1-tur
1. 1945-yil Surinam poytaxti Paramariboda mahalliy oddiy xalq tomonidan bir futbol klubi tashkil etilgan. Ushbu futbol klubi keyinchalik mamlakatning nomdor jamoalaridan 24 marta chempionlikni tortib olgan.
Savol: Siz menga ushbu klub nomini yozib bering.
Javob: Robin Gud.
Izoh: Bilamizki, Robin Gud kambag’allarning himoyachisi bo‘lgan va boylardan tortib olgan narsalarini, kambag’allarga taqdim etgan. Ushbu klub ingliz afsonaviy qahramoni nomi berilib, oddiy xalq jamoasi nomdor jamoalardan nomiga munosib tarzda chempionlikni tortib olgan.
2. Portugaliyada dastlabki U 1985-yil 29-martda “Rua de Meskita” ko‘chasida ochilgan. Hozirgi kunda esa ULARning 4tasi Portugaliyadagi tahminan 40 000dan ortiq insonga xizmat qilib kelmoqda.
Savol: U o‘rnida qayer nazarda tutilayotganligini yozib bering.
Javob: Masjid.
Izoh: Ko‘cha nomi portugal tilidan "Masjid ko‘chasi" deb tarjima qilinadi. Mesquita so‘zi ingliz tilidagi "mosque" ("masjid") so‘ziga juda yaqin.
3. Bu ro‘yhatdan turli sabablarga ko‘ra Kakuru, Kioto, Niigatani chiqarib tashlashgan, biroq ikki hudud baribir saqlanib qolgan.
Savol: Siz menga o‘sha ikki hududni yozib bering.
Javob: Xirosima va Nagasaki
Izoh: 1945-yil 6-9 avgustda sanasida aslida yuqoridagi hududlarga ham bomba tashlash rejasi bo‘lgan, ammo ulardan ikkisiga tashlashga qolganlariga esa yo‘q.
4. Karl V [beshinchi] ning aytishicha, ispan tilida Xudoga murojaat qilish qulay ekan, italyan tilida - ayollarga, fransuz tilida xazil qilish qulay ekan.
Savol: Karl V [beshinchi] ning fikricha, qaysi tilda buyruq berish qulay ekanligini yozib bering.
Javob: Nemis tilida.
Izoh: Nemis tili o‘zining qo‘polligi bilan ajralib turadi.
5. Korney Chukovskiy o‘zining “Ikkidan beshgacha” nomli kitobida yosh bolalar bilan bog‘liq ko‘plab qissalarni jamlagan. Ulardan birini eshiting. Uch yoshli Lenaga onasi aytyapti: “Derazadan tush, yo‘qsa yiqilib tushib, bukri bo‘lib qolasan”. Shunda Lena USHBU hayvon allaqachon ikki bora yiqilib tushgan degan fikrga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |