11. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) harami sharifda namoz o‘qib turganlarida kim u zotni kelib bo‘g‘ishga jur’at etdi?
a) Abu Jahl
b) Abu Lahab
c) Uqba ibn Abi Mu’ayt
To’g’ri Javob:Uqba ibn Abu Mu’ayt.
Izoh: Kunlarning birida payg‘ambar alayhis-salom namoz o‘qiyotganlarida Uqba orqadan kelib u kishining bo‘yniga choponini tashlab, bo‘ga boshladi. Tasodifan kelib qolgan hazrat Abu Bakr rasulullohni ajratib oldi-da, Mo‘minlar surasining "Robbing Olloh" degan va "robbingiz tomonidan sizlarga mo‘jizalar olib kelgan kishini o‘ldirasizlarmi", degan oyatini aytib, mushrikni koyidi. (Sahihul Buxoriy)
12. Allohga qasamki ertaga Muhammad SAV namoz o’qiyotganda boshini tosh bilan majaqlab tashlayman degan kim edi?
a) Abu Jahl
b) Abu Lahab
c) Os ibn Voil
To’g’ri Javob:Abu Jahl.
Izoh: Abu Jahl mal’un turib:
— Ey Quraysh xalqi, mana ko‘rdinglar, Muhammad bilan bo‘lgan muomalamiz shu bo‘ldi, dinimizni xorlab, butlarimizni haqorat qilib, ota-bobolarimizni, bizni ahmoq sanab yuribdi... Endi men o‘z ko‘nglimda shunday ahd qildimki, agar ertaga kelib Baytulloh oldida yana o‘z namozini o‘qimoqchi bo‘lsa, naqd sajdaga bosh qo‘ygan chog‘ida qo‘l ko‘targudek og‘ir tosh bilan urib boshini yanchaman... — dedi.
Ertasi kuni o‘zi degandek bir cho‘ng toshni tutib, poylab turdi. Qachonki Payg‘ambarimiz sajdaga bosh qo‘yib edilar, yomon niyat bilan poylab turgan Abu Jahl bir katta tosh ko‘targan holda urmoqchi bo‘lib yaqin keldi. Kelishi hamon ko‘kragidan itargandek bo‘lib, orqaga qaytdi. Qo‘rqqanidin rangi o‘chib, tosh ko‘targan qo‘li jonsizlanib, uni tashladi.
— Ey Abul Hakam, senga nima hodisa bo‘ldi? — deb undin so‘radilar.
Anda ul:
— Kechagi aytgan ishimni qilmoqchi bo‘lib, yaqin borgan edim, tishlari nayzadek, umrimda ko‘rmagan haybatlik bir bug‘ro tuya oldimdan to‘g‘ri chiqib, og‘zini g‘ordek ochib, menga hamla qildi. Bo‘lgan voqea shuldir,— dedi. Payg‘ambarimiz:
— Ko‘ringan bug‘ro tuya birodarim Jabroildur, agar menga yaqinlashsa, uni halok qilur edi, — dedilar. (Tarixi Muhammadiy)
Do'stlaringiz bilan baham: |