1. Turar joy dahilsizligi va zaruriy mudofaa Turar joy egasi huquq va majburiyatlari
Kurs ishining tuzilishi va qisqacha mazmuni
Download 41.78 Kb.
|
1. Turar joy dahilsizligi va zaruriy mudofaa Turar joy egasi huq
Kurs ishining tuzilishi va qisqacha mazmuni. Kurs ishi kirish asosiy qism uchta bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
1.Turar joyga ruxsatsiz bostirib kirish va unga javobgarlk. Zaruriy mudofaaning mohiyati shunda namoyon bo‘ladiki, qonun muhofazasidagi manfaatlarga qarshi qaratilgan g‘ayriqonuniy tajovuzdan mudofaalanuvchi tajovuz qiluvchiga shunday zarar yetkazadiki, yetkazilgan zarar zaruriy mudofaa instituti bo‘lmaganida jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lardi. Aynan shuning uchun zaruriy mudofaaning qonuniy yoki g‘ayriqonuniyligi jinoyat qonuni bilan tartibga solinadi. Zaruriy mudofaa holatida tajovuzchiga muayyan zararning yetkazilishi mudofaalanuvchining qilmishi tufayli vujudga kelgan ijtimoiy xavfning oldini olibgina qolmay, agar u qonunda belgilab qo‘yilgan talablarga javob bersa, bunday faoliyatning ijtimoiy foydali, deb ham topilishiga asos bo‘ladi. Zaruriy mudofaa tajovuz va himoyadan iborat ekanligi sababli uning huquqiyligi shartlari ham tajovuzdan zaruriy mudofaalanishning huquqiy shartlari va himoyaga xos zaruriy mudofaaning huquqiy shartlariga bo‘linadi. Shunday qilib, zaruriy mudofaa institutining yuridik tabiati to‘g‘risidagi masalaga ikki xil yondashuv mavjud: • birinchidan, bu masalani amaldagi konstitutsiyaviy, ma’muriy, jinoyat qonunlari nuqtayi nazaridan kelib chiqib hal etiladi; • ikkinchidan, bu fikr zaruriy mudofaa qanday amalda bo‘lishi kerak, ya’ni bu institut qanday tartibga solinishi kerak, qaysi soha qonunlari bilan mustahkamlanishi kerak, degan nuqtayi nazardan kelib chiqadi. Тajovuzga nisbatan yetkazilgan zarar o‘z-o‘zidan ham zaruriy mudofaaning qonuniyligini ko‘rsatmaydi. Zaruriy mudofaa qonuniy bo‘lgan, deb topish uchun jinoyat huquqi nazariyasida zaruriy mudofaaning huquqiy shartlari, deb atalgan bir qancha shartlar mavjud bo‘lishi lozim. Zaruriy mudofaaning huquqiy shartlarini ikki guruhga: 1) tajovuzga nisbatan; 2) mudofaaga nisbatan bo‘lish mumkin. Тajovuzga nisbatan zaruriy mudofaaning huquqiy shartlari. Тajovuzga nisbatan zaruriy mudofaaning huquqiy shartlaridan birinchisi — shaxsga, uning huquqlari, jamiyat va davlat manfaatlariga yoki boshqa jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan bo‘lgan ijtimoiy xavfli tajovuz bo‘lishi kerak (bunda tajovuzning shakliga e’tibor berish kerak). Yuqorida qayd etilganidek, jinoiy javobgarlik yoshiga to‘lmagan yoki aqli noraso shaxslar tomonidan sodir etilgan tajovuzlar ham ijtimoiy xavfli hisoblanadi. Zaruriy mudofaa mansabdor shaxslarning g‘ayriqonuniy harakatlariga qarshi ham amalga oshirilishi mumkin (masalan, qonunga xilof ravishda ushlab turish, qonunga xilof ravishda sog‘liqqa zarar yetkazish, qonunga xilof ravishda turar joyga bostirib kirish va hokazolar). Zaruriy mudofaa institutining tushunchasi va belgilarining jinoyat huquqida berilishi ijtimoiy adolatni amalga oshirishda g‘oyat katta ahamiyatga egadir. Jinoyat huquqida zaruriy mudofaa tushunchasi qonun bilan muhofaza qilinadigan obyektlarni jinoiy tajovuzlardan muhofaza qilish jarayonida tajovuzkorga shunday zarar yetkazish yo‘li bilan amalga oshiriladigan huquqiy mudofaani o‘z ichiga oladiki, bunday mudofaa zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib amalga oshirilganida mudofaalanuvchi shaxsning jinoiy javobgarligini kelitirib chiqaradi. Jinoyat kodeksining 37-moddasida zaruriy mudofaaning qonuniyligi doirasi va shartlari, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqishning huquqiy holati nazarda tutilgan. Jinoyat kodeksining 37-moddasiga ko‘ra:
Zaruriy mudofaa holatida qilingan harakat qonunga xilof hisoblanmaydi, chunki hayotga, sog‘liqqa, jinsiy erkinlikka, mulkka va boshqa jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektlarga qilingan tajovuzlardan himoya qilish har bir fuqaroning burchi hisoblanadi va zaruriy mudofaa holatida tajovuzchiga zarar yetkazish jinoyat hisoblanmaydi. Har bir fuqaroning o‘zi, boshqa shaxslar, davlat manfaatlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan har qanday boshqa ijtimoiy munosabatlarni himoya qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida (20, 27 va boshqa moddalarida) mustahkamlab qo‘yilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasida respublika fuqarolari sha’ni va obro‘siga, hayoti va sog‘lig‘i, shaxsiy hayoti, erkinligi va qadr-qimmatiga qarshi tajovuzlardan sudda himoyalanish, shaxsning sha’ni va obro‘siga qarshi tajovuzlardan zaruriy mudofaalanish huquqiga ega ekanligining belgilanganligi ushbu masalani hal etish uchun rahbariy ahamiyat kasb etadi. Jinoyat qonunida birinchi marta har qanday fuqaro boshqa shaxslar yoki hokimiyat organlariga yordam so‘rab murojaat qilish yoxud tajovuzdan o‘zga yo‘sinda qutulish imkoniyati bor-yo‘qligidan qat’iy nazar, to‘g‘ridan to‘g‘ri zaruriy mudofaani qo‘llash huquqiga egaligi belgilab qo‘yiladi (Jinoyat kodeksining 37-moddasi, 3-qismi). Haqiqatan ham jinoyatchilikka qarshi kurash olib borishda jinoyat qonun bilan qo‘riqlanadigan obyektga qilingan tajovuzdan qochib qutulish orqali emas, balki jinoyatning oldini olishga qaratilgan qat’iylik bilan qilingan harakatlar orqali erishiladi. Zaruriy mudofaa huquqi har bir fuqaroning jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qilingan tajovuzlardan himoya qilish huquqini kafolatlovchi konstitutsiyaviy qoida hisoblanadi. Bizning fikrimizcha, zaruriy mudofaa huquqi himoya huquqi bilan ta’minlangan manfaatlarga qarshi qasddan, shu bilan birga birgalikda, ehtiyotsizlikdan sodir etilgan tajovuz natijasidir. Fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmati jinoyat qonuni bilan muhofaza qilinadi, ushbu obyektlarga qilingan tajovuz jinoyat deb topiladi (Jinoyat kodeksining 139,140-moddalari). Shuning uchun jinoyat qonuni bilan muhofaza qilinadigan bunday manfaatlar mudofaalanuvchi qonunda mustahkamlangan zaruriy mudofaaning huquqiyligi shartlariga rioya qilinganida, zaruriy mudofaa choralari bilan himoya qilinishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi «Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini ta’minlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida»gi qarori 1-bandida ham shunday fikr nazarda tutilgan. Yuqorida aytilganlardan xulosa qilib aytish mumkinki, zaruriy mudofaa holatida qilingan harakat jinoyat hisoblanmaydi, chunki u ijtimoiy-xavfli bo‘lmay, aksincha, ijtimoiy foydali harakatdir. Zaruriy mudofaada ijtimoiy xavflilik xususiyatining yo‘qligi shundaki, zaruriy mudofaani qo‘llash orqali shaxsning hayoti, sog‘ligi, jinsiy erkinligi (daxlsizligi), mulki va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qilingan tajovuz bartaraf qilinib, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan zarariy oqibatlarning oldi olinadi. Тajovuz qiluvchining hayoti va sog‘lig‘i tajovuz vaqtida qonun bilan qo‘riqlanmaydi. Zaruriy mudofaani qo‘llash har bir shaxsning shaxsiy huquqidir va bunday huquqni amalga oshirish faqat uning o‘zigagina bog‘liq bo‘lib, bu huquq zaruriy mudofaani qo‘llash vaqtida amalga oshiriladi. Ammo ayrim turkumdagi shaxslar uchun zaruriy mudofaani qo‘llash shaxsning yuridik majburiyati hisoblanadi. Bularga qonunda to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatib qo‘yilgan yoki xizmati yuzasidan jinoyatchilikka qarshi kurash olib borish, odamlarni qutqarish, jamoat tartibini saqlash vazifasi yuklatilgan shaxslar kiradi. Xadisi Shariflarda insonning kadr-kimmatini kam-sitishga yul kuymaslik, uning sha'ni va obro`siga tajo-vuz kilmaslik,har kimning sir saklashi, erkin fikr yuritishi, erkin suzlashishi singari shaxsiy *u*chUKLari bilan birga, uning mulkka ega b^lishi, turar joyli bulishi va uning daxlsizligi singari turli xildagi ijtimoiy xukuklari \am shariat talablariga va konunla-riga muvofik tarzda *imoya k;ilinishi zarurligi Uz ifodasini topgan.Jinoyat qonuniga zaruriy mudofaa institutining kiritilishi, qonun himoyasidagi manfaatlarni g‘ayriqonuniy tajovuzlardan mudofaa qilishda har bir fuqaroni faol qatnashishini ta’minlash maqsadiga xizmat qiladi. Zaruriy mudofaani qo‘llashning zarurati va asoslari jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektlarga (shaxsga, davlat va jamoat manfaatlariga) ijtimoiy xavfli tajovuz qilinganligidir. Shaxsning o‘ziga yoki boshqa shaxslarning manfaatlariga jinoiy tajovuz qilinganligi zaruriy mudofaani qo‘llashning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Qonunda jinoyatning subyekti yoshiga yetmagan yoki aqli noraso shaxslarning ijtimoiy xavfli tajovuziga nisbatan ham zaruriy mudofaaning qo‘llanishiga yo‘l qo‘yiladi. Shuningdek, qonunda birinchi marta (Jinoyat kodeksining 37-moddasi, 4-qismi) zarar yetkazish maqsadida qasddan hujum qilish istagini qo‘zg‘atish zaruriy mudofaa hisoblanmasligi ko‘rsatilgan. Bu yerda shunday holatlar nazarda tutilganki, bunda aybdor muayyan bir shaxsga zarar yetkazish maqsadida uning jig‘iga (asabiga) tegadi», keyinchalik u bilan hisob-kitob qilish maqsadida uning javob harakatlarini sodir qilishini xohlaydi. Bunday hollarda aybdor yetkazilgan zarar uchun umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladi. Jinoyat kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining plenumi qarorida shaxs o‘zining g‘araz niyatlari (urishish, azob berish, o‘ch olish) tufayli hujumning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, bunday harakatlarni zaruriy mudofaa yo‘sinda qilingan, deb topish mumkin emas, bunday holatlarda sodir etilgan xatti-harakatlar umumiy asoslarda kvalifikatsiya qilinishi lozim, deb ta’kidlangan. Download 41.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling