1. Tur paydo bo`lishi mikroevolyutsiya natijasi ekanligi. Tur paydo bo`lishining shakllari, yo`llari va usullari


Download 25.28 Kb.
bet6/6
Sana02.06.2024
Hajmi25.28 Kb.
#1836328
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1. Tur paydo bo`lishi mikroevolyutsiya natijasi ekanligi. Tur pa-fayllar.org

Parallelizm.Diveigensiyaning yana bir xususiy hodisasi parallelizmdir. Evolyutsiya jarayonida bir ajdoddan tarqaigan ikki yoki undan ortiq organizm guruhlarining har xil sharoitda yashab, bir-biridan uzoqlashishi, so'ngra yana bir xil sharoitda yashab, ularda o'xshash moslanishlar rivojlanishi parallellizm (parallel rivojlanish) deyiladi. Tuyoqli sutemizuvchilaming ikki guruhi - Janubiy Amerikada yashovchi litoptem — Litopterna va Arktogeyadagi toq tuyoqli- Artiodactula parallelizmga misoldir. Bu filogenetik tarmoqlarning ajdodi besh barmoqli fenokodus — Phenacodus bo'lib, ularda barmoqlar sonining kamayishi va tovon yordamida yurishdan barmoq bilan yurishga o'tilishi ochiq dala sharoitga moslanish tufayli amalga oshgan. Binobarin, mazkur misolga o'xshash, lekin mustaqil o'zgarishlar yagona genetik asosda amalga oshgan. Xuddi shuningdek, chuqur suvlar ostida yashovchi baliqlarning xilma-xil tur va avlodlarida yorituvchi oiganlar birbiridan mustasno rivojlangan.Ba’zi hollarda parallelizm oiganlaming bir butun sistemasiga taalluqli bo'ladi. Chunonchi, o'pka bilan nafas olishning kuchayishi tufayli ikki tomonlama nafas oluvchi baliqlar bilan amfibiyalarning yurak, qon aylanish sistemasi tuzilishida bir qadar parallelizm namoyon bo'ladi. Mazkur ikki xil hayvonlar guruhi o‘pka bilan nafas olishni qadimgi panja qanotli baliqlardan meros qilib olgan. Ikki tomonlama nafas oluvchi baliqlar bilan amfibiyalaming o‘xshashligi nerv va ayirish organlarida ham ko‘zga yaqqol tashlanadi. Biroq, tishlari, kalla suyagi, umurtqa pog‘onasi va oldingi ham da keyingi oyoqlarining tuzilishi divergensiya yo‘li bilan rivojlangan.
5.Biosfera evolutsiyasi bosqichlari. V.I.Vernadskiyning asarlarida bio­-
sfera evolutsiyasi konsepsiyasi muhim o‘rin tutadi. Ushbu konsepsiyaning
asosiy g‘oyasi shundaki, biosfera tirik organizmlar ishtirokida hosil bo‘lgan
va rivojlangan. Yer yuzida tirik organizmlar paydo bo‘lgandan boshlab
biosfera evolutsiayasi davom etib kelmoqda. V.I.Vernadskiy biosfera
evolutsiyasini uch bosqichga ajratadi.
Birinchi bosqich – Yerda hayotning va birlamchi biosferaning paydo
bo‘lishi. Bu bosqich paleozoy erasining kembriy davrigacha davom etadi.
Bu bosqichning asosiy omillari geokimyoviy va iqlim omillari hisoblanadi.
Ikkinchi bosqich – ko‘p hujayrali organizmlar xilma-xilligining ortishi
tufayli biosfera strukturasining murakkablashuvi. Bu bosqichning asosiy omili
biologik evolutsiya hisoblanadi. Bu davr kembriy davridan boshlanib, hozirgi
zamon odamlari paydo bo‘lishigacha davom etgan. Biosfera evolutsiyasining
birinchi va ikkinchi bosqichlari faqat biologik qonuniyatlar natijasida kechadi,
shuning uchun bu bosqichlarni birlashtirib biogenez davri deyiladi.
Uchinchi bosqich insoniyat jamiyatining kelib chiqishiga bog‘liq.
Bundan taxminan 40–50 ming yillar avval boshlanib, hozirgi vaqtgacha
davom etmoqda. Uchinchi bosqich insoniyat jamiyati kelib chiqishi va
rivojlanishiga bog‘liq bo‘lgani uchun uni noogenez davri deyiladi.
Biogenez bosqichi. Yerda biosfera birinchi tirik organizmlar bilan bir
vaqtda paydo bo‘lgan. Tirik organizmlar evolutsiyasi ta’sirida biosfera
ham o‘zgara borgan. Dastlabki tirik organizmlar bir hujayrali geterotrof
oziqlanuvchi anaerob prokariotlar bo‘lgan. Bu organizmlar energiyani asosan
glikoliz, bijg‘ish jarayonlari natijasida to‘plagan.
Dastlabki tirik organizmlar abiogen usulda hosil bo‘lgan tayyor organik
moddalar bilan oziqlanib, biosferaning birlamchi biomassasini to‘plab borgan.
Birlamchi biosferada organik moddalar kam bo‘lgani uchun geterotrof
prokariotlar tez ko‘paya olmas edi. Tabiiy tanlash natijasida anorganik
moddalardan organik moddalarni mustaqil sintezlay oladigan avtotrof
organizmlar – birinchi xemosintezlovchi, fotosintezlovchi bakteriyalar va
ko‘k-yashil suvo‘tlari paydo bo‘ladi.
Har qanday o‘lchamdagi majmualardan iborat ekosistemadan farqli
ravishda biogeotsenozlar aniq hudud bilan chegaralangan. Ana shunday
ayrim farqlar mavjudligiga qaramay «biotsenoz» va «jamoa», «biogeotsenoz»
va «ekosistema» tushunchalari bitta tabiiy hodisa – hayotning turdan yuqori
tuzilish darajasidagi biologik sistemalar hisoblanadi.
Ekosistema ikkita tarkibiy qism – muhit sharoitlari (biotop) va Yer
yuzida moddalarning davriy aylanishi hamda energiya oqimini ta’minlovchi
uchta funksional guruhga birlashadigan tirik organizmlar (biotsenoz)dan
tashkil topgan.
Biotop (yunoncha «bios» – hayot va «topos» – joy yoki yashash joyi),
nafaqat jamoaning egallagan joyi, balki jamoa hayotini belgilovchi muhit
omillarining o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq kompleksidir. Tirik organizmlar o‘z
hayotiy faoliyatlari davomida muhitning abiotik shart-sharoitlari (ekotop)ga
o‘z ta’sirini o‘tkazib, uni biotopga aylantiradi.
Ekosistemaning abiotik muhiti (ekotop)ni notirik tarkibiy qismlar –
klimatop (yorug‘lik, harorat, namlik, havo va boshq.) va tirik organizmlar
faoliyati natijasi hisoblangan tarkibiy qism – edafotop (tuproq) tashkil etadi.
Ekotop tirik organizmlar tomonidan hali o‘zgarmagan, o‘z tuprog‘i, iqlimiga
18ega ma’lum hudud hisoblanadi. Ekotopga vulqon otilishi natijasida yangidan
paydo bo‘lgan hududlarni yoki yangi paydo bo‘lgan korall orollarini misol
qilib keltirish mumkin. Tirik organizmlar tomonidan o‘zgartirilgan ekotop
yoki ma’lum turdagi o‘simlik va hayvon turlari yashaydigan hudud biotop
deb ataladi.
Foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlari
1.A.T.G‘ofurov, S.S.Fayzullayev. Evolyutsion ta’limot (Darslik). Т.: «Aloqachi», 2009-y. 384 b.
2. V.Azizov .“EVOLYUTSION TA’LIMOT” fanidan O’QUV – USLUBIY MAJMUA
3.uz.khanacademik.org.
http://fayllar.org
Download 25.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling