1-tur javoblari


Download 324.5 Kb.
bet7/71
Sana24.01.2023
Hajmi324.5 Kb.
#1116021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71
Bog'liq
islomiyviktorina

2-tur javoblari


Mavzu: Payg'ambarimiz SAVning yigitlik davrlari, uylanishlari


1. Payg'ambarimiz SAV 20 yoshga kirganlarida Fijor urushida qatanashdilar. Bu urush qatnashchilari bo'lgan qabilalar qaysi qatorda keltirilgan?
a) Kinona, Qays, Quraysh
b) Hazraj, Avs, Quraysh
c) Quraysh, Zuhra, Kinona
To’g’ri Javob: Kinona, Qays, Quraysh.
Izoh: Kinona qabilasidan bo’lgan Barroz ibn Qays ismli kishi Qays qabilasidan bo’lgan Urva ibn Utbani, o’zini haqorat qilgani uchun qasd olish niyatida tijorat uchun yo’lga chiqqanida o’ldiradi. Urva ibn Utbaning o’ldirilganini eshitgan Qays qabilasi Kinona va Quraysh qabilsidan Urvani qasosini olish uchun urush boshlashadi. Bu urush Makka bilan Toif shaharlari o’rtasidagi Naxla degan joyda bo’ladi. Bu bemaqsad urushda Abdumutallib o’g’illaridan Zubayr, Abu Tolib, Abbos va Hamza, Abdumutallibning eng sevimli nabirasi Muhammad SAV ham qatnashganlar. Bunda Muhammad a.s 20 yoshda bo’lganlar.
“Saodat asri qissalari”, “Nurul yaqiyn”.


2. Ukoz qanday marosim?
a) Arablarda mavsumiy bozor
b) O'zaro kelishmovchiliklarni hal qiladigan qabilalar majlisi
c) Ziyofat
To’g’ri Javob: Arablarda mavsumiy bozor.
Izoh: Ukoz – arablarning mavsumiy bozori bo’lib, bunday bozor arablarning tarixida bo’lmagan edi. Bu bozorda yerliklardan tashqari Shom va Yamandan kelgan savdogarlar ham o’z mollari bilan tijorat qilardilar. Chunki bunday mahsuloti ko’p, xaridori bisyor bozor hatto Shom va Yamanning orasida cho’zilib ketgan yuzlarcha chaqirim orasida ham bunday bozor topilmasdi.
“Saodat asri qissalari”, “Nurul yaqiyn”.


3. Fijor urushi nima sababdan bunday nomlandi?
a) Qurayshning hurmati saqlanmagani sabab
b) Arablar orasida bekorga qon to'kilgani sabab
c) Muqaddas Makkaning hurmati saqlanmagani sabab
To’g’ri Javob: Muqaddas Makkaning hurmati oyoqosti bo’lgani sabab.
Izoh:O’sha paytda ham arablar tomonidan hurmat bilan qaralgan, ketma-ket keladigan 4 oy, Zulqa’da Zulhijja, Muharram va Rajab oylari harom oylar, ya’ni urush qilinishi, yo’ltosarlik qilish, odam o’ldirish harom qilingan oylar hisoblanardi. Bu urush xuddi shu oylarga to’g’ri keldi. Qurayshliklar esa qavmning mudofaasi uchun bu uyda urush qilishga majbur bo’ldilar. Bu oylarda qilingan urushlar, Allohga ko’tarilgan isyon deya ta’rif berilgan. Bu urush arab tarixida misli ko’rilmagan qirg’inbarot urush bo’lganligi, harom oylarda Muqaddas Makkaning hurmati saqlanmaganligi uchun “Fijor”, ya’ni “Gunohkorlar urushi” nomi bilan tarixda qoldi.
“Saodat asri qissalari”, “Nurul yaqiyn”.



Download 324.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling