Savol: Nimalarga shunday ta’rif berilganligini ayting.
Javob: Piramidalar.
Izoh: Fir’avnlar oromi uchun minglab insonlar piramidalarni qurishgan.
6. XX asr boshlarida Rossiyalik deputatlardan biri bu loyiha haqida norozi ohangda shunday degandi: “Biz moskvaliklarni ko‘rsichqonga aylantirishmoqchi”
Savol: Bu deputat shu gapi bilan keyinchalik amalga tadbiq etilgan qaysi loyihani qoralashga uringan edi?
Javob: Moskvada metro ochilishini.
Izoh: Ko‘rsichqon yer ostida yashaydi va deputat yer ostidagi metrodan foydalanuvchilarni shu jonivorga qiyoslagan.
7. Ko‘plab durdonalari bilan mashhur bo‘lgan Stiven Kingning “11/22/63”nomli asari mavjud.
Savol: Asar qaysi mashhur voqeaga bag‘ishlanganligini yozib bering.
Javob: [Jon] Kennedining o‘ldirilishi.
Izoh: Xuddi shu sanada Li Harvi Osvald tomonidan otib o‘ldirilgan.
8. 19 asrning ikkinchi yarmida Meydzi o‘tkazgan zamonaviy islohotlari doirasida Yaponiyada maxsus ro‘yxat tuziladi. Ro‘yxatda gava (daryo), yama (tog‘), mura (qishloq) va bana (daraxt) kabi so‘zlarni uchratish mumkin edi
Savol: Dehqonlar BU nomlarni nima maqsadda ishlatishlariga ruhsat berilgan.
Javob: Familiya.
Izoh: Meydzi davrigacha yapon dehqonlarida familiyalar mavjud emasdi. Dehqonlarga osonroq bo‘lishi uchun ularga variantlar taklif etilgan.
9. Yan Martel asari qahramoni bo‘lgan hayvonot bog‘i direktoriga UNING vazifasini arslon ovozi bajarib berganligi aytiladi. “Tushdagi mo‘jiza” musiqasida esa U asosiy dushman sifatida tasvirlangan.
Savol: Uni yozib bering.
Javob: Budilnik.
Izoh: Tushdagi mo‘jizadan sizni ayirishi mumkin bo‘lgan yagona dushman albatta budilnik.
10. 1896-yili qayta tiklangan zamonaviy olimpiada, o‘yinlarining esdalik medalida Olimpiya stadioni, g‘alaba xudosi va U tasvirlangan edi. Arizona shtatining markazi ham U.
Savol: U o‘rnidagi bir so‘zni yozib bering.
Javob: Qaqnus (Feniks).
Izoh: Olimpiada o‘yinlari qayta tiklangan edi. Qaqnus qushi esa yonib ketib o‘z kulida qayta tug‘iluvchi afsonaviy qush hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |