1-tur javoblari
Download 324.5 Kb.
|
islomiyviktorina
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-tur javoblari Mavzu: Tahorat hukmlari (Hanafiy mazhabida)
- To’g’ri Javob
- 2. Sunnat necha xil bo’ladi Quyidagi qatorlardan to’g’risini belgilang.
To’g’ri Javob: Ashobi Kahf qissalari, Butun olam atrofini aylangan bir odam, inson ruhining haqiqati
Izoh: — Andog‘ bo‘lsa, ul payg‘ambarlik da’vosini qilgan kishiga shul uch narsadin savol beringlar, buni payg‘ambardin boshqa hech kim bilmaydi. 1. O‘tmish zamondagi Ashobi Kahf qissalaridin so‘ranglar. 2. «Butun olam atrofini aylangan bir odam o‘tgan, u kim?» deb so‘ranglar. 3. Inson ruhining haqiqati nimadur? Agar shu uch savolga haqiqati ila javob bera olsa, bilinglarkim, u kishi payg‘ambardur. Anda u odamga iymon keltirib, ko‘rsatgan yo‘liga kirish kerak, agar bu savollarga javob bera olmasa, ul chog‘da uning yolg‘onchiligi ma’lum bo‘lib, o‘zi jazoga loyiqdur, dedilar. (Tarixi Muhammadiy) 5-tur javoblari Mavzu: Tahorat hukmlari (Hanafiy mazhabida) 1. Sha’riati Islomiyada amallar savob yoki gunoh bo’lishi bilan fiqhiy istilohga ko’ra nechaga bo’linadi? Quyidagilardan to’g’risini belgilang. a) Bechta: Farz, vojib, sunnat, harom, muboh. b) Oltita: Farz, sunnat, vojib, harom, makruhi tahrimiy, muboh. c) Yettita: Farz, vojib, sunnat, harom, makruhi tahrimiy, makruhi tanziliy, muboh. To’g’ri Javob: Yettita: Farz, vojib, sunnat, harom, makruhi tahrimiy, makruhi tanziliy, muboh. Izoh: Shariati islomiyada amallar savob yoki gunoh bo‘lish e’tibori bilan fiqhiy istilohga ko‘ra, yetti navga bo‘linadi: 1. Farz; 2. Vojib; 3. Sunnat; 4. Harom; 5. Makruh tahrimiy; 6. Makruh tanzihiy; 7. Muboh. (“Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari”) 2. Sunnat necha xil bo’ladi? Quyidagi qatorlardan to’g’risini belgilang. a) 1 xil, Sunnati muakkada. b) 2 xil, Sunnati muakkada, sunnati mashru’a. c) 3 xil, sunnati muakkada, sunnati mashru’a, sunnati zoida. To’g’ri Javob: 3 xil, sunnati muakkada, sunnati mashru’a, sunnati zoida. Izoh: Sunnat - bajarishlik qat’iy suratda talab qilinmagan amalga sunnat, deyiladi. Sunnat fiqhiy istilohda mandub, mustahab, odob kabi so‘zlar bilan ham ishlatiladi. Sunnatning turlari uchga bo‘linadi: 1. Takidlangan sunnat (sunnati muakkkada); 2. Odatiy sunnat (sunnati mashru’a); 3. Zoida sunnat (sunnati zoida). Sunnati muakkadaga misvok ishlatish, jamoat bilan namoz o‘qish, sunnati ravotiblarni o‘qish kabilar kiradi. Sunnati muakkadaning hukmi vojibdan keyingi o‘rinda turadi. Odatiy sunnatlarga Payg‘ambarimiz (s.a.v.) odatda qilib yurgan, lekin boshqalarga qilishlikni ta’kidlamagan sunnatlar kiradi. Ramazondan boshqa paytlardagi tutiladigan ixtiyoriy ro‘zalar, farz va sunnati muakkada namozlaridan boshqa ixtiyoriy namozlar, Zuxo namozi, Asr va Xufton namozidan oldingi to‘rt rakat sunnat namozlari, zulqa’da oyida olti kun ro‘za tutishlik, dushanba va payshanba kunlaridagi ro‘zalar va hokazolar shular jumlasidandir. Sunnatga amal qilgan odam savobga erishadi, unga amal qilmagan kishiga esa azob berilmasa-da, qiyomat kunida malomatga qolish ehtimoli bor. (“Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari”, «Hadis va hayot») Download 324.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling