1-tur javoblari
Download 324.5 Kb.
|
islomiyviktorina
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’g’ri Javob
To’g’ri Javob: Suhayb Rumiy
Izoh: Imom Faxriddin Roziy rivoyat qiladilarki, Suhayb ar-Rumiy Madinai Munavvaraga hijrat qilib jo‘naganida, Quraysh mushriklaridan bir guruhi u kishini qaytarmoqchi bo‘lib ortidan boribdi. Shunda u kishi ulovidan tushib, o‘qdonidagi o‘qlarni tizib qo‘yib, kamonni qo‘llariga olibdi-da: «Ey, quraysh ahli, mening ichingizda eng merganlardan biri ekanimni yaxshi bilasizlar-a?! Allohga qasamki, o‘qdondagi o‘q tugamaguncha, bittangiz ham menga yaqinlasha olmaysiz! So‘ngra qilichim bilan, qo‘limda qanchasi qolsa, shunchasi bilan chopaman. Keyin nimani istasangiz, qilaverasiz!» dedi. Ular: «Sen bizning yurtimizga kelganingda hech narsang yo‘q gado eding, hozir esa ko‘plab mol-dunyoga ega bo‘lding», dedilar. «Molimning qaerdaligini aytib bersam, o‘z yo‘limda ketaveramanmi?» dedi Suhayb. Ular, ha, degan edilar, u moli Makkaning qaerida ekanini aytib berdi. Bu xabar Payg‘ambar alayhissalomga yetganda: «Savdo foyda keltirdi, Ey, Suhayb! Savdo foyda keltirdi, Ey, Suhayb!» dedilar. (Hadis va Hayot: “Olamlarga rahmat Payg’ambar”) 15. Hamma mushriklardan qo’rqib, yashirin ravishda hijrat qildi. Faqat birgina sahobiy hijrat oldidan bemalol Baytullohni tavof qildi, maqomi Ibrohimda ikki rakat namoz o’qib, mushriklarga hijrat qilmoqchiligini ochiq aytdi. Bu sahobiy kim edi? a) Ali ibn Abu Tolib (r.a.) b) Umar ibn Hattob (r.a.) c) Xamza ibn Abdulmuttolib (r.a.) To’g’ri Javob: Umar ibn Hattob (r.a.) Izoh: Faqat bir kishi, Umar ibn Xattob roziyallohu anhugina oshkora hijrat qildi. U kishi hijrat qilishga qaror qilganidan so‘ng kiyimlarini kiyib, qurollarini taqib bemalol Baytullohni tavof qildi. Maqomi Ibrohimda ikki rak’at namoz o‘qidi. So‘ngra: «Kim onasini azador, xotinini tul, bolasini yetim qoldirmoqchi bo‘lsa menga manavi vodiyning ortida uchrashsin. Men hijrat qilmoqchiman!» dedi. Hech kim churq eta olmadi. (Hadis va Hayot: “Olamlarga rahmat Payg’ambar”) Download 324.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling