1 Turkiston o‘lkasıining ijtimoiy tuzilishi


Download 71.96 Kb.
bet8/15
Sana18.06.2023
Hajmi71.96 Kb.
#1564439
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
1 jahon urushi davrida turkiston olkasida ijtimoiy iqtisodiy hayot (2)

Shu o‘rinda Muvaqqat hukumati tarkibi nima uchun 12 ta emas, balki 8 kishi kirdi degan savol tug‘ililadi. Chunki hukumat tarkibidagi 4 kishi yevropa millatlariga mansub aholi vakillari ichidan nomzodlar ko‘rsatilgach, qayd etilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa Turkiston Muxtoriyati qanchalik demokratik va xalqchil hukumat ekanligini ko‘rsatuvchi bir dalildir.

Turkisgon musulmonlarining IV qurultoyi Muvaqqat hukumat kengashi (milliy majlis)ni ham saylagan. Uning tarkibiga quyidagi kishilar kirgan: Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev, Mustafo Cho‘qayev, Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov, Sadriddinxon Sharifxo‘jayev, Qo‘ng‘irxo‘ja Hojiyev, Ismatulla Ubaydulin, Saidnosir Mirjalilov, Said Ja’farboy Saidov, Islom Sulton o‘g‘li Shoahmedov, Abdurahmonbek O‘razayev, Hidoyatbek Yurguli Agayev, Nosirxonto‘ra Kamolxonto‘rayev, Mirodil Mirahmedov, Toshxo‘ja Ashurxo‘jayev, Abduqodir Qushbegiyev, Obidjon Mahmudov, Jamshidbek Qorabekov, Solomon Abramovich Gersfsld, Abdusamad Abdusalimov, Ubaydulla Dorbisalin, Muso Akchurin, Mustafo Mansurov, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Ibrohim Davletshin, Muhammadjon Tinishboyev, Halil Shirinskiy, Tolibjon Musaboyev, Olimxonto‘ra Shokirxonto‘rayev, Sobirjon Yusupov va Odiljon Umarovlar. “Sho‘royi ulamo”ning rahbari Sherali Lapin Kengash tarkibiga rais sifatida kiritilgan.

Qurultoy iqtisodiy masalalarga ham katta e’tibor bergan. Muxtor jumhuriyat Angliya hukumatidan harbiy yordam bilan bir qatorda iqtisodiy yordam olishi ham ta’kidlangan. Bu holni o‘lkada hukm surayotgan ochlik takozo etar edi. Non mahsulotlarini paxta va junga almashtirish masalasida bir fikrga kelingan. Shu munosabat bilan “O‘lkaning Janubiy-Sharqiy ittifoqqa qo‘shilishi” to‘g‘risida muhim qaror qabul qilingan. Chunki, O‘lka Shimoliy Kavkaz va Orenburgdan g‘alla mahsulotlari olgan. Ayni chog‘da Turkiston o‘z paxtasini ularga sotishi ham mumkin edi. Qolaversa, “Janubiy-Sharqiy Ittifoq” hududi aholisining katta qismi musulmonlardan iborat edi.

Turkiston muxtor respublikasi mafkurasining negizini islom dini g‘oyalari tashkil etishi qurultoyda alohida ko‘rsatilgan. Bu o‘lka musulmonlarining II va III qurultoylarida ham ta’kidlangan edi. Qurultoy o‘z ishini yakunlashi oldidan yana bir marta Turkiston Muxtor respublika deb e’lon qilinganini tantanali ravishda takrorlagan. Noiblar bu so‘zlarni tik turib tingladilar, xudoga shukronalar bildirib, Qur’oni Karim suralaridan tilovat qilganlar.


Download 71.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling