1. Turizmga xorijiy mamlakatlar tomonidan berilgan ta’riflar
Download 54.86 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Osiyo mamlakatlari bo’yicha xalqaro turistlarning tashrifi (2016-yil)
(mln. kishi)
Manba: Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO). ―Turizmda muhim voqealar‖, 2017. 2.1-rasm. Xalqaro turistlar tashrifining 2016-yildagi dunyo qit’alaridagi salmog’i (%)4 Yevropada 2016-yilda xalqaro turizmning o’sishi 616 million turistni tashkil etdi. 2.3-jadval Yevropa mamlakatlari bo’yicha xalqaro turistlarning tashrifi (2016-yil)
Manba: Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO). ―Turizmda muhim voqealar‖, 2017. Fransiya hozirgi kunda Yevropada eng ko’p turistlar kelibketuvchi mamlakat bo’lib hisoblanadi. 2016-yilda Fransiyaga tashrif buyurgan turistlarning umumiy soni 82,6 mln. kishidan ortiq bo’ldi. Eng ko’p kelib-ketuvchi turistlar Germaniya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Lyuksemburg mamlakatlarining fuqarolaridir. Fransiyaga kelib-ketuvchi turistlarni jalb etuvchi asosiy turistik resurslar mamlakatning xilma-xil, boy tabiiy, tarixiy resurslaridir. 2016-yilda Osiyo va Tinch okeani mintaqasida xalqaro turistlar soni (+5%) o’sib, 308,4 millionga yetdi hamda 2015-yilga nisbatan 24 million kishiga oshdi. Ammo hududlar bo’yicha o’sish turlicha raqamlarni aks etadi. Masalan, Okeaniyada (+7%) va Janubi-sharqiy Osiyoda (+ 5%) o’sish darajasi qayd etilgan bo’lsa, Janubiy Osiyo va Shimoli-sharqiy Osiyoda esa 4% ga ortdi. Umuman olganda, Osiyo va Tinch okeani mintaqasi o’zining takrorlanmas rekratsiya resurslari va tabiat manzaralari bilangina emas, balki yuqori darajadagi servis xizmati bilan ham alohida ajralib turadi. Mintaqada turizmga sarflanadigan xarajatlar miqdori Yevropa va Amerikaga nisbatan ancha kamligi bilan belgilanadi. Xalqaro turistlar soni mintaqada 1970-yilga nisbatan 17 barobarga, turizm sohasidan keladigan daromadlar esa 75 barobarga ko’payganligi bilan ifodalanadi. 2.4-jadval Osiyo mamlakatlari bo’yicha xalqaro turistlarning tashrifi (2016-yil)
2.4-jadvalning davomi
Manba: Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO). ―Turizmda muhim voqealar‖, 2017. Shuni qayd qilish zarurki, Osiyo va Tinch okeani mintaqasi, Amerikadagidek turistlar kelishi bo’yicha asosan bir submintaqada o’rnashgan. Ammo turistlar kelishi darajasi ancha past bo’lib, ularning tarqalishi Sharqiy, Janubi-sharqiy Osiyo va Okeaniya hududlarida bir tekisda tarqalgan. Osiyo va Tinch okeani mintaqasida asosiy turistlar oqimi Sharqiy Osiyo, ya’ni Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy (3/5 qismi) mamlakatlariga to’g’ri keladi. Ikkinchi o’rinni esa Janubiysharqiy Osiyo (1/3) mamlakatlari egallaydi. Avstraliya va Okeaniya hududlariga qariyb 10 % kiruvchi turistlar soni to’g’ri keladi. Hozirgi kunda Tinch okeani mintaqasi xalqaro turizm bozorida Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) alohida o’rinni egallaydi. Uning ulushiga butun mintaqaga kiruvchi turistlarning 1/3 qismi, Syangan (Gonkong) va Tayvanni birgalikda qo’shib hisoblaganda esa 50 %i to’g’ri kelmoqda. Amerika qit’asining xalqaro turizmda tutgan salmog’i 16,1 % ni tashkil etadi. 2016-yilda Amerikaga xalqaro turizmda kelganlar soni 2015-yilga nisbatan 6 millionga oshdi (+5%) va 199,3 million turistni tashkil etdi. Ushbu natijalar 2015-yildagi yaxshi natijalarni takrorladi. AQSH dollari qadrining ko’tarilishi Amerika Qo’shma Shtatlari aholisining yanada faol turizm bilan shug’ullanishiga zamin yaratdi. Asosiy turistik yo’nalishlar Karib dengizi havzasi va Markaziy Amerika davlatlariga to’g’ri keldi (bu hududlarda +7% o’sish kuzatildi). Janubiy Amerika va Shimoliy Amerika (+4%) da ham o’sish kuzatildi. So’nggi yillarda Amerikaning Karib havzasi, Markaziy Amerika va asosan Janubiy Amerika turizmining mavqeyi tobora ko’tarilib bormoqda. Janubiy Amerika xalqaro turistlarning tashrifi bilan alohida ajralib turadi. Chunki ushbu mintaqa o’zining xilmaxil, takrorlanmas tabiiy resurslari, tarixiy yodgorliklari, madaniyati, etnik turmush tarzi bilan ajralib turadi. 2.5-jadval Download 54.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling