1. Transport vositalarining turlari Avtomobil transportining klassifikatsiyasi va raqamlanishi Transport vositalarining vin kodlari


Download 233.36 Kb.
Sana04.05.2023
Hajmi233.36 Kb.
#1426061
Bog'liq
Mustaqil ish


Reja:
1.Transport vositalarining turlari
2.Avtomobil transportining klassifikatsiyasi va raqamlanishi
3.Transport vositalarining VIN kodlari

Ikki yo‘lovchi avtomobili–o‘zining tuzilishi va jihozlanishi jihatidan yo‘lovchilar va bagajlarni tashishga mo‘ljallangan, zarur qulaylik va xavfsizlik bilan ta’minlangan avtomobil;


yuk avtomobili–yuklarni tashishga mo‘ljallangan, qattiq ramali mexanik yo‘l transport vositasi;
yuk avtotransport vositalari foydalanish xarakteri va konstruktiv xususiyatlaridan kelib chiqqan holda umumiy va ixtisoslashtirilgan vositalarga bo‘linadi;
-avtobus, mikroavtobus–yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan va haydovchi o‘rnini hisobga olmaganda sakkiztadan ortiq o‘tirish o‘rindig‘iga ega bo‘lgan, qattiq ramali mexanik yo‘l transport vositasi;
-engil avtomobil–haydovchi o‘rnini hisobga olmaganda, sig‘imi sakkiz kishigacha bo‘lgan yo‘lovchi avtomobili. Yengil avtomobillar soniga pochta tashishga mo‘ljallangan, sanitariya va boshqa maxsus yengil avtomobillar qo‘shilmaydi;
yo‘nalishli taksi–yo‘lovchilar talabiga ko‘ra to‘xtagan holda muntazam yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositasi (avtobus yoki yengil avtomobil);
-yo‘nalishsiz taksi–taksometr (hisoblagich)ning ko‘rsatkichi bo‘yicha to‘lov to‘lanadigan, yo‘lovchilar buyurtmanomalari bo‘yicha tashish xizmatlari ko‘rsatadigan avtotransport vositasi; pikap va yengil furgon – kuzovi yengil avtomobil shassisiga moslashtirilgan, yuk ko‘tarish qobiliyati yuqori bo‘lmagan yuk va yuk-yo‘lovchi avtomobillari;



Avtomobil transporti vositalarining klassifikatsiyasi:


Turli xildagi avtomobillar, tirkamalar va yarim tirkamalar avtomobil transport vositalarini tashkil etadi.
Avtomobil–o‘zi harakatlanuvchi (avto-grekcha o‘zi, mobil-lotincha harakatlanuvchi) degan ma’noni bildiradi.
Avtomobil – mustaqil energiya manbaiga ega bo‘lgan, quruqlikda relssiz yo‘llarda yuk va odamlarni tashishga yoki unga o‘rnatilgan qurilmalar yordamida maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan kamfortabellik va xavfsizlikka ega bo‘lgan g‘ildirakli mashinadir.
Vazifasiga ko‘ra avtomobillar transport, maxsus va poyga avtomobillariga bo‘linadi.
Transport avtomobillariga passajir, yuk va yuk passajir avtomobillari kiradi
Maxsus avtomobillar ma’lum ishlarni bajarishga mo‘ljallangan mexanizm, asbob va uskunalar bilan jixozlangan bo‘ladi. Bularga sanitariya, o‘t o‘chirish, ko‘cha supirish, yuk ortish avtomobillari kiradi.
Poyga avtomobillari sport avtomobillari bo‘lib, avtomobil-sport poygasida qatnashishga mo‘ljallangan.
Yuk avtomobillariga yetakchi avtomobillar, tirkamalar, yarim tirkamalar kiradi va ular yuk tashish uchun xizmat qiladi.
Passajir avtomobillari yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular ikkiga bo‘linadi: yengil avtomobillar va avtobuslar. O’rindiqlar soni xaydovchi o‘rindiqi bilan birga 8 tagacha bo‘lsa yengil avtomobil, 8 tadan ortiq bo‘lsa avtobus deb ataladi.
Yengil avtomobillar dvigatel silindrlarining ish xajmi bo‘yicha sinflarga bo‘linadi.
Avtobuslar gabarit uzunligi bo‘yicha sinflarga bo‘linadi.
Yuk avtomobillari to‘liq yuk vazniga qarab sinflarga bo‘linadi.
VIN kodining tarkibi uchta bo‘limdan iborat bo‘lib:
1)Ishlab chiqaruvchining umumjahon kodi (World Manufacturer Identifier — WMI).
WMI uchta simvoldan iborat bo‘lib:
Birinchi simvol-geografik zonaning kodi
Ikkinchi simvol -kod mamlakat kodi
Uchinchi simvol -transportnogo vositasini ishlab chiqaruvchi
kodi bildiradi
2) Izohlovchi (Vehicle Descriptor Section — VDS)
VDS oltita simvoldan iborat:
-transport vositasining turi,
-vazifasi,
-dvigatel turi,
-kabina,
- kuzova,
-tormoz tizimi,
- o‘qlar soni va boshqa ma’lumotlar
3) Indikator (Vehicle Indicator Section — VIS)
VIS sakkista simvoldan iborat bo‘lib, avtomobilni bir biridan ajratish uchun xizmat qiladi

Download 233.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling