“Turkiston o`lkasi 1917-yilgi fevral-oktabr oralig`ida” mavzusida tayyorlagan taqdimoti

Download 102.1 Kb.
Sana10.11.2020
Hajmi102.1 Kb.
#143262
Bog'liq
1.Turkiston o`lkasi 1917-yilgi fevral-oktabr oralig`ida

Buloqboshi tumani 2-son kasb-hunar maktabi tarix fani o`qituvchisi Bobojonova Gulnoraning

“Turkiston o`lkasi 1917-yilgi fevral-oktabr oralig`ida” mavzusida tayyorlagan

TAQDIMOTI

“Haq olinur, berilmas”

Mahmudxo`ja Behbudiy

1917-yil. “Rusiyada bosh ko`targan yangi bir balo – bolshevik balosi”

Abdurauf Fitrat

! 1917- yil 27-fevralda Fevral inqilobi sodir bo`ldi. Rossiya imperiyasi poytaxti Petrogradda bu vaqtda mitinglar va qo`zg`olonlar boshlanib, u Fevral inqilobi g`alabasi bilan yakunlandi. Fevral inqilobi Rossiya imperiyasi hududida samoderjaviyaga barham berdi, imperatorning hukmronligi tugadi. Rossiya imperiyatori Nikolay II o`z ixtiyori bilan 2-mart kuni taxtdan voz kechdi.

Petrogradda Davlat dumasining Muvaqqat hukumati tuzildi. Ishchi va soldat deputatlari Soveti saylandi. 1-mart kuni Moskvada, mart oyida butun mamlakatda yangi hokimiyat o`rnatildi.

Rossiyadagi Muvaqqat hukumatga Georgiy Lvov(1917-yil mart-iyul) va Aleksandr Kerenskiy (1917-yil iyul-oktyabr) boshchilik qiladi.

Rossiya Muvaqqat hukumatining Turkiston Komiteti Faoliyati

  • Toshkentda 1917-yil 2-mart kuni ishchi deputatlari Soveti (Toshkent Soveti) tuzilgan edi.
  • Muvaqqat hukumat o`rnatilgach, Turkiston o`lkasi general-gubernatori va Turkiston harbiy okrugi qo`mondon general A.N.Kuropatkin va uning yordamchilari lavozimlaridan chetlashtirilib, 31-martda uy qamog`iga tashlangan edi.
  • Muvaqqat hukumat tomonidan 1917-yil 7-aprelda Turkiston o`lkasini boshqarish uchun 9 kishidan iborat Turkiston komiteti tuzildi va Toshkentda faoliyat ko`rsatdi

Turkiston komitetiga kadetlar partiyasi vakili Nikolay Shchepkin va eserlar partiyasidan Vladimir Nakivkin raislik qilishdi. Uning tarkibiga yevropaliklardan tashqari turkiy xalqlar vakillaridan Muhammadjon Tinishboyev, Alixon Bukeyxonov, Sadri Maqsudiy, Abdul Aziz Davletshin ham kirardi.

Butunturkiston musUlmonlari qurultoyi hamda “Sho`roi islomiya” va “Sho`roi ulamo” tashkilotlarining faoliyati

1917-yil 14-martda Toshkent shahrida Turkiston taraqqiyparvarlarning ijtimoiy-siyosiy tashkiloti bo`lgan “Sho`roi Islomiya” (“Islom kengashi”) tuzildi. Tashkilotga dastlab Abdulvohidqori Abduraufqori o`g`li, keyinchalik Ubaydullaxo`ja Asadulloxo`jayev rais qilib saylangan. “Sho`roi Islomiya” faoliyatida Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo`ja Behbudiy, Mustafo Cho`qay, Ahmad Zaki Validiy, Islom Sulton Shorahmedov kabi shaxslar muhim rol o`ynashgan.

! 1917-yil 16-23-aprelda Toshkent shahrida tashkilot tashabbusi bilan Butunturkiston musulmonlarining I qurultoyida bo`lib o`tdi. Unda Turkiston musulmonlarining Milliy Markazi – Turkiston o`lka musulmonlar kengashi (Kraymussovet) tashkil qilindi. Mustafo Cho`qay unga rais, Munavvarqori Abdurashidxonov va Ahmad Zaki Validiylar kotiblar bo`lishdi.

1917-yil aprel oyida tashkilotning Samarqand, Namangan, Qo`qon, Andijon, Marg`ilon, Skobelov (Farg`ona), Marv, Turkiston, Oqmachit(Qizilo`rda), O`sh va boshqa shaharlarda shu`balari tuzilgan. Toshkentda “Sho`roi islom” nomli gazeta ham chiqarilgan.

Biroq taraqqqiyparvar ziyolilar (jadidlar) bilan eskilik tarafdorlari bo`lgan ayrim ulamolar (qadimchilar) o`rtasidagi kelishmovchiliklar “Sho`roi Islomiya” safida bo`linish yuz berishiga olib keldi. 1917-yil iyunda tashkilotdan bir guruh ulamolar ajralib chiqib, Qo`qon va Toshkentda yangi jamiyat – “Sho`roi Ulamo” ga asos solishdi. Jamiyatrning Toshkent, Qo`qon, Samarqand, Namangan shaharlaridagi shu`balari faol ish olib borgan.

(1918-yil may oyida bolsheviklar tomonidan “Sho`roi Ulamo” va “Sho`roi Islomiya” tashkilotlari tuagtildi)

Turkistonda 3 hokimiyatchilik paydo bo`ldi:

  • Rossiya Muvaqqat hukumatining vaqtli Turkiston komiteti
  • Turkistondagi ishchi va aaskar deputatlarining mahalliy va markaziy Sovetlari
  • Jadidlarning “Sho`roi islomiya” tashkiloti va uning joylardagi shu`balari
  • Muxtoriyat – biron bir hududning davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshirish huquqi
  • Kadetlar – “konstitutsion demokratlar” birikmasinin bosh harflaridan olingan. Rossiyada 1905-yilda tashkil topgan, konstitutsion-demokratlar partiyasi deb ataluvchi partiyaning a`zolari.
  • Eserlar – S-sotsial, R–revolutsion, ya`ni, sotsional revolyutsionerlar nomidan olingan bo`lib, ular sovetlar ichida dehqonlar manfaatini himoya qiluvchi guruh bo`lgan.
  • Shu`ba – qism, tarmoq

E`TIBORINGIZ

E`TIBORINGIZ

UCHUN RAHMAT

Download 102.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling