19. Daraxtlardan yoki daraxt mevalaridan siqib olingan suvga tahorat olish joizmi?
a) Joiz
b) Joiz emas
c) Makruh
To’g’ri Javob: Joiz emas
Izoh: Daraxtlardan yoki daraxt mevalaridan siqib olingan suv haqiqiy suv emas. Suv topilmagan holda kishi tayammum qiladi, lekin yuiladigan a’zolarni yuvishlik taabbudiy (Alloh buyurgan) vazifadir, shuning uchun nassdagidan boshqasiga o‘tmaydi. Ammo tok tanasidan tomib turgan suvga tahorat olish joiz, chunki uning suvi siqilmasa ham o‘zi chiqadi. (Burhoniddin al-Marg‘inoniy, “Hidoya”)
20. Yosh bola namozda kulsa, tahorati ketadimi?
a) Ketmaydi.
b) Ketadi, tezda tahorat olishi lozim bo’ladi.
c) Baland ovozda kulsa ketadi, past ovozda kulsa, ketmaydi.
To’g’ri Javob: Ketmaydi.
Izoh: Yosh bolaning kulgisi tahoratini ham, namozini ham buzmaydi. Kulgi uch xil bo‘ladi: ovoz chiqarib kulish. Bu tahoratni ham, namozni ham buzadi. Ulamolar: «Kimki namozdan tashqarida ham qahqaha urib kulsa, qayta tahorat qilishi mustahab», deganlar. Kishi kulgisini o‘zi eshitib, yonidagi eshitmasa, namozi buziladi, ammo tahorati ketmaydi. Tabassum namozni ham, tahoratni ham buzmaydi. (“Dinda savolim bor”, 3-kitob)
6-tur javoblari
Mavzu: Islom tarixida huzun yili. Toifga hijrat. Isro va me’roj
1. Nima sababdan Islom tarixida "Sanatul Huzun" (Qayg'u yili) deb olgan yil bo'lgan?
a) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'g'illari Ibrohimdan ayriladilar.
b) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki qizlari Ruqiya va Ummu Gulsumdan ayriladilar
c) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xadicha onamiz va amakilaridan ayriladilar
To’g’ri Javob: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xadicha onamiz va amakilaridan ayriladilar
Izoh: Payg‘ambarlik davrining o‘ninchi yilida, hijratdin uch yil ilgari Makka shahrida onamiz Xadicha vafot topdilar. . Bu musibat ustiga butun dushmanlariga haybat ko‘rsatib turgan amakilari Abu Tolibning vafot qilishi Payg‘ambarimizga qattiq ta’sir qildi. Bu mehribon yordamchilaridin birdaniga ajralganlari uchun ortiqcha qayg‘urdilar. Shu musibat bo‘lgan yilni qayg‘u-hasrat yili, deb atadilar. (Tarixi Muhammadiy)
Do'stlaringiz bilan baham: |