1 Turkiston o‘lkasıining ijtimoiy tuzilishi


Download 71.96 Kb.
bet5/15
Sana18.06.2023
Hajmi71.96 Kb.
#1564439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1 jahon urushi davrida turkiston olkasida ijtimoiy iqtisodiy hayot (2)

1917-yil boshlarida Petrogradda bo‘lib o‘tgan voqealar ta’siri ostida Turkistonda yangi jamiyat kurtaklarini shakllantirish uchun qizg‘in harakat boshlandi. Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida o‘lka muhtoriyat masalasi asosiy masala bo‘lib qoldi. Turkistonga muhtoriyat berish maqomi g‘oyasi nafaqat ziyolilar orasida, hatto oddiy aholi orasida ham ancha ommalashib borgan.

Turkiston o‘lkasi ishchi, askar va dehqonlar sho‘rosi III qurultoyining ulug‘ davlatchilik va shovinistik ruhda qabul qilgan qarori, albatta, mahalliy tub yerli aholining talab ehtiyojlari va qiziqishlariga mutlaqo javob bermas edi. Shu bois Turksiton o‘lkasidagi birinchi Islomiy ulamo va boshqa shular singari demokratik tashkilotlar milliy masalani hal qilish bo‘yicha sho‘rolar hukumati, shaxsan bolsheviklar dohiysi V.I. Leninning o‘zi e’lon qilgan “Rossiya xalqlari huquqlarining deklaratsiyasi” (1917-yil 2-noyabr) va “Rossiya va Sharqning barcha musulmon mehnatkashlariga” (1917-yil 22-noyabr) murojaatnomasi kabi hujjatlariga asoslanib, milliy istiqlol muammosini o‘zlari mustaqil hal qilishga kirishganlar. Bu borada 1917-yil 26 – 29-noyabrda Qo‘qonda o‘z ishini olib borgan Turkiston o‘lkasi musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Qurultoyda 200 dan ortiq vakillar qatnashdi. Ular o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, tojik, rus, tatar, yahudiy va boshqa millatlarning vakillari edilar. Qurultoy ishida Farg‘ona viloyatidan 150, Sirdaryo viloyatidan 21, Samarqand viloyatidan 1, Kaspiyorti viloyatidan 4, Buxorodan 2 vakil qatnashgan. Unda “Sho‘royi islom”6, “Sho‘royi ulamo”, “O‘lka musulmon Sho‘rosi”, “Harbiy musulmon Sho‘rosi”, O‘lka yahudiylari hamda mahalliy yahudiylar tashkilotlaridan vakillar ishtirok etganlar.

O‘z-o‘zidan ma’lumki, qurultoyda qatnashgan vakillar tarkibi “Qo‘qon muxtoriyati” millatchilik negizida maydonga kelgan, degan uydirma va tuhmatning hech qanday asosga ega emasligini to‘la tasdiqlagan.

Qurultoyda milliy ziyolilarning demokratik ruhdagi bir qator vakillari shunday fikrlar bilan chikdilarki, ularning bu fikrlari haqiqiy baynalmilalchilikning namunasi edi.


Download 71.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling