1 Turkiston o‘lkasıining ijtimoiy tuzilishi


Download 71.96 Kb.
bet10/15
Sana18.06.2023
Hajmi71.96 Kb.
#1564439
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1 jahon urushi davrida turkiston olkasida ijtimoiy iqtisodiy hayot (2)

Muxtoriyat e’lon qilingan kundan boshlab Muvaqqat hukumat omma o‘rtasida o‘zining siyosiy faoliyatini avj oldirdi. Eng avvalo, musulmon siyosiy tashkilotlari targ‘ibot hamda tashviqot ishlarini kuchaytirishdi. Taraqqiyparvarlar, ma’rifatparvar milliy guruh va uyushmalari ham muxtoriyatni keng targ‘ib etdilar. Toshkentda “Ishchilar to‘dasi”, Andijonda “Maorif havaskorlari” uyushma va jamiyatlari Muxtoriyat manfaati yo‘lida ish olib bordi. Ularning faoliyatida Toshkentda Akmal Ikromov, Andijonda Usmonxon Eshonxo‘jayev va boshqalarning o‘rni katta bo‘ldi. Muxtoriyat o‘zbek, rus va qozoq tillarida gazetalar chiqara boshlagan. Bular “El bayrog‘i”, “Svobodniy Turkestan” va 1917-yil 13-dekabrda rus tilida chiqa boshlagan “Izvestiya Vremennogo Pravitelstva Avtonom Turkestana” shular jumlasidandir. Obidjon Mahmudovning bosmaxonasi ham Muxtoriyat hukumati hisobiga o‘tdi. Qo‘qon shahridan Muxtoriyat hukumati nomidan uyezdlar komissarlariga va mansabdor shaxslarga farmoyishlar, telegrammalar va turli ko‘rsatmalar yo‘llanib, ular orqali joylarda Muxtor hukumatning birdan-bir qonuniy hukumat ekanligi va shu bois faqat uning ko‘rsatmalarini tan olish lozimligi ta’kidlangan. Shunday hollar ham bo‘ldiki, joylardagi ishchi, askar va dehqon deputatlari sho‘rolari Muxtoriyatni tan olmay, uning farmoyishlarini ham yo‘qqa chiqarishga harakat qilganlar. Jumladan, Kattaqo‘rg‘on sho‘rosi 1918-yil 11-yanvarda shunday yo‘l tutgan. Muxtoriyat hukumati bunday urinishlarni bartaraf etish choralarini ko‘rgan. Shunday vaqtda Abdurauf Fitrat xalqqa murojaat qilib, quyidagi fikrlarni bildirgan: “shunisi borkim, bir millatning muxtoriyati yolgʻuz bir Kengashning e’loni bilan tamom boʻlmas. Muxtoriyatni olmoq va saqlamoq kerakdir. Kengash oʻz ishini qildi. Qolgʻanlari butun millatning vazifasidir. Muxtoriyatni saqlamoq uchun kuch lozim. Muxtoriyatni bajarmoq uchun aqcha keraqdir. Bularni millat hozir qilsun”.

Muxtoriyat hukumati shoshilinch ravishda 30 million so‘mlik zayom chiqargan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad hukumatni iqtisodiy jihatdan mustahkamlash va milliy armiya tuzish bo‘lgan. Milliy qo‘shin tuzish harakati boshlab yuborilgan. Avval boshda hukumat ixtiyorida 60 yollanma askar bo‘lgan bo‘lsa, qiska fursatda Muxtoriyat ixtiyorida 2 ming kishilik qo‘shin hozir bo‘lgan. Bundan tashqari Qo‘qon militsiyasining boshlig‘i Ergashning qo‘l ostida ham anchagina kuchlar bor edi. Milliy armiyada xorijdan chaqirilgan harbiy kishilar, aksariyat holda turk zobitlari yo‘riqchilik ishlarini olib bordilar. Ayni vaqtda militsiya qismlarini tuzishga ham kirishilgan.


Download 71.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling