1. Tur paydo bo`lishi mikroevolyutsiya natijasi ekanligi. Tur paydo bo`lishining shakllari, yo`llari va usullari


Filogenetik guruhlar evolyutsiyasi. Filogenez shakllari va evolyutsiyasi


Download 25.28 Kb.
bet4/6
Sana02.06.2024
Hajmi25.28 Kb.
#1836328
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1. Tur paydo bo`lishi mikroevolyutsiya natijasi ekanligi. Tur pa-fayllar.org

3.Filogenetik guruhlar evolyutsiyasi. Filogenez shakllari va evolyutsiyasi.
Organlaming filogenetik o'zgarish prinsiplari.Organlar bajaradigan funksiyaning miqdor jihatdan o'zgarishi: a) funksiyaning intensivlashuvi; b) organlaming subtitutsiyasi (almashinuvi); d) funksiya sonining kamayishi usulida borishi mumkin.A. Funksiyaning intensivlashuvi birinchi marta L. Plate tom onidan 1924-yilda qayd etilgan. Seversov bu jarayonni ikkiga, ya’ni hujayra hamda to'qim alar funksiyasining intensivlashuviga bo'ladi. Hujayra, to'qim aning intensivlashuvi organlarning multfunksional, ya’ni bir emas, bir necha funksiya bajarish xossasiga asoslanadi. Sodda organizmlami olsak, ularda barcha hayotiy funksiyalar — oziqlanish, nafas olish, ta ’sirlanish, harakatlanish, urchish, ayirish yagona hujayra tom onidan bajariladi. Aoeba proteus da himoya funksiyasini protoplazmaning tashqi qismi — ektoplazma o'taydi. Qorinoyoqlilaming m a’lum guruhida tarixiy rivojlanish mazkur funksiyaning kuchayishiga olib keladi. Natijada DifTlugia avlodiga mansub qorinoyoqlilarda q u n zarrachalaridan tashkil topgan tuban chig'anoq, yeiglirha avlodiga mansub formalarda esasitoplazmadan ajralgan haqiqiy chig'anoq paydo bo'lgan. Sodda hayvonlar filogenezida harakatlanish funksiyasining intensifikatsiyasi ham ro'y bergan. Amyobalarda harakatlanish organlari tananing istalgan joyidan psevdopodiylar hosil booʻlishi, infuzoriyalarda uchraydigan maxsus harakat organlari — kipriklar bunga yaqqol misol boʻladi.
Ko‘p hujayrali organizmlarda funksiyaning intensivlashuvi yanada jadalroq boradi. Filogenez jarayonida organ paydo boMishi uchun qancha ko‘p hujayra ishtirok etsa, uning funksiyasi shuncha jadallashadi. Har qanday ko‘p hujayrali organizmlarning to‘qimalaridagi differensiyaga sabab shuki, murtak hujayralar bajarayotgan funksiyasining biri bosh funksiya boMib, boshqalari zarur vaqtda ishlatiladi. Chunonchi, muskul filogenezida murtak hujayralarining harakatlanish funksiyasi jadallashib, ular urchuqsimon shaklga kirgan va qisqaruvchi tolalar hosil boMgan. Ularning soni ortishi tufayli yassi muskullar, keyinchalik ular zaminida ko'ndalang-tolali muskul to‘qimalari rivojlangan. Muskul hujayralarida boshqa funksiyalar, masalan, oziqlanish, ayirish, ta’sirlanish ikkinchi darajali boMib qolgan.Organlar funksiyasining jadallashuvi ba’zan ularning progrcssiv rivojlanishiga sabab boMgan. Umurtqali hayvonlarda nafas olishning jadallashuvi gazlar almashinuvi hajmining ortishi, o‘pka epiteliysining ko'payishi natijasida alveolalaming miqdor jihatdan ko'payishi hisobiga ro‘y bergan. Ilonlarda, oyoqsiz kaltakesaklarda tananing ixchamligi ajdodlaridagiga nisbatan muskul segmentlari sonining ortishi, kitlarda suzgich funksiyasining jadallashuvi esa qo'shim cha barmoqlar sonining rivojlanishi hisobiga amalga oshgan. B.Organlaming substitutsiyasi (almashinuvi) 1866-yili Kleynenberg tomonidan aniqlangan. Bu prinsipga muvofiq, tarixiy rivojlanish jarayonida ajdodlaming ma’lum organi avlodlarda xuddi o'sha funksiyani bajaradigan boshqa organ bilan almashinadi. Xordali hayvonlaming tuban formalarida xorda o‘q skelet vazifasini o'taydi. Umurtqali hayvonlar ontogenezining m a’lum bosqichida xordadan hech narsa hosil boMmaydi. Xorda umurtqali hayvonlarda skelet hosil boMishida oraliq organ rolini bajaradi va aw al tog‘ay, so‘ng suyak umurtqalari bilan almashinadi. Organlar substitutsiyasiga oid barcha hodisalarda funksiyani oldingi organga nisbatan murakkab tuzilgan organlar bajaradi. Masalan, kaktuslaming ba’zi xillarida fotosintez funksiyasini barglariga nisbatan murakkab boMgan poya bajaradi. Qushlarning qadimgi ajdodlarida tish boMgan. Hoziigi qushlarda tishlar atrofiyaga uchragan. Ular vazifasini ularning o‘mida paydo boMgan tumshuqchaning o'tkir chetlari bajaradi. D.Funksiyalar sonining kamayish prinsipi Seversov tomonidan aniqlangan. Tarixiy rivojlanish jarayonida organizmning ayrim oiganlari bajarib kelayotgan funksiyalarining kamayishi, ularning tuzilishi o'zgarishiga sabab boMadi. Chunonchi, ot ajdodlari tarixiy rivojlanish tufayli besh barmoqli formadan bir tuyoqli formaga aylangan. Oyoqlarida chopish va yurish funksiyasining anchagina rivojlanishi hisobiga boshqa funksiyalari ancha kamaygan. Xuddi shunga o'xshash, sutemizuvchilaming suvda yashaydigan vakillari boMgan kitlar, tyulenlar, moijlarda oldingi oyoqlar o'zgarib, suzish organi — kurakoyoqga aylangan va ularda suzish funksiyasi o‘ta rivojlanishi tufayli yurish va boshqa funksiyalar qisqaigan. Bu hodisa filogenetik rivojlanish jarayonida oigan bir funksiyaning rivojlanib ketishiga, boshqa funksiyaning reduksiyalanishiga sababchi ekanligini ko'rsatadi. Organlar filogenetik o'zgarishining ikkinchi yo'nalishi ular bajaradigan funksiyaning sifat jihatdan o'zgarishi bilan bogMiq. Bunga organ bajaradigan funksiyaning kengayishi va almashinish prinsiplari kiradi.


Download 25.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling