1. Tsilindrsimon zenkerlar yordamida ishlov berish Zenkovkalar yordamida ishlov berish
Download 197.75 Kb.
|
Zenkerlar yordamida ishlov berish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oldingi burchak γ
- Yig’ma zenkerlar
Kanavkalar soni. Zenkerlarni odatda uchta (quyruqli) yoki to’rtta (o’rnatiluvchi) kanavkali qilib tayyorlanadi. Yana o’rnatiluvchi yirik o’lchamli (d>58 mm) olti va undan ko’p kanavkali zenkerlar ham qo’llaniladi. Og’ir mashinasozlikda katta qo’yimlarni kesish uchun ikki tishli zenkerlar qo’llanilib, ushbu zenkerlar opravkaga o’rnatiladi.Ular kalta va xajmi bo’yicha katta bo’lgan kanavkalarga ega bo’lib 300 mm.gacha diametrli teshiklarga ishlov berishda qo’llaniladi.
Zenkerning kanavkalari odatda vintsimon, po’lat va cho’yanlardan tayyorlangan zagotovkalarga ishlov beruvchi qattiq qotishmali zenkerlarda esa to’g’ri chiziqli ko’rinishda bo’ladi. Pichoqlari o’rnatilgan yig’ma va qattiq qotishmali plastinalar kavsharlangan zenkerlarda kanavkalar asbobning o’qiga nisbatan og’ma holatda joylashgan bo’ladi. Ikki tishli zenker 5-rasmda turli asbobsozlik korxonalarida qo’llaniladigan kanavkalarning shakllari keltirilgan. Kanavkalarning egri chiziqli shakllari (5-a...d rasmlar) zenkerlarni tayyorlashni soddalashtiradi va operatsiyalar sonini kamaytiradi, shu bilan birga maxsus shakldor freza talab qilinadi. To’g’ri chiziqli shaklli kanavkalar (5-e rasm) o’rnatiluvchi qattiq qotishmali plastinalar kavsharlangan zenkerlarda qo’llaniladi. Zenker kanavkalarining asosiy shakllari Oldingi burchak γN ni bosh kesuvchi qirralarni uzunligining kichikligi va ularni radial joylashuvini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin: Bunda γN ning berilgan qiymatlarida qirindi kanavkalarining og’ish burchagi tgω= tgγN *sinφ bo’ladi. Yangi zenkerlarni loyihalashda ushbu burchaklarning quyidagi qiymatlarini olishni tavsiya etiladi: po’latlarga ishlov berishda γN=8...12°; cho’yanlarga ishlov berishda γN=6...10°; rangli metallarga ishlov berishda γN=25...30°; qattiq po’latlar va cho’yanlarga ishlov berishda esa γN=0...5°. Qattiq qotishmali plastinalar kavsharlangan zenkerlarda kesuvchi qirralarning mustahkamligini oshirish maqsadida bosh kesuvchi qirraning og’ish burchagi +λ hosil qilinadi va λ=12...15° olishni tavsiya etiladi. Bunda hosil bo’lgan qirindini chiqishi quyruq qism yo’nalishi bo’yicha bo’ladi, kesuvchi qism esa o’q bo’ylama tekislikka nisbatan r0 ga og’ma holda o’stirilgan bo’ladi, u holda Zenkerlarning orqa burchagi α spiral parmalar kabi tekislik bo’yicha yo’nib yoki konussimon va vintsimon yuzalarda hosil qilinadi. Charxlash vaqtida kesuvchi qirralarning o’q bo’ylama tepishini nazorat qilish uchun orqa yuzada kesuvchi qirra yonida 0,03...0,05 mm.li lenta qoldiriladi (3-a rasm). Bunda kesuvchi qirraning tepishi 0,05...0,06 mm.dan katta bo’lmasligi kerak. Yig’ma zenkerlar asbobsozlik materiallarini iqtisod qilish maqsadida konstruktsion po’latlardan tayyorlangan korpusga mahkamlanadigan pichoqlar bilan jihozlanib, opravkaga 1:30 konusli teshigi va toretsli shponkasi bilan o’rnatiladi (4-a,b rasm). Zenkerlarning kesuvchi pichoqlarini R6M5 markali tezkesar po’latdan yoki VK8, T15K6 va boshqa turdagi qattiq qotishmali plastinalardan tayyorlanadi. Zenkerning korpusi 5...7° burchakli ponasimon pazlar bilan jihozlangan bo’lib, ushbu pazlarning tayanch yuzalariga pichoqlar o’rnatiladi (7-a rasm). Zenker yeyilganidan so’ng plastinalarni qayta o’rnatilib uni diametri bo’yicha sozlash mumkin bo’ladi. Bunday konstruktsiyalarning kamchiligi plastinalarni zenkerning o’qi bo’ylab sozlashning imkonining yo’qligi. Ushbu kamchilikni bartaraf etish uchun zenkerlar tayanch tomonidan qo’shimcha ravishda ponalar bilan jihozlanadi (7-b rasm). Bunda pichoqlar va ponalar yassi pazlarga o’rnatilib diametr va o’q bo’ylab sozlashga imkon yaratadi. Ammo bunday zenkerlarning konstruktsiyasi bir muncha murakkablashadi. Teshiklarga qattiq qotishma bilan jihozlangan zenkerlar bilan ishlov berishda parmalashga nisbatan kesish sharoiti kesuvchi asbobning turg’unligini yuqoriligi, kesuvchi ponaga tushayotgan yuklanishning kichikligi, qirindining chiqib ketish sharoitini yaxshiligi va asbobni teshikda yo’nalishi hisobiga qoniqarli bo’ladi. Kichik diametrli (d=8...20 mm) teshiklarga ishlov berishda yaxlit qattiq qotishmali zenkerlar qo’llaniladi. 8-a rasmda ishchi qismi qattiq qotishmadan tayyorlangan quyruq qism bilan kavsharlab biriktirilgan kichik diametrli zenker ko’rsatilgan. Bu erda zenkerni kiruvchi konusi konussimon markazning (2φ=75°) qismi bo’lib, tishlar soni z=3, kanavkalar va tishlarning shakli to’g’ri chiziqlidir. Yig’ma zenkerlarning pichoqlarini mahkamlash usullari a – ponasimon riflangan pichoqlar; b – ponali yassi pichoqlar Shuni hisobga olish lozimki, yaxlit qattiq qotishmali zenkerlarning narxi juda yuqori. Yig’ma asboblarning pichog’iga standart plastinalarni kavsharlab, o’rnatiluvchi yoki quyruqli zenkerlarning korpusiga kavsharlab qattiq qotishmalarni qo’llash ancha arzon bo’ladi (8-b, v rasmlar). O’rnatiluvchi qattiq qotishmali zenkerlarda (8-b rasm) eng kuchsiz joylarini mustahkamligini oshirish maqsadida bosh va yordamchi qirralarning burchak qismida f=0,5...0,8 mm o’lchamli φ1=30° va φ=60° burchak ostida faska yo’niladi. Plastinalarni λ=10...15° burchak ostida siljitish ham kesuvchi plastinalarning mustahkamligini oshiradi. Bunday zenkerlar yetarlicha katta o’lchamga ega, ya’ni d=34...80 mm (6-rasm). Ishlab chiqarishda diametri 20 mm.dan kichik bo’lgan teshiklarga ishlov berishda asbob korpusiga plastinalar kavsharlangan quyruqli zenkerlar (8-v rasm) qo’llaniladi (d=12...35 mm, z=3). Bunda plastinalarni charxlashning oson va yengil kechishi uchun plastina uzunligi bo’yicha joylashgan qirindi kanavkasi ω=10° og’ish burchagiga ega bo’lib, kelgusida vintsimon kanavka ko’rinishiga ω=20° burchak ostida ravon o’tgan. Download 197.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling