1. Turar joy dahilsizligi va zaruriy mudofaa Turar joy egasi huquq va majburiyatlari
Kurs ishining obyekti va predmeti
Download 41.78 Kb.
|
1. Turar joy dahilsizligi va zaruriy mudofaa Turar joy egasi huq
Kurs ishining obyekti va predmeti. Xalqaro huquq normalari asta-sekin milliy huquqiy tizimning bir qismiga aylanib bormoqda. Uning asoslarini bilish jismoniy va yuridik shaxslarning o'z huquqlarini mamlakat ichida himoya qilishlari uchun ham zarurdir.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari Afsuski, hozirgi paytda omma o'rtasida xalqaro-huquqiy bilimlar darajasi nihoyatda past. Bu o'rinda turli davlatlarning huquqni himoya qiluvchi organlari xalqaro normalarning milliy huquqiy tizimdagi yangi vazifasiga tayyor emasligini alohida ta’kidlash lozim. Xalqaro-huquqiy bilimlarning past darajadaligi, hatto aksariyat mamlakatlarning yuristlari uchun ham xosdir. O'zbekistonda ham bu muammo dolzarb bo'lib turibdi. Albatta, buning o'ziga xos obyektiv va subyektiv sabablari mavjud. Birinchidan, sobiq SSSR huquqiy tizimining xalqaro huquq bilan aloqasida faollik farqlanmas edi. Ikkinchidan, yuridik oliy o‘quv yurtlarida xalqaro huquq kursi asosan umumiy ta’lim sifatida o‘qitilar edi. Uchinchidan, boshqa yuridik fanlar o'qitilayotganda, muayyan huquq sohasining xalqaro huquq bilan bog'liqligiga e’tibor berilmas edi. Shu bois bugungi kunda milliy huquqning xalqaro huquq bilan o'zaro aloqasini yorituvchi o'quv adabiyotlarini tayyorlash juda muhim hisoblanadi. Bundan tashqari, amaliyotchi yuristlar uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan, xalqaro iqtisodiy huquq, xalqaro jinoyat huquqi singari xalqaro huquqning boshqa sohalariga ham alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. Albatta, barcha yuristlarni xalqaro huquq bo'yicha yetuk mutaxassisga aylantirib bo'lmaydi. Buning sabablari haqida mashhur italyan professori B. Konforti shunday yozadi: ≪Xalqaro huquqning mazmuni shu qadar kengaydiki, uni umumiy kurs darajasida yoritish mumkin emas≫. Bugun hatto xalqaro yurist ham xalqaro huquqning hamma sohasi bo'yicha yetuk mutaxassis bo'la olmaydi. Shuning uchun bizning vazifamiz milliy huquq sohasi mutaxassislarining xalqaro huquq asoslarini bilishlari uchun ularga ko'maklashish hisoblanadi.
Download 41.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling