1. Transformatorlarni vazifalari va qo‘llanilish sohalari. Transformatorlarning ishlash prinsipi va tuzilishi. Uch fazali transformatorlar


Download 337 Kb.
Sana09.09.2023
Hajmi337 Kb.
#1674717

13. Mavzu : Transformatorlar.
Reja.
1. Transformatorlarni vazifalari va qo‘llanilish sohalari.
2. Transformatorlarning ishlash prinsipi va tuzilishi.
3. Uch fazali transformatorlar.
O‘zgaruvchan tok kuchlanishini chastotasini o‘zgartirmay uning miqdorini ortiruvchi statik elektromagnit apparat,yoki kuchlanish miqdorini orttirib yoki kamaytirib beradigan elektroinduktsion statik apparat–transformator deyiladi. Elektr energiyasi, elektrostantsiya generatorlaridan iste‘molchilarga uzatiladi; iste‘molchilar esa ko‘p incha stantsiyadan uzoq masofalarda joylashgan bo‘ladi. Energiya isroflarini kamaytirish va simlarning og‘irligini kamaytirish maqsadida generatorlardagi kuchlanish miqdorlarinini bir necha o‘n yoki yuz marotaba kata bo‘lgan elektr uzatish kuchlanishigacha ko‘tarish kerak bo‘ladi. Transformatorlardan juda ko‘p maqsadlarda foydalaniladi.
Transformator berk po‘lat o‘zak–magnit o‘tkazgichdan tuzilgan bo‘lib, bu magnit o‘tkazgichga o‘zaro elektr kontaktga ega bo‘lmagan ikki yoki bir necha chulg‘am o‘ramlari joylashtirilgan bo‘ladi.
Magnit o‘tkazgichning chulg‘amlari joylashgan qismi o‘zak – deb ataladi.
Elektr energiyasi manbaadan kelib kiradigan chulg‘am – birlamchi chulg‘am deb, energiya iste‘molchisi ulanadigan boshqa chulg‘am ikkilamchi chulg‘am deb ataladi.
Birlamchi chulg‘amga berilgan o‘zgaruvchi U1 kuchlanishdan I1 tok va po‘lat o‘zak orqali yopiluvchi Ф magnit oqimi hosil bo‘ladi. Elektromagnit induktsiya qonuniga asosan o‘zgaruvchan Ф magnit oqimi ta’sirida birlamchi chulg‘amda o‘zinduktsiya EYuK i E1 ni, ikkilamchi chulg‘amda esa o‘zaroinduktsiya EYuK i E2 ni yuzaga keltiriladi.
Agar ikkilamchi chulg‘amga yuklama ulansa I2 yuklama toki hosil bo‘ladi va ikkilamchi kuchlanish U2 ni kamayishiga sabab bo‘ladi. Yuqori kuchlanishli chulg‘amdagi EYuK qiymatining past kuchlanishli chulg‘amdagiga nisbati transformatorlarning transformatsiya koeffitsenti deyiladi va K bilan belgilanadi:

Transformatsiya koeffitsentiga bog‘lik ravishda transformatorlar kuchaytiruvchi


yoki pasaytiruvchi guruhlarga bo‘linadi.


U ch fazali transformatorning uch o‘zagi bo‘lib, uchta o‘zak steijenning har birida bitta fazaning ikkita chulg‘ami joylashgan. Bu uchta o‘zak yagona elektromagnit zanjimi tashkil etadi. Birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlar yulduzcha yoki uchburchak usullarida ulanadi. Ikkilamchi chulg‘amning ulanish usuli iste‘molchining nominal kuchlanishiga qarab aniqlanadi.2- rasmda kuch transformatorlarida keng qo‘llaniladigan birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlar yulduzcha usulida ulangan uch fazali transformator ko‘rsatilgan. Bu pasaytiruvchi transformator bo‘lib, birlamchi 10 kV kuchlanishli chulg‘am yuqori kuchlanishli tarmoqqa ulanadi. Ikkilamchi chulg‘am esa past kuchlanishli tarmoqqa ulanadi. Past kuchlanishli chulg‘amning neytral simi chiqariladi. Demak, past kuchlanishli chulg‘amda faza va liniya kuchlanishlari mavjud. Rasmda X, Y, Z harflar bilan yuqori kuchlanishli chulg‘amlar, mos ravishda, tugash uchlari ham belgilangan. Yuqori kuchlanishli tarmoqlarda elektr kattaliklarni transformatorlar yordamida ham o‘lchash mumkin. Yuqori kuchlanishli tarmoqlarda tok, kuchlanish, quvvat va elektr energiyasini o‘lchashda, xavfsizlikni ta’minlash va odatdagi ol‘chov asboblarini o‘lchash chegaralarini oshirish maqsadida ikki xil ol‘chov transformatorlaridan foydalaniladi. Birinchi xil transformatorlarda o‘lchaganda transformator ikkilamchi chulg‘amining qarshiligi iloji boricha kam bo‘lishi, ya‘ni o‘lchash jarayonida qisqa tutashish rejimiga yaqin bo‘lishi kerak. Transformatsiyalash koeffitsiyenti esa o‘zgarmas bo‘lishi lozim:


T ok transformatorining ikkilamchi chulg‘amiga ampermetrdan tashqari vattmetr yoki elektr energiyasini hisoblagich ham ulanadi. Ikkinchi xil o‘lchash transformatorlari kuchlanish transformatori bo‘lib, ulaming transformatsiyalash koeffitsiyenti o‘zgarmasdir:


Transformatorning foydali ish koeffitsiyenti (FIK):

bunda Pn — transformator tarmoq qutblaridagi quvvat, P2 — iste‘molchi qutblaridagi quvvat, Sisl — iste‘molchining to‘liq quvvati, Snom —transformatorning nominal quvvati, p — yuklanish koeffitsiyenti. Bu transformatorning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, me’yor (nominal) rejimida P =0,7 0,85 ga teng. Elektr podstansiyadagi ikki transformatoming yuklanish koeffitsiyenti p ni 1,2—1,4 gacha ko‘tarish mumkin. Transformatorlami loyihalashda yuklanish koeffitsiyenti 0,7—0,85 ga teng bo‘lganda eng katta (maksimal) FIK ta’minlanadi. Transformatorlaming maksimal FIK q= 0,95 = 0,9.Transformatsiya koeffitsentiga bog‘liq ravishda transformatorlar kuchaytiruvchi yoki pasaytiruvchi guruhlarga bo‘linadi.


TEKSHIRUV UCHUN SAVOLLAR:
1.Transformatorlarning ishlash prinsipi va tuzilishi qanday?
2.Uch fazali transformatorlar qanday tuzilgan ?
3. O‘lchash transformatorlari qanday tuzilgan ?
Download 337 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling