1. Turizmga xorijiy mamlakatlar tomonidan berilgan ta’riflar
Download 54.86 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ishlash uchun savollar
- ADABIYOTLAR
Amerika mamlakatlari bo’yicha xalqaro turistlarning tashrifi
(2016-yil)
2.5-jadvalning davomi
Manba: Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO). ―Turizmda muhim voqealar‖, 2017. Afrika xalqaro turizm sohasi bo’yicha yuqori o’rinni egallamaydi, chunki uning xalqaro turistlar tashrifi bo’yicha ulushi boryo’g’i 4,7 % ni egallaydi. Agar 1990-yilda butun Afrika mamlakatlariga kiruvchi turistlar soni 14,8 mln. kishi bo’lgan bo’lsa, 2005-yilga kelib ularning umumiy soni 34,8 mln. kishiga, 2016yilga kelib esa 57,8 mln. ga yetdi. Afrikada xalqaro turistlar sonining o’sishi (+7%) ni tashkil etdi, Shimoliy Afrikada esa past natijalar qayd etilib, 8% ga pastladi. Janubiy Afrika mamlakatlari hamda Saxarida o’sish (+ 13%) ga yetib, qit’ada eng yuqori natijalarni qayd etdi. Afrika turizmining tahlili shuni ko’rsatadiki, mintaqaga tashrif buyuruvchi turistlar bo’yicha birinchi o’rinni Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) egallaydi. Janubiy Afrikada turizmga bo’lgan qiziqish borgan sari ortib, turistik servisni takomillashtirish va uning xilma-xilligini oshirshga e’tibor kuchayib bormoqda. Xorijiy mamlakatlardan kelayotgan sarmoyalarning bir qismi turizm industriyasini rivojlantirishga yo’naltirilmoqda. 2016-yilda Janubiy Afrika Respublikasi mamlakatga kiruvchi turistlar soni 10 mln. kishidan ortiq bo’lgan. Keyingi o’rinlarni Marokko (10,3 mln. kishi), Tunis (5,7 mln. kishi), Zimbabve (2,1 mln. kishi) kabi mamlakatlar egallaydi. Xalqaro turizmdan keladigan tushum (daromad) bo’yicha ham birinchi o’rinni JAR (7,910 mln. doll.) egallaydi. Keyingi o’rinlarni Marokko (6,548 mln. doll.), Tunis (1,239 mln. doll.), Mavrikiy (1,572 mln. doll.), Tanzaniya (2, 135 mln. doll.) kabi davlatlar egallaydi. 2.6-jadval Afrika mamlakatlari bo’yicha xalqaro turistlarning tashrifi (2016-yil)
Manba: Butunjahon turizm tashkiloti (UNVTO). ―Turizmda muhim voqealar‖, 2017. Yaqin Sharq mamlakatlariga 2016-yilda kelgan turistlar soni qariyb 53,567 mln. kishini tashkil qildi. Bu mintaqada xalqaro turizmda turistlar tashrifi bo’yicha 4,3 % ni tashkil qiladi. 19902016-yillar davomida Yaqin Sharq mamlakatlariga xorijiy turistlar kelib-ketishi jadal rivojlanib bormoqda. 2016-yilda xalqaro turistlar soni Yaqin Sharqda 3% ga o’sdi va umumiy hisobda 53,5 million tashrifni tashkil etdi. Ularning asosiy qismi Saudiya Arabistoni (18 mln. kishi), Birlashgan Arab Amirligi (15 mln. kishi), Misr (5,2 mln. kishi), Iordaniya (3,8 mln. kishi), Qatar (2,9 mln. kishi)ga tashrif buyurganlar. 2.7-jadval Yaqin Sharq mamlakatlari bo’yicha xalqaro turistlarning tashrifi (2016-yil)
Manba: Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO). ―Turizmda muhim voqealar‖, 2017. Turizmdan keladigan daromad ham mintaqa bo’yicha 2016yilda 57,6 mlrd. doll atrofida baholanadi. Turizmdan eng ko’p daromad olgan mamlakatlar qatoriga BAA (19 mlrd. doll.), Saudiya Arabistoni (11 mlrd. doll.), Livan (6,8 mlrd. doll.), Iordaniya (4 mlrd. doll.) davlatlari kiradi. Yaqin Sharq mamlakatlari turizmida diniy turizm sohasi alohida o’rin egallaydi. 3. Xalqaro turizm xizmatlar bozorini rivojlantirish tendensiyalari Milliy va mintaqaviy turizmni rivojlantirish muammolarini yechishga bag’ishlangan ilmiy ishlar va adabiyotlar tahlili, statistik ma’lumotlar, jumladan, turizm va sayohatlar bo’yicha Butunjahon kengash (WTTC) materiallari va boshqa manbalar tahlili jahon turizm taraqqiyotining umumiy tendensiyalarini aniqlashga imkon beradi. Bu, o’z navbatida, O’zbekiston va uning mintaqalari turizm industriyasining rivojlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Aynan, jahon turistik-rekreatsion bozorini rivojlanish tendensiyalarini aniqlash va ularning ilmiy tahlili, milliy va mintaqaviy turizmning istiqbolini prognozlash va rejalashtirish jarayonlariga imkon yaratadi, ular aniq turistik-rekreatsion tizimni shakllantirish dasturlarini va konsepsiyasini ishlab chiqishda hisobga olinadi. Ilmiy tadqiqotlar rivojlangan davlatlarda xizmatlar sohasida yuz beradigan jarayonlarning ko’p jihatdan umumiy xususiyatlarga ega ekanligidan dalolat beradi, shu sababli xorij tajribasini mahalliy sharoitlarda qo’llash maqsadida batafsil o’rganish muhim hisoblanadi. Xalqaro darajada turistik xizmatlar bozorining rivojlanish tendensiyalarini ko’rib chiqishda ko’pgina davlatlar uchun chiquvchi turistlar oqimining o’sishi, jumladan, 2014-yildan keyingi davrda chiquvchi turizmning yuqori suratlarda ko’payishi kuzatilmoqda. Chiquvchi oqimning yillik eng yuqori ko’payish sur’atlari Birlashgan Arab Amirligida – 49,8 %, Kipr mamlakatida – 40,7 %, Turkiya mamlakatida – 31,9 % ni tashkil qilmoqda5. Hajmi bo’yicha barqaror hisoblangan ekskursiya-tanishuv turizmi bo’yicha Fransiya davlati ustun hisoblansa, AQSH va Germaniya davlatlari esa xizmat maqsadidagi safarlar bo’yicha ustunlik qilmoqda. Turizmni rivojlantirish bo’yicha o’nta yetakchi mamlakatlar qatoridan Avstraliya chiqib ketadi, uning o’rnini Meksika davlati egallash ehtimoli mavjud. Hozirgi vaqtda turizmdan eng yuqori daromadlarni yozgi dam olish davrida turistlarni qabul qiladigan davlatlar olmoqda va bular Ispaniya, Gretsiya, Turkiya, Kipr, Janubi-sharqiy Osiyo davlatlaridir. Bu mamlakatlar turistlarga dam olish uchun mumtoz turto’plamlarni taqdim etmoqdalar. Rossiya davlati esa faqatgina Qora dengiz sohillaridagina bunday dam olishni ta’minlash imkoniyatiga ega. Bu yerda yozgi cho’milish mavsumi O’rta Yer dengizi mamlakatlariga qaraganda 2 oy qisqaroq davom etadi. Qumli plyajlarning uzunligi bo’yicha Rossiya sohillari Turkiya, Ispaniya, Afrikaning O’rta Yer dengizi mamlakatlari qirg’oqlaridan o’nlab marotaba kichikdir. Dengiz suvining ekologik holati ham ijobiy emas, Qora dengizning hozirgi holati ekologlarni birmuncha tashvishlantirmoqda, u yerda bir nechta salbiy hisoblangan jarayonlar kuzatilmoqda. Bugungi kunda jahon turizmini rivojlantirishda ayniqsa, quyidagi davlatlar yetakchilik qilmoqda: Montenegro, Hindiston, Vyetnam, Angola, Laos, Chad, Gvadelupa, Fidji, Uganda va Xitoy davlatlari. Turizm industriyasining bu davlatlarda rivojlanishiga e’tiborning ortishi ularning iqtisodiyotiga o’zining ijobiy ta’sirini o’tkazmoqda, ma’lumotlarni raqamlarda ifodalasak, jahon yalpi ichki mahsulotiga bevosita 3,8% va bilvosita 10% qo’shilishiga ta’sir qiladi. Rossiya turizm bozorini rivojlantirishning tajribasidan ma’lum bo’lishicha, 2015-yilda beshta yirik turistik kompaniya inqirozga uchragan. Bunga Rossiyada kechgan turizm sohasining tizimli inqirozi sabab bo’ldi, chunki turoperatorlar piramida tamoyili asosida moliyalashtirilmoqda, ya’ni fuqarolarning bugun to’lagan puli ularning o’zi uchun emas, balki firmaning keyingi turistlari xarajatlarini moliyalashtirish uchun ishlatilmoqda. Ularning tashrifi xarajatlarini esa turfirmaning kelajakdagi mijozlari to’laydi. Hozirgi vaqtda dunyodagi turistik firmalar o’z mahsulotini umuman mijozlar ommasiga emas, balki imkoniyat darajasida aniq guruhlarning ehtiyojlariga yo’naltirishga harakat qilmoqdalar. Zamonaviy turmahsulot bozorida G’arb davlatlari dam olish uchun oilaviy turlarni, o’quvchilar uchun ekskursiyalar, maxsus tashriflar, sarguzashtli va ov turlari, alohida soha xodimlari uchun maxsus turlarni taklif qilmoqdalar. Turmahsulotni shunga o’xshash farqlanishi uning turli komponentlari va xillarini subyektiv qiyosiy baholash muammosini tug’diradi, bu esa mintaqa turistik resurslaridan maksimal foydalanuvchi optimal majmuali turlarni shakllantirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Jahonda turizm xizmatlar bozorini rivojlantirishning navbatdagi tendensiyasi – turizm industriyasining davlat tomonidan ko’maklashish darajasini oshirishdir. Bugungi kunda ko’pgina davlatlarda turistik mintaqaning mintaqaviy brendlari shakllantirilgan, ba’zi davlatlar o’zining turmahsulotini umumjahon turizm bozorida siljitishga ko’mak beradilar. G’arb mamlakatlaridagi turistik kompaniyalarni rivojlantirishda davlatning ko’magiga oid ayrim misollarni ko’rib chiqamiz. Masalan, o’z mintaqasida turistik xizmatlarga bo’lgan talabni rag’batlantirish uchun Kipr hukumati viza tartibini yengillashtirishga urindi. Hukumat xatti-harakatlari natijasida Kipr diplomatik missiyasi elchixonasi Rossiya va boshqa davlatlarning vakillari uchun vizalarni bepul qilib belgiladi. Turistik va rekreatsion xizmatlarni siljitish uchun Chexiya kuchli marketing siyosatini olib bormoqda. Ular psixologlarni jalb qilib, yangi brend ishlab chiqdilar. 2013-yilda Chexiya Respublikasi Milliy turistik boshqaruvi (MTB) 50 dan ortiq tadbirlarni, shu jumladan, qator xizmat uchrashuvlari va mavzuli taqdimotlarni tashkil qilmoqda. Mazkur tadbirlar dunyo bozorlarida yetarli darajada tanish bo’lmagan Chexiya saroylari, kurortlari, YUNESKO ro’yxatiga kiritilgan shaharlari va mintaqaning boshqa diqqatga sazovor joylariga bag’ishlangan. Shunday qilib, turistik xizmatlar bozorining faoliyat ko’rsatishidagi xorijiy tajribalarning tahlili jarayonida quyidagi xalqaro turizm xizmatlar bozorini rivojlantirish tendensiyalarini kiritish mumkin:6 Turizm sohasini servislashtirish tendensiyasi kuzatilmoqda, zero, rivojlangan davlatlardagi aholining kattagina qismida XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fe’l-atvor va dunyoqarashda ayrim o’zgarishlar kuzatilmoqda, avvalgi «iste’molchilik psixologiyasi» tushunchasi o’rniga jamoaviy psixologiya shakllanishiga ishora qiluvchi «postindustrial jamiyat», «farovon jamiyat», «bo’sh vaqt jamiyati» singari tushunchalar kirib keldi. Bugungi kunda jahon turizm bozorida quyidagi maqsadli turistik ko’rsatmalar ustun turadi: yangi taassurotlarning paydo bo’lishi va ularning tezda o’zgarishi, guruhli yoki ikki kishi bo’lib dam olish, ichki sabablar tufayli yoki tashqi ta’sirlarsiz o’z xohish istaklarini tezda qondirishga intilish, tabiat va landshaft go’zalligidan bahra olish. Aniq iste’molchilar fe’l-atvorining turizm industriyasiga ta’siri ostida yuzaga keladigan turistik talabni chuqur o’rganish natijasida turistik mahsulotni differensiyalash harakati kuchaymoqda. Dunyoda turistik xizmatlar tizimli savdosi shakllanmoqda va faol rivojlanmoqda hamda turizmni rivojlantirish sohasida franchayzingdan foydalanish amaliyoti keng tarqalmoqda. Internet turizmi sohasining ko’lami kengayib bormoqda, yil sayin tarmoqda o’zining sahifasini tashkil etishga urinayotgan turli darajadagi turizm bozori subyektlarining soni ortib bormoqda, mutaxassislarning baholashicha, 2018-yilga kelib barcha turistik mahsulotlarning uchdan bir qismi internet orqali sotilishi bashorat qilinmoqda. Tayanch so’z va iboralar: ―Turizm‖ tushunchasiga berilgan xorijiy mamlakatlar ta’riflari, O’zbekistonda turizm sohasiga strategik sektor maqomining berilishi, turizm xizmatlar bozoridagi vaziyat, turizmda franchayzing shartnomasi, rivojlantirish tendensiyalari, chiquvchi turistik oqim. Mustaqil ishlash uchun savollarTurizmga xorijiy mamlakatlar tomonidan berilgan ta’riflar o’zaro nimasi bilan o’xshash? Turizm sohasiga strategik sektor maqomini berilishi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaysi Farmoni bilan amalga oshirildi va bu maqom nimani anglatadi? Turizm xizmatlar bozorini innovatsion rivojlantirish bilan bog’liq ilmiy izlanishlar jahonning qaysi ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalarida olib borilmoqda va qanday natijalar olingan? Xorijiy mamlakatlar darajasida bugungi kunda Yevropa, Osiyo va Okeaniya, Amerika, Afrika, Yaqin Sharq hududlarining turistlarni qabul qilish va ulardan ko’rilgan daromad hajmi bo’yicha o’rnini belgilang. Oxirgi yillar davomida Xitoy xalqaro turistik xarajatlar bo’yicha qanday mavqega ega bo’ldi? Bugungi kunda jahon turizmini rivojlantirishda ayniqsa, qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda? Xalqaro turizm xizmatlar bozorini rivojlantirish tendensiyalari nimalardan iborat? ADABIYOTLAR1. Абдурахмонов К.Х. Менеджмент туризма. Учебное пособие. –Т.: Филиал ФГБОУ ВПО ―РЕУ им. Г.В. Плеханова‖ в г. Ташкенте, 2013, 248 с. 2. Агзамов С., Ташмуратов Т. Менеджмент международного туризма – Т.: ТашГУ, 1996. 3. Adilova Z.D, Sodiqov T. Xalqaro turizm biznesi. O’quv qo’llanma. –T.: TDIU, 2010. 4. Adilova Z.D, Aliyeva M.T., Norchayev A. Turizm menejmenti. O’quv qo’llanma. –T.: TDIU, 2011. 5. Aliyeva M.T., Umarjonov A. Turistik mamlakatlar iqtisodiyoti. –T:. Moliya, 2005. 6. Asror Mo’min. Dunyo mo’’jizalari. Yangi nashr. –T.: 2012, 8b. 7. Ahmadxo’jayev H. va boshqalar. Marketing tadqiqotlari. –T., 2002. 8. Boltaboyev M.R., Tuxliyev I.S., Muhamadiyev A.N., Abduxamidov S.A. ―Turizm: nazariya va amaliyot‖ fanidan elektron darslik yaratish texnologiyasi. Uslubiy qo’llanma. –S., 2016. 9. Gadoyev K., Berdiyeva S. Jahongashta sayyoh olimlar. –T.: O’zbekiston, 2012. 10. Данилов С. Туризм со вкусом узбекского плова. –T., 2013. 11. Ivatov I. Restoran menejmenti. O’quv qo’llanma. – T.: Iqtisodiyot, 2007. 12. Tashmuratov T.T., Saidov A., Umarqulov E. Turizm iqtisodi. –T.: TMI, 2000. 1 Лукачева Л.И., Кварталнов В.А., Исаев В.А. и др. Менеджмент туризма. Основы менеджмента. Учебник. –М.: Финансы и статистика, 2006, 352 с. 2 Жукова М.А. Менеджмент в туристическом бизнесе. Учебное пособие. 2-е изд., стер. –М.: КНОРУС, 2006, 193 с. 3 Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO). ―Turizmda muhim voqealar‖, 2017. 4 Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) ma‘lumotlari asosida tayyorlandi. 5 United Nations World Tourism Organization.Yearbook of Tourism Statistics. Madrid: UNWTO, 2015. 6 Safarov B.Sh. Milliy turizm xizmatlar bozorini innovatsion rivojlantirishning metodologik asoslari // Monografiya. – Toshkent: «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2016, 184 b. Download 54.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling