1. Turizmni rejalashtirish uslublari Biznes reja ishlab chiqishning uslubiy asoslari


Turistik korxona biznes-rejasini shakllantirishning xususiyatlari va bosqichlari


Download 39.33 Kb.
bet3/7
Sana25.01.2023
Hajmi39.33 Kb.
#1121419
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-mavzu

3. Turistik korxona biznes-rejasini shakllantirishning xususiyatlari va bosqichlari


Turistik korxonaning biznes-rejasini ishlab chiqish (4.1-chizma) bosqichma-bosqich (interativ) metod bilan amalga oshiriladi. Bu jarayonning so’nggi natijasi ushbu korxonani yaratish yoki uning investitsiya vazifalarini va turistik mahsulotni zamonaviylashtirish bo’yicha dasturlarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini asoslab berishdir.
10.3.1-chizmada taqdim etilgan biznes-rejani ishlab chiqish bosqichlari va ketma-ketligini batafsilroq qarab chiqamiz.
Turistik korxonaning biznes-rejasi
Ishlab chiqarishni rejalashtirish va turistik mahsulotning sifatini nazorat qilish
Marketingni rejalashtirish
Raqobat muhitini tahlil qilish
Turistik mahsulotni o’tkazish bozorini tatqiq etish
Biznesni joylashtirish o’rnini (geografiyasini) tanlash
Korxona faoliyatining asosiy turlarini tanlash
Investitsion rejalashtirish
Tavakkallarni boshqarish
Xodimlarni ishini rejalashti-rish
Moliyaviy rejalashtirish
Yuridik rejalashti-rish
1. Korxona faoliyatining asosiy turlarini tanlash. Bu bosqichda quyidagi tavsiyalarga amal qilish zarur:
- faoliyatning yondosh turlarini nazarda tutish, ya’ni ko’pincha tadbirkorga bog’liq bo’lmagan turli sabalarga ko’ra (millatlararo nizolar, soliq siyosati, bojxona poshlinalari, transport tariflarining o’zgarishi, inflyatsiya darajasi va sh.k.) kelib chiqqan moliyaviy tavakkallar ehtimolini kamaytirish uchun turistik biznesni diversifikatsiya qilish;
- asosiy va qo’shimcha faoliyatning uzoq muddatga ustuvor bo’ladigan, milliy, mintaqaviy yoki mahalliy darajada ma’lum soliq imtiyozlariga ega bo’lishi mumkin bo’lgan turlarini tanlab olish, ya’ni avval-boshdan biznes rejaga barqarorlashtiruvchi omillar va bankrotlikning oldini oluvchi tadbirlarni kiritish.

  1. Biznesni joylashtirish o’rnini (geografiyasini) tanlash. Agar firmaning asosiy faoliyati faqat ichki sayohat turlarini amalga oshirishni nazarda tutadigan bo’lsa, u holda turistlarni qabul qilish-jo’natish rayonini aniqlab olish zarur. Xalqaro turizmni amalga oshirishda faoliyat joyi (mamlakat, mintaqa), turistik mahsulotni o’tkazishning xalqaro bozorlari tanlab olinadi.

  1. Tanlab olingan mintaqalarning raqobatbardoshligini baholash maqsadida turistik mahsulotni o’tkazish bozorini tadqiq etish, ularda biznes borasida o’z segmentini va yillar, mavsumlar, oylar bo’yicha kelajakda bozorning maksimal sig’imini aniqlab olish. Bu bosqichda shuningdek daromadlarnin kelgusi manbalari bashorat qilinadi.

  2. Raqobat muhitini tahlil qilish. Statistik ma’lumotlar (tanlab olingan mintaqada harakat qilayotgan firmalar soni, ularning turistik mahsulotlari ralizatsiya qilinishinin hajmi, narx omillari) tadqiq qilinadi, o’z mahsuloti va raqobatchilarning o’xshash mahsuloti o’rtasidagi farq aniqlanadi.

Raqobat muhiti tahlil qilingandan so’ng quyidagi uchta qarordan biri qabul qilinadi:

  • mazkur mintaqaning bozoridan ketish;

  • «o’z segmenti»ni egallab olish bo’yicha strategiya ishlab chiqish;

  • turistik tovarlar va xizmatlarning raqobatdan tashqari to’plamini ishlab chiqish va amalga oshirish.

  1. Marketing rejalashtirishi. Unga quyidagi tashkil qiluvchilar kiritiladi: turistik mahsulotni realizatsiya qilish texnologiyasi, sotuvlarni rag’batlantirish usullari, narxni tashkil qilish, reklama tadbirlari, sotuvdan keyin mijozlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha ishlar, firma haqida jamoatchilik fikrini shakllantirish.

  2. Ishlab chiqarishni rejalashtirish va turistik mahsulotning sifatini nazorat qilish. Bu bosqichda quyidagilar rejalashtiriladi: tur (sayr)larni tayyorlash va ularni metodik ta’minlash, vaucherlarni ishlab chiqish, turistlarni sug’urta qilishni ta’minlash, shartnomaviy hujjatlarni tayyorlash, shuningdek, taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatini ta’minlash va nazorat qilishni ta’minlash tizimini ishlab chiqish, litsenziya olish uchun hujjatlar paketini tuzish va b.

5. Xodimlarning ishini rejalashtirish. Shtatlarni shakllantirish va xodimlarni boshqarish jarayoni quyidagilarni o’z ichiga oladi: firmaning bo’linmalari bo’yicha xodimlarning kerakli miqdorini hisoblab chiqish; shtatlar jadvali, malaka talablari va lavozim bo’yicha yo’l-yo’riqlarni tuzish; mehnatga haq to’lash turlarini, yollash tizimini, firma ishining reglamentini (jadvalini) va uning ustavini asoslash.
Xodimlar faoliyatini rejalashtirish korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli va tipi, uning mulkchilik shakli va xodimlarni tavsiflovchi boshqa omillar bilan belgilanadi.
6. Firma ish boshlagan ilk bosqichda shtatdagi xodimlar soni eng kam darajada bo’lishi zarur. Bu davrda malakali xodimlar haqidagi ma’lumotlar bazasidan foydalanish tavsiya qilinadi, ular kontrakt asosida jalb qilinishi mumkin (gidlar, ekskursovodlar, transport vositalarining haydovchilari, guruhlar rahbarlari va b.). Ishga yollashda tegishli sohada faoliyat ko’rsatishga litsenziya borligiga e’tibor qaratish lozim.
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling