13. Ayollarning soch, tirnoq va lab bo’yoqlari g’uslga monelik qiladimi?
a) soch bo’yoqlari g’uslga monelik qilmaydi, tirnoq va lab bo’yoqlarini g’usldan avval tozalash kerak.
b) xinadan boshqa soch bo’yoqlari sochda qatlam hosil qilganligi uchun g’uslga monelik qiladi, ayollar tirnog‘idagi, lablaridagi bo‘yoqlarni ketkazishlari kerak, aks holda g‘usllari g‘usl hisob qilinmaydi.
c) agar soch, tirnoq va lab bo’yoqlaridan foydalanishdan avval ayol g’usl qilgan bo’lsa, joiz.
To’g’ri Javob: xinadan boshqa soch bo’yoqlari sochda qatlam hosil qilganligi uchun g’uslga monelik qiladi, ayollar tirnog‘idagi, lablaridagi bo‘yoqlarni ketkazishlari kerak, aks holda g‘usllari g‘usl hisob qilinmaydi.
Izoh: Agar bo‘yoq soch tolalari ustida qatlamni tashkil qilsa, g‘uslga mone' bo‘ladi. Dorishunoslar esa xinadan boshqa barcha bo‘yoqlar qatlam hosil qilishini tasdiqlashgan. Shuning uchun xinadan boshqa sun'iy bo‘yoqlarni soch bo‘yashda ishlatish joiz emas.
Shuningdek, tirnoq ustiga surilgan bo‘yoq ham g‘uslga mone' hisoblanadi. Ayollar g‘usl qilayotganida tirnog‘idagi, lablaridagi bo‘yoqlarni ketkazishlari kerak, aks holda g‘usllari g‘usl hisob qilinmaydi. («Dinda savolim bor»)
14. Musofir odam oyoq kiyimiga mahs tortib qancha yurishi mumkin?
a) 1 kecha-kunduz
b) 2 kecha-kunduz
c) 3 kecha-kunduz
To’g’ri Javob: 3 kecha-kunduz
Izoh: Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) qilingan rivoyatda Rasululloh (s.a.v.): «Musofir (oyoq kiyimiga) uch kecha-kunduz mash tortadi, muqim esa bir kecha-kunduz», deb aytdilar.
Mo‘‘min kishi sovuq paytda bir kecha-kunduz miqdorida oyog‘iga kiygan etik, maxsini yechmasdan, tahorat olganda mash tortishi ham durust. Ammo musofir bo‘lsa uch kecha-kunduz maxsisini yechmay, mash tortishi mumkin. Zarurat va xavf-xatar tug‘ilgan paytlarda uch kecha-kunduzdan ko‘proq vaqt o‘tsa ham mash tortish joiz. Xavf-xatar tugashi bilan maxsisini yechib, yangidan tahorat olib, oyoqlarini yuvadi. Oyoq-yalang bo‘lganda oyoq yuviladi, masx tortish mumkin emas. («Sof islomiy aqida»)
Do'stlaringiz bilan baham: |