1. Turar joy dahilsizligi va zaruriy mudofaa Turar joy egasi huquq va majburiyatlari
Shaxsiy dahilsizlik va turar joy dahilsizligi huquqlari umumiyligi
Download 41.78 Kb.
|
1. Turar joy dahilsizligi va zaruriy mudofaa Turar joy egasi huq
3.Shaxsiy dahilsizlik va turar joy dahilsizligi huquqlari umumiyligi.
Turar joy daxlsizligi shaxsiy daxlsizlik, shaxsiy xayot daxlsizligi xuquqlariga mazmuian yaqin Turar joy deganda xona, Xovli, dala hovli, yer maydoni, mexmonxona, yotoqxona va h.k., ya'ni fuqaroning qonun asosida doimiy yoki vatincha turar joyi tushuniladi. 1789 yilda kabul kilingan Amerikaning “Xuquqlar to`g`risidagi konui” Inson xukuklari Umumjaxon Deklaratsiyasining izdoshi xisoblanadi. Xaqiqatdan xam, bu tarixiy xujjatda inson xukuklari tutrisidagi koidalar Uzining anik ifodasini topgan. Unda shaxsni *imoya Kilish, uning turar joyga, mulkka ega bulish va bonsha shular singari konun berib kuygan asosiy xuquqlari buzulgudek bulsa, sud majlisida oshkora tartibda konu-niy yul bilan uning xukdaari muxofaza kilinadi. Birok inson xukuklari tugrisidagi konunda kursatilgan shunga $teshash xukuklar dastlabki paytlarda AQSHning barcha fukarolariga tegishli bulmagan. U 1865 yilda erkinlik-ka erishgan kullarga xam taallukli bulmagan. Bu esukuklar fakat 1920 yilda erkaklar bilan teng saylanish Xuquqini olgan ayollarga kisman tegishli edi. Ijtimoiy xavfli tajovuzga muvofiq keluvchi zaruriy mudofaa huquqiyligining muhim sharti uning mavjudligi, ya’ni tajovuzning boshlang‘ich va yakuniy holatini aniqlashdan iborat. Тajovuzning boshlanishi deganda, Jinoyat kodeksida ko‘rsatilgan jinoyat belgilarini ifodalovchi harakat yoki harakatsizliklarning xronologik jihatdan sodir etish tushuniladi. Тajovuzning faktik tugallanishi esa, zarar yetkazish vujudga kelgan yoki jinoiy oqibat kelib chiqqan vaqt bilan belgilanadi. Ijtimoiy xavfli tajovuzning boshlang‘ich va yakuniy holatini aniqlash zaruriy mudofaada huquqiylik holatining borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi masalani hal etish uchungina emas, shuningdek, qonun muhofazasidagi obyektlarga ijtimoiy xavfli tajovuz sodir etilganida yoki shunday tajovuzdan mudofaalanishda zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish faktini aniqlash uchun ham kerak. Shu munosabat bilan Oliy sud plenumi qarorida: «Zaruriy mudofaa holati faqatgina ijtimoiy xavfli tajovuz yuz bergan vaqtning o‘zigagina emas, balki tajovuzning yana boshlanish xavfi mavjud bo‘lgan hollarda ham vujudga keladi. Zaruriy mudofaa holati tajovuz tugagandan so‘ng ham bo‘lishi mumkin, agar himoyalanuvchi ish holatlariga ko‘ra tajovuz tugagan vaqtini anglay olmagan bo‘lsa, hujum vaqtida tajovuzga nisbatan va boshqa ashyolarning himoyalanuvchi qo‘liga o‘tib qolishining o‘zi tajovuz tugaganligidan dalolat bermaydi», deb ko‘rsatib o‘tilgan. Zaruriy mudofaa holati tajovuzning tugashi bilan tugaydi. Тajovuzning tugashi bilanoq hujumning muqarrarligi yo‘qoladi, shu bilan birgalikda zaruriy mudofaa huquqi to‘xtatiladi. Тajovuz tugaganidan so‘ng biron-bir obyektni himoya qilib, zaruriy mudofaa qo‘llanishi mumkin emas. Тajovuz: a) ixtiyoriy yoki majburiy; b) mudofaalanuvchi tomonidan uning qaytarilishi; d) tajovuzchining o‘z maqsadiga yetishi orqali tugallanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining zaruriy mudofaa to‘g‘risidagi qoidani qo‘llash to‘g‘risidagi rahbariy qarorida quyidagicha izoh berilgan: «Zaruriy mudofaa faqat ijtimoiy xavfli tajovuz sodir etilayotgan vaqtda emas, balki real hujum bo‘lish xavfi mavjud bo‘lganda ham sodir etilishi mumkin». Тajovuzdan oldin yoki u tugaganidan so‘ng biror zaruriyat bo‘lmagan holda tajovuz qiluvchiga zarar yetkazilishi zaruriy mudofaa, deb hisoblanmaydi. Bunday holatlarda javobgarlik umumiy asoslarga ko‘ra hal qilinadi. Uchinchi sharti — tajovuzning realligi, ya’ni tajovuzning himoyalanuvchi xayolida bo‘lmay, balki haqiqatan ham (obyektiv) ro‘y berganligidir. Bu holatlarda zaruriy mudofaa choralarini qo‘llagan shaxsga, barcha holatlar yuz bergan vaziyat, haqiqatda ham tajovuz yuz berayapti, deb taxminlashga asos bo‘lsa va shaxs o‘zining taxminlari xatoligini bilmagan va bilishi ham mumkin bo‘lmagan bo‘lsa, uning harakatlari zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan, deb topilishi kerak. Agar vujudga kelgan vaziyat shaxsga tajovuzning yo‘qligini tushunish uchun asos bo‘lsa, u xayolan hujum qilayotgan shaxsga zarar yetkazsa, himoyalanuvchining javobgarligi istisno qilinmaydi, balki aybning ehtiyotsizlik shakli mavjud bo‘lib, mudofaalanuvchi ehtiyotsizlik orqasida zarar yetkazilganligi uchun javobgarlikka tortiladi. 27-modda Har kim o`zing sha’ni obrosiga qilingan tajovuzlar, shaxsiy hayotga aralshish va turar joy dahilsizligiga egadir. Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o`tkazishi yoki uni ko`zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda suzlashuvlar sirini oshkor kilishi mumkin emas. 28-m odda. O`zbekistan Respublikasi fuqarosi Respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko`chish, O`zbekistan Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish xuquqiga ega. Qonunda belgilangan cheklashlar bundai mustasnodir. Turar joy daxlsizligi xuquqi yuqorida ko`rib o`tilgan erkinlik, shaxsiy daxlsizlik, shaxsiy hayot daxlsizligi aduklariga mazmuian yakin. Inson xuquqlari Umumjaon Deklaratsiyasining 12-moddasida uzboshimchalik bilan turar joyga kirish va Fukarolik \amda siyosiy xuquqlar tugrisidagi Xalkaro Paktning 17-modtsasida noqonuniy tajovuz kilishga yul ko`yib bulmasligi uchun qilingan. Bu qoida Uzbekistan Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasida o`z ifodasini topgan bulib, hech kim qonunda belgilangan holat-dan tashkari, biror kishining xohish-irodasiga karshi uning uyiga kirish huquqiga ega emasligi aniq ko`rsatilgan. Unda tergov ishlari buyicha tintuv dastlabki tergov organlarining prokuror ruxsati bilan asoslangan Qarori va guvohlar ishtrokida utkazilishi mumkinligi ta'kidlangan. Umuman olganda shaxsiy huquq o`z ichiga turar-joy daxilsizligi huquqini ham oladi. Shaxsiy huquq juda keng qamrovli hisoblanib. Uning ichiga shaxsga oid huquq va burchlar kirirtilgan hisoblanadi. Aynan fuqorolik huquqi orqali ularning huquq va majburiyatlari belgilangan va ularga rioya etilishi qonun orqali belgilab qo`yilgandir. Download 41.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling