1. Tur paydo bo`lishi mikroevolyutsiya natijasi ekanligi. Tur paydo bo`lishining shakllari, yo`llari va usullari
Download 25.28 Kb.
|
1. Tur paydo bo`lishi mikroevolyutsiya natijasi ekanligi. Tur pa-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tur paydo bo`lishi mikroevolyutsiya natijasi ekanligi. Tur paydo bo`lishining shakllari, yo`llari va usullari. Tur hosil boʻlishining asosiy yonalishlari.
1. Tur paydo bo`lishi mikroevolyutsiya natijasi ekanligi. Tur paydo bo`lishining shakllari, yo`llari va usullari Reja. 1. Tur paydo bo`lishi mikroevolyutsiya natijasi ekanligi. Tur paydo bo`lishining shakllari, yo`llari va usullari. 2. Makroevolyutsiya muammolari. Ontogenez evolyutsiyasi. 3. Filogenetik guruhlar evolyutsiyasi. Filogenez shakllari va evolyutsiyasi. 4. Divergentsiya. Konvergentsiya. Parallelizm. Evolyutsiya yo`nalishlari. Allogenez. Arogenez. 5. Biosfera evolyutsiyasi va differentsiyasi. Ekosistema tarkibi va mustahkamligi. Tur paydo bo`lishi mikroevolyutsiya natijasi ekanligi. Tur paydo bo`lishining shakllari, yo`llari va usullari. Tur hosil boʻlishining asosiy yo'nalishlari. Keng tarqalgan ajdod tur arealining bo'linishi hisobiga yangi turlar hosil boʻladi. Turlarning bunday hosil boʻlishi allopatrik, ya’ni geografik (yunoncha allo — boshqa, patriya — vatan degan so'zlardan olingan) tur hosil boʻlishi deyiladi. Boshqa hollarda esa yangi tur ona Allopatrik usulda tur hosil boʻlishi. Bunda oldin geografik, ya’ni territoriya jihatdan alohidalanish, so'ngra biologik alohidalanish ro'y berishi tufayli yangi turlar hosil boʻladi. Mayr mulohazasiga ko'ra, allopatrik usulda tur hosil boʻlishi sistematiklar olib borgan xilma-xil tadqiqodlarga asoslanadi. Bunda ajdod turdan geografik jihatdan ajralgan populatsiyalar ma’lum muddat davomida shunday belgi-xossalarga ega bo'Iadiki, oqibatda ular jinsiy ko‘payish jihatidan alohidalanishga olib keladi. Shuning uchun turning xilma-xil bosqichlaridagi tabiiy populatsiyalami tinmay kuzatish imkoniyati tug‘iladi. Darvin va klassik darvinizm namoyondalari asta-sekin tarkib topayotgan turlarni tadqiq etishga doim harakat qilganlar. Tur areali ichida vujudga keladi. Keyingi holat simpatrik (grekcha sim — birga degan m a’noni bildiradi) tur hosil bo‘lish deb nomlanadi. Ularning mulohazasiga ko‘ra, «shubhali» turlar yangi turlar paydo bo'lishini isbotlovchi dalil. To‘g‘ri, Darvin tur paydo bo‘lishining o‘ziga xos bosqichlarini aniqlay olmagan. Chunki u ayrim bir organizmning o'zgarishi bilan populatsiyaning o'zgarishi orasidagi farqni bilmagan. Tur hosil bo‘lishi avvalo populatsiya yangilanishi, qay darajada mustaqil hayot kechirishi, rivojlanishga layoqatligi bilan belgilanadi. Allopatrik usulda tur hosil bo‘lishi masalasi yaxshi o‘rganilgan. Hozirgi vaqtda geografik irqlaming alohidalanishi hisobiga yangi turlar hosil bo'lishiga doir juda ko‘p ma’lumotlar to'plangan. Odatda, keng arealga tarqalgan turlar geografik irqlaming ma’lum darajada alohidalanishiga sababchi bo‘ladi. Masalan, Komarov uqtirishifha, kaynozoy erasining toʻrt- lamchi davrida Shimoliy Muz okeani muzining janubga siljishi natijasida o‘simliklar qoplami o'zgargan: Oqibatda marvaridgul tarqalgan areal 5 ta mustaqil geografik zonaga bo'linib ketgan va bu o‘simlikning Yevropa, Zakavkaze, Saxalin-Yaponiya, Shimoliy Amerika irqlari hosil bo‘lib, ular ko‘pgina belgilari bilan bir-biridan farq qilgan. G‘o‘za avlodi allopatrik yo‘l bilan tur hosil boʻlishiga yorqin misoldir. Gossipium avlodining turlari mezozoy erasining bo‘r davridan boshlab bir-biridan alohidalashib, toʻrt qit'aga tarqalgan. Shunga ko‘ra, hozirgi vaqtda ko‘p turlarning alohida tarqalish areali mavjud. Juda ko'p ma’lumotlar turga xos har qanday belgi geografik jihatdan o'zgaruvchan ekanligini tasdiqlamoqda. Bu o'zgaruvchanlik darajasi irqlar va populatsiyalarning alohidalanish xususiyatlariga bog'liq. Mabodo, bir tur yoki yaqin turga mansub populatsiyalar territoriyasi yondosh bo'lsa, ular o'zaro chatishishi hisobiga geografik o'zgaruvchanlik nisbatan kamayadi. Ularning territoriyasi alohida-alohida bo'lganda esa geografik o'zgaruvchanlik orta boradi. Tur hosil bo'lishining har xil usulida alohidalanish mexanizmi katta ahamiyatga ega. Geografik jihatdan alohidalanish hamma vaqt asta-sekin biologik alohidalanishga olib keladi. Geografik irqlarning jinsiy alohidalanishi etologik o'zgaruvchanlik bilan uzviy bog'liqdir. Gomperts ma’lumotlariga ko'ra, katta chittakning tutqinlikda saqlangan Hind va Britaniya irqlarini chatishtirish natijasida hosil bo'lgan duragaylar patining rangi va sayrashi bilan ota-ona formalardan farq qilgan. Oqibatda katta chittakning Britaniya irqi boshqa tur vakili sifatida qabul qilingan. O'simliklarda geografik irqlar orasidagi alohidalanish gullash va hosil tugish muddatlarining o'zgarishi bilan bog'liq. Download 25.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling