To’g’ri Javob: Rauna vodiysida
Izoh: Salim ibn Avf oilasi maskan tutgan Rauna degan joyga yetib kelganlarida vaqt qoq tush edi. Hamma peshin namozini o’qishga tayyorgarlik ko’ra boshladi… Dastlab sunnat namozi o’qildi. Payg’ambarimiz oyoqqa qalqdilar. Diqqat bilan tikilib turgan sahobalariga qarata ilk jum’a xitobini qildilar. (“Saodat asri qissalari”)
17. “Yasrib” so’zining ma’nosi nima?
a) Xurmolar vodiysi
b) Yashil shahar
c) Yomonlik
To’g’ri Javob: Yomonlik
Izoh: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam hijrat qilib kelgunlaricha Madina shahri Yasrib deb atalar edi. Yasrib arabchada yomonlik ma’nosini anglatadi. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shaharning nomini «Madina» deb atadilar. (Hadis va hayot: “Olamlarga rahmat Payg’ambar”)
18. Madinaga kirib kelgach Rasululloh (s.a.v.)ning tuyalari qayerda cho’kdi?
a) Madinadagi hozirgi masjidlari o’rnida
b) Abu Ayyub al-Ansoriyning uyida
c) Xolid ibn Zaydning uyida
To’g’ri Javob: Madinadagi hozirgi masjidlari o’rnida
Izoh: Madinaga kirib kelgan Rasululloh (s.a.v.) ni ansorlar o’z uylariga taklif qilardilar. Rasululloh (s.a.v.) tuyaning cho’kishi ilohiy dargoh ixtiyorida ekanini aytdilar. Tuya tog’avachchalari Banu Najjor mahallasi, hozirgi Madinadagi masjidlari o’rnida cho’kdi. (Al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor, Saodat asri qissalari)
19. Quboning ilk kunlarida Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga “haqiqiy payg’ambarmi yoki yo’qmi” masalasini aniqlash uchun kelgan sahoba kim?
a) Salmon al-Forsiy
b) Abdulloh ibn Salom
c) Ka’b ibn Molik
To’g’ri Javob: Salmon al-Forsiy
Izoh: Quboning ilk kunlarida Salmon al-Forsiy Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib, chin payg’ambarliklarini aniqlash uchun xurmo keltirib, uni sadaqa ekanligini aytadi. Rasululloh (s.a.v.) “men sadaqa“ emayman deb rad etadilar. (Al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor)
Do'stlaringiz bilan baham: |