1. Tur paydo bo`lishi mikroevolyutsiya natijasi ekanligi. Tur paydo bo`lishining shakllari, yo`llari va usullari


Download 25.28 Kb.
bet3/6
Sana02.06.2024
Hajmi25.28 Kb.
#1836328
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1. Tur paydo bo`lishi mikroevolyutsiya natijasi ekanligi. Tur pa-fayllar.org

Ontogenez embrionizatsiyasi.Ontogenez embrionizatsiyasi deyilganda, evolyutsiya jarayonida rivojlanish bosqichlari bir qismining ona organizm yoki maxsus tuxum yoki urug' qobig'i himoyasida o'tishgalayoqatlanishi tushuniladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, embrion rivojlanish tiriklikning boshlangMch xossasi boʻlmay, aksincha, evolyutsiya natijasi hisoblanadi. Ontogenez embrionizatsiyasi tobora murakkablashayotgan murtakning himoyalanishi va muhim ichki muhitda rivojlanishiga qaratilgan. Embrionizatsiyaning himoyalanish ahamiyatini hayvonlardagi embrion rivojlanishining har xil tiplari evolyutsiyasi misolida ko'rish mumkin. Chunonchi, mayda va oziq zaxirasi kam boMgan tuxum qo‘yyuvchi kovakichlilar, bulutlar, polixetalar, qisqichbaqasimonlar, chuchuk suvda yashovchi suyakli baliqlar, amfibiyalarda tuxumdan rivojlangan lichinka harakatlanib mustaqil hayot kechiradi. Aksincha, oziqqa boy yirik tuxum qo'yuvchi organizmlar — boshoyoqli molyuskalar, akulalar, ba’zi bir suvda va quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va tuxum bilan ko'payuvchi sutemizuvchilarda tuxumdan lichinka emas, rivojlangan embrion hosil boMadi. Mazkur organizmlarda murtak uzoq vaqt tuxum ichida rivojlangan, uning ozigM hisobiga yashagan va qobigM bilan himoyalangan boʻladi. Sudralib yuruvchilarda va qushlarda amfibiyalarga nisbatan ontogenez embrionizatsiyasi kuchaygan boMib, u rivojlanishning dastlabki bosqichlarining suv muhitisiz taraqqiy etishiga va tuxumda murtakning toʻliq rivojlanishiga qaratilgan. Ontogenez embrionizatsiyasining eng muhim natijalaridan biri murakkab holda boʻlgan murtakning tez va isrofgarchiliksiz rivojlanishini ta’minlashdan iborat. Murtak morfogenetik korrelatsiyalarining sistemaliligi, murakkabligi tufayli embrion rivojlanishi postembrion rivojlanishga nisbatan turg'un va qadimiydir. Embrion rivojlanishining turg‘unligi rivojlanish darajasidan o‘zgarishiga sabab boMadigan har qanday kichik mutatsiyalar paydo boʻlganda, bunday mutatsiyalarga ega formalaming nobud boMishi hisobiga ontogenez embrionizatsiyasini zararsizlantirishga qaratilgan boMadi. Demak, embrionizatsiya evolyutsiyada ontogenezning bir butunligini kuchaytirishga safarbar etilgan. Embrionning rivojlanishidagi ba’zi bir xossalaming ontogenezning postembrion davrida saqlanishi fatalizatsiya deb ataladi. Suvda ham quruqda yashovchilar, tog'ayli baliqlar, to ‘garak ogʻ'izlilar skeletida tog'ay to'qimasining saqlanishi, odam miya qutisi suyaklarining jagʻ suyaklariga nisbatan k atta boʻlishi fatalizatsiyaga misoldir.

Download 25.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling