16. Umar (r.a.) bilan Yasribga hijratb qilganidan so’ng, Abu Jahlni aldovlariga ishonib, Makkaga qaytgan va asir olingan sahobiy kim?
a) Omir ibn Robiya
b) Xishom ibn Os
c) Ayyosh ibn Robia
To’g’ri Javob: Ayyosh ibn Robia
Izoh: Ayyosh bilan Umar (r.a.) Tanodubada uchrashdilar. Darxol yo’lga chiqishdi, Yasribgacha biron kor hol yuz bermadi. Shaxarning Avoli degan joyida Umayya ibn Zayd o’g’illarinikida mehmon bo’ldilar.
Ko’p o’tmasdan Abu Jahl ukasi Horis bilan birga Yasribga keldi, Ayyosh ibn Robiani topdi. Unga onasini ahvoli og’irligini, Makkaga bormagunga qadar onasi sochini taramaslikka, hatto soyaga o’tmaslikka qasam ichganini aytdi. Ayyosh bu so’zlarga ishondi. Va abu Jahl bilan Makkaga qaytishga qaror qildi.
Makkaga yaqinlashdilar. Abu Jahl va ukasi Ayyoshning ustiga yopirildilar. Ayyosh ikki kishiga bas keladigan darajada baquvvat emasdi. Ikki daqiqa o’tib – o’tmay, oyoq-qo’li boyloqlik holda tuyaga yuklanadi. Makkaga shu tarzda kirib borishdi.Dastlab Ayyoshga jazo sifatida 100 qamchi urildi. Keyin qamab qo’yildi. (Saodat asri qissalari 139-141 betlar)
17. Dorun-nadvada Rasululloh (s.a.v.) masalasini hal qilish uchun to’plangan majlisga Iblis qanday suratda keldi?
a) Majlisda Iblis ishtirok etmadi
b) Najdlik qariya suratida
c) Najdlik o’rta yoshli, baland bo’yli kishi suratida
To’g’ri Javob: Najdlik qariya suratida
Izoh: Quraysh mushriklari Rasululloh (s.a.v.) da’vatlariga nuqta qo’yish uchun dorun-navada to’plandilar. Bu majlisda Iblis Najdlik qariya suratida qatnashdi. (Al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor)
18. Rasululloh (s.a.v.) masalasida o’tkazilgan Dorun-nadva kengashi quyidagi qaysi oyatda o’z ifodasini topgan?
a) Anfol surasining 30-oyati
b) A’rof surasining 99-oyati
c) Naml surasining 50-oyati
To’g’ri Javob: Anfol surasining 30-oyati
Izoh: Rasululloh (s.a.v.) masalasida o’tkazilgan Dorun-nadva kengashida turli takliflar o’rtaga tashlandi: Makkadan surgun qilish, bir joyga qamab qo’yib, o’lguncha ushlab turish va hkz. Ushbu oyatda ularning turli takliflari bayon etilgan. (Al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor)
Do'stlaringiz bilan baham: |