1. Tur paydo bo`lishi mikroevolyutsiya natijasi ekanligi. Tur paydo bo`lishining shakllari, yo`llari va usullari
Divergensiya evolyutsiyaning bosh yo‘naIishi
Download 25.28 Kb.
|
1. Tur paydo bo`lishi mikroevolyutsiya natijasi ekanligi. Tur pa-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konvergensiya
4.Divergensiya evolyutsiyaning bosh yo‘naIishi
Divergensiya turga mansub organizmlarning ayrim belgilari bo‘yicha o'zaro farqlanishidan, polimorfizm, har xil sharoitga moslanishidan boshlangan. Bunday moslanish avvalo, ayrim belgilarga ega populatsiyalami hosil qilsa, keyinchalik ekologik, geografik irqlar, nihoyat yangi turlar, avlodlar va boshqa sistematik taksonlar kelib chiqishi bilan tugallangan. Evolyutsiya jarayonida turlar orasidagi farq kuchaysa ham, biroq ularning anatomik-fiziologik tuzilishidagi umumiylik saqlana borgan. Masalan, ayiqsimonlar oilasini olib ko'raylik. Arktikada yashovchi oq ayiq o'rmonda hayot kechiruvchi qo'ng'ir ayiq yoki tog'li o'rmonlarda tarqalgan qora ayiqdan vazni, rangi bilan farq qilsada, baribir ular ham ayiqsimonlar oilasining vakillari hisoblanadi.Sutemizuvchilar sinfiga mansub hasharotxo'rlar, tovushqonsimonlar, kemiruvchilar, kitsimonlar, yirtqichlar, xartumlilar, toq tuyoqlilar, juft tuyoqlilar, primatlar turkumlarining vakillari tashqi, ichki tuzilishi, hayot tarzi bilan bir-biridan tubdan farq qilsa ham umumiy ajdodga mansub bo'lgan xossalari tirik tug'ish, naslini sut bilan boqish, issiqqonlilik kabi xossalarini saqlab qolgan. Har xil sistematik guruhlarga mansub organizmlarning o'zaro o'xshashligi ular bir ajdoddan kelib chiqqanligidan farqi esa har xil sharoitga moslashganligiga bog'liq ekanligidan dalolat beradi. Ajdod tur tarqaigan territoriyalardagi har xil ekologik sharoitni divergensiyaga olib keluvchi tashqi omil deb baholash kerak. Divergensiyaning aniq yo'nalishi ichki va tashqi omillaming o'zaro ta ’siri bilan belgilanadi. Divergensiya asosan mutatsion jarayon, alohidalanish, hayot to'lqinlari, tabiiy tanlanish ta’sirida ro'y bergan. Konvergensiya Divergensiya evolyutsiya jarayonining asosiy yo'nalishini tashkil etadi. Lekin ayrim hollarda kelib chiqishi jihatidan bir-biridan uzoq boʻlgan formalar tarixiy davr m obaynida bir xil m uhit sharoitida yashab kelgan. Oqibatda ular o‘xshash belgi-xossalarga ega boMgan, ya’ni ular o'rtasida konvergent o'xshashlik yuzaga kelgan. Hayvonlarda konvergensiya hodisasi tanasi shaklining ko'rinishida yoki ayrim organlaming tuzilishidagi o'xshashlikda namoyon boʻladi. Masalan, akula, ixtiozavr va delfinlarning tana tuzilishi birbirinikiga o'xshash, vaholanki, akula umurtqalilaming baliqlar sinfiga, ixtiozavr esa sudralib yuruvchilar sinfining mezozoy erasida yashab, so‘ng qirilib ketgan ajdodlariga, delfmlar esa sutemizuvchilar sinfiga mansub. Bulaming har biri qaysi sinfga mansub boMsa, o‘sha sinf uchun xos boʻlgan ichki tuzilishga ega. Ammo o'xshash hayot sharoiti, ya’ni suv muhiti ular tanasining duksimon shaklga aylanishiga, harakat organlarining ham o‘xshash boMishiga olib kelgan. Tashqi tom ondan o‘xshashlik qushlar bilan ko'rshapalaklar va mezozoy erasida yashagan uchuvchi kaltakesaklar — pterozavrlarga ham xosdir. Amazonka daryosi sohillaridagi o‘rmonlarda yashaydigan kalibra qushi va kalibrasimon brajnik kapalagining tashqi ko'rinishi, ya’ni tanasi,qanotlarining shakli, xartumining uzunligi bir-birinikiga o'xshash. Bundan tashqari, brajnik kapalagi gul yaqiniga kelganda havoda parillab to ‘xtab turib, kalibra singari xartumi bilan gulning nektarini so'radi. Ko'rsichqon bilan buzoqboshining oldingi yer kovlagich oyoqlari bir-birinikiga juda o'xshash, holbuki, ko'rsichqon sutemizuvchilar sinfiga, buzoqboshi hasharotlar sinfiga kiradi. Ayrim hollarda konvergensiya oiganlar tuzilishidagi o'xshashlikka ham sabab bo'ladi. O'rgimchaklar bilan hasharotlarda nafas olishning traxiya sistemasi bir xil ekanligini, ixtiozavr, pleziozavr va kitsimonlar kurak oyoqlarining tuzilishidagi o'xshashlikni, shuningdek, chumoli bilan oziqlanishga moslanish tufayli chuvalchangsimonlar (kloakalilar), chumolixo'rlar (chala tishlilar) va xaltali chumolixo'rlar (xaltalilar) konvergent ravishda rivojlanganligini bunga misol qilib keltirish mumkin. Download 25.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling