1 Turkiston o‘lkasıining ijtimoiy tuzilishi


Download 71.96 Kb.
bet7/15
Sana18.06.2023
Hajmi71.96 Kb.
#1564439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
1 jahon urushi davrida turkiston olkasida ijtimoiy iqtisodiy hayot (2)

Qurultoyning 28-noyabrdagi majlisida tarkib topayotgan mazkur davlatning nomi Turkiston muxtoriyatidir, degan qat’iy fikrga kelindi. Turkiston o‘lkasi xalqlari Ta’sis qurultoyi chaqirilgunga qadar hokimiyat Turkiston Muvaqqat Kengashi va Turkiston xalq (milliy) majlisi qo‘lida bo‘ladi, degan g‘oya ilgari surilgan.

Qurultoy Muvaqqat Kengash a’zolaridan hukumat tuzilishi va uning tarkibi 12 kishidan iborat bo‘lishini belgilab olingan. Turkiston Muvaqqat Kengashi a’zolarining soni esa, ilgarigi Butunrossiya Ta’sis Majlisiga Turkiston o‘lkasidan saylangan nomzodlar soniga qarab (32 kishi) belgilangan. Xalq majlisi tarkibi 54 nomzoddan iborat bo‘lishi ko‘rsatilgan. Uning tarkibiga shaharlarning mahalliy boshqarmalaridan ham 4 vakil kiritilgan. Xalq majlisidagi o‘rinlarning uchdan bir qismi 18 kishi yevropa millatiga mansub xalq vakillariga ajratilgan. Bu hol muxtoriyatchilarning insof, diyonat va imon asosida haqiqat, adolat va demokratiyaning yuksak cho‘qqisida turib faoliyat ko‘rsatganliklarnning yorqin namunasidir. Chunki o‘sha davrda yevropa millatlariga mansub aholi Turknston o‘lkasidagi umumiy aholi soniga nisbatan 4,5-5 foizni tashkil etgani holda Xalq majlisida ularga 3/1 o‘rin ajratilgan edi. Darvoqe, Turkiston o‘lkasi Ta’sis Majlisiga saylovlar haqidagi Nizom loyihasida ham nomzodlar umumiy soni 234 o‘rin bo‘lgani holda, uning ikki guruhga musulmonlar va nomusulmonlar guruhlariga ajratilishi ham ana shu o‘lchov va andozadan kelib chiqgan edi. Yevropa millatiga mansub xalq vakillariga bu yerda ham 3/1 o‘rin ajratilganligi diqqatga molikdir. Nihoyat uzoq tortishuvlardan so‘ng qurultoyda Muvaqqat hukumat saylandi. Uning tarkibiga 8 kishidan iborat quyidagi kishilar kiritilgan:7

Muhammadjon Tinishboyev Bosh vazir, ichki ishlar vaziri, II chaqiriq Davlat Dumasining a’zosi, Muvaqqat hukumat Turkiston qo‘mitasining a’zosi, temir yo‘l muhandisi. Islom Sulton Shoahmedov Bosh vazir o‘rinbosari; Butunrossiya musulmonlari kengashi Markaziy qo‘mitasining a’zosi, huquqshunos. Mustafo Cho‘qayev Tashqi ishlar vaziri, Muvaqqat Hukumat Turkiston Komitetining a’zosi, Turkiston Musulmonlari kengashi Markaziy qo‘mitasining raisi, huquqshunos. Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev harbiy vazir, Butunrossiya musulmonlar kengashi Markaziy qo‘mitasining a’zosi, huquqshunos. Yurali Agayev yer va suv boyliklari vaziri, agronom. Obidjon Mahmudov oziq- Ovqat vaziri, Qo‘qon shahar dumasi raisining o‘rinbosari, jamoat arbobi. Abdurahmon O‘razayev ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, huquqshunos. Solomon Abramovich Gersfel’d moliya vaziri, huquqshunos.8


Download 71.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling