12. Payg'ambarimiz Muhammad SAV Hadicha onamizga mahrga nima hadya qildilar?
a) 1 tilla uzuk
b) 20 ta bo'taloq (tuya)
c) 11 ziro' kumush
To’g’ri Javob: 20ta bo’taloq.
Izoh: Yuqoridagi baxtli nikoh o’qilganidan keyin Muhammad a.s. Xadichaga r.a. 20 ta bo’taloq mahr beradigan bo’ldilar.
“Ar-rohiyqim maxtum”, “Tarixi Muhammadiy”
13. Payg'ambarimiz Muhammad SAVning Hadicha onamizdan ko'rgan eng katta qizlari ismi nima?
a) Ruqiya
b) Ummu Gulsum
c) Zaynab
To’g’ri Javob: Zaynab.
Izoh: Ko’pchilik olimlarning ij’mosiga binoan, Zaynab Rasululloh SAVning katta qizlari bo’lib, u zot 30 yoshga to’lganlarida tug’ilgan va hijratning 8-yili vafot etgan.
“Nurul yaqiyn”, “Siz payg’ambarni ko’rganmisiz”
14. Payg'ambarimiz Muhammad SAVning eng katta o'g'illari ismi nima?
a) Ibrohim
b) Qosim
c) Tohir
To’g’ri Javob: Qosim.
Izoh: Rasulullohning sav birinchi farzandlari va birinchi o’g’illari Qosim bo’lgan. U Islomdan ancha avval Makkada tug’ilgan. Eng sahih qavlga ko’ra 17 oy yashab vafot etgan. Rasulullohni sav kunyalari ham shu o’g’illariga nisbat berib, Abul Qosim deya atalgan.
“Nurul yaqiyn”, “Tarixi Muhammadiy”
15. Payg'ambarimiz Muhammad SAVning Hadicha onamizdan ko'rgan ikkinchi o'gillari ismi nima edi?
a) Qosim
b) Abdulloh
c) Ibrohim
To’g’ri Javob: Abdulloh.
Izoh: Rasulullohning SAV Xadicha onamizdan ko’rgan ikkinchi o’g’illari Abdulloh bo’lgan. Nasl-nasab bilan shug’ullanuvchi olimlarning gapiga qaragnada, Abdulloh toza va juda yoqimli bo’lgani bois unga Tohir-Toyyib laqablari berilgan. Abdulloh Muhammadga a.s. payg’ambarlik kelganidan keyin Makkada tug’ilib, go’dak paytida o’sha yerda vafot etadi.
“Nurul yaqiyn”, “Tarixi Muhammadiy”
16. Paygambarimiz SAV Hadicha onamizdan nechta farzandli bo'lganlar?
a) 6
b) 5
c) 8
Do'stlaringiz bilan baham: |