘lishi mumkin: parrak bilan birgalikda qotirilgan birikmalarni bo‘shab ketishi, krestovina va parrak-larda qoldiq deformatsiyaning sodir bo‘lishi, darz ketishi. Parraklarning mustahkamligigi buzilganda yoki ular shikastlanganda parrak qaytadan parchinlanadi. Parraklar almashtirilganda har bir krestovinaga parchinlanadigan alohda parraklar og‘irligi orasidagi farq 3-5 g dan (S-80 va S-100 rusumli traktorlarda 10 g dan) oshmasligi lozim. Parrklar ventilyator krestovinasiga puxta parchinlanishi, parchin mixlarining kallaklari me’yor darajasida yalpoqlanishi lozim. Krestovina va parraklardagi teshiklari oval shaklida eyilgan bo‘lsa, ular kattalashtirilgan o‘lchamga yo‘nilib, katta-lashtirilgan diametrli parchin mixlar bilan parchinlanadi. Parrak ta’mirlanganda ventilyator parraklarining shakli va aylanish tekisligiga nisbatan qiyalik burchagi me’yor darajasiga keltirish lozim. Turli rusumdagi dvigatellar uchun parraklarning qiyalik burchagi ═30-35° ni tashkil qiladi. Parraklar bilan birga yig‘ilgan krestovinaning to‘g‘ri o‘rnatilganligi va muvozanatlanganligi ham tekshiriladi. Ventilyator parchinlangan parrraklarning oldingi qirralari aylanish o‘qiga perpendikulyar tekislikda yotishini ta’minlash kerak. Buning aniqlik darajasi turli rusumdagi dvigatellar uchun 1-3 mm atrofida bo‘lishi lozim. Parraklarning bir tekislikda yotishi plitada yoki moslamada (nazorat shtifti bo‘yicha) shchup bilan tekshiriladi. Parraklari yig‘ilgan krestovinaning muvozanatlanganlik darajasi prizmalarida tekshiriladi (2.1-rasm). Bundagi muvozanatsizlik (disbalans) 10 g·sm gacha bo‘lishi ruxsat etiladi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling