Buloqboshi tumani 2-son kasb-hunar maktabi tarix fani o`qituvchisi Bobojonova Gulnoraning “Turkistonda sovetlar boshqaruv tizimining mustahkamlanishi” mavzusida tayyorlagan TAQDIMOTI Bolsheviklarning o`lkada yuritgan siyosati hamda Turkiston ASSR va Turkisoton Kompartiyasining tashkil topishi 1918-yil 1-mayda Toshkentda Turkiston ishchi, soldat, krestyan, musulmon va dehqon deputatlarining V o`lka syezdi bo`lib o`tdi. Syezd deputatlari sovet Rossiyasi hukumati rahbarlari V.I.Lenin va I.V.Stalin ko`rsatmasi asosida 30-aprelda “Rossiya Sovet Federatsiyasining Turkiston Sovet Respublikasi haqidagi Nizom”ni qabul qildi. Ushbu Nizom RSFSR tarkibida Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganligini e`lon qildi. Syezdda Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Komiteti tuzildi va Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Sovetining yangi tarkibi tasdiqlandi. Ushbu Nizom RSFSR tarkibida Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganligini e`lon qildi. Syezdda Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Komiteti tuzildi va Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Sovetining yangi tarkibi tasdiqlandi. 1918-yil 17-25-iyunda Toshkentda Turkiston bolshevistik tashkilotlarining o`lka syezdi bo`lib o`tib, unda Rossiya Kommunistik partiyasining tarkibiy qismi bo`lgan Turkiston Kommunistik partiyasi tashkiliy jihatdan rasmiylashtirildi Markaz vakolatli organlarining Turkistondagi faoliyati hamda ularga qarshi milliy kommunistlar va Musulmonlar byurosining kurashi 1919-yil mart oyida Turkiston Kommunistik partiyasining II konferesiyasida RKP o`lka Musulmonlar byurosi tashkil qilindi. Musulmonlar byurosi saflarida milliy kommunistlar va ayrim jadidlarni birlashtirib, sovet rejimining mustamlakachilik siyosatini qattiq tanqid qildi. 1920-yil yanvarda Turkiston ASSR MIK raisi, o`lka Musulmonlar byurosi raisi T.Risqulov Turkiston Sovet Respublikasi nomini o`zgartirib, uni Turk Respublikasi deb atash, yagona kommunistik partiya – Turkiston turkiy xalqlarining kommunistik partiyasini tuzish taklifi bilan chiqdi. 1920-yil yanvarda Turkiston ASSR MIK raisi, o`lka Musulmonlar byurosi raisi T.Risqulov Turkiston Sovet Respublikasi nomini o`zgartirib, uni Turk Respublikasi deb atash, yagona kommunistik partiya – Turkiston turkiy xalqlarining kommunistik partiyasini tuzish taklifi bilan chiqdi. Turkiston ASSR Konstitutsiyasini qayta ko`rib chiqish, musulmonlarning alohida armiyasini tuzish, Turkiston Komissiyasi va Turkiston frontini tugatishni ham talab qildi. Turkistondagi ocharchilikk va uning oqibatlari Turkistonda 1917-yilning qishida boshlangan ocharchilik bolsheviklarning qattol siyosati natijasida yanada kuchayib borgan. Fargo`na vodiysida 1917-1923-yillarda ocharchilik natijasida 1 mln kishi, Samarqand viloyatida 200 000 kishi nobud bo`lgan. Shunga qaramay, 1921-1922-yillarda Turkistondan Rossiyaga 4.4 mln pud g`alla jo`natilgan. Harbiy kommunizmdan yangi iqtisodiy siyosatga o`tilishi - Bolsheviklar sovet hokimiyatining dastlabki davri (1918-1920)da yuritgan siyosati “harbiy kommunizm” deb nomlangan. 1921-yil ko`klamiga kelib mamlakatning iqtisodiy munosabatlarida keskin o`zgarishlar o`tkazish zarurligi ma`lum bo`lib qoldi. RKP X syezdi oziq-ovqat razvyortkasini oziq-ovqat solig`i bilan almashtirish to`g`risidagi qarori bilan bu ish boshlanib ketdi.
- Sovet hokimiyati tomonidan xususiy mulkni tugatish maqsadida O`rta Osiyoda yer-suv islohoti amalga oshirildi. U 2 bosqichdan iborat bo`lib, 1921-1922-yillarda Turkiston ASSR va Qozog`iston ASSR da amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar birinchi bosqichni tashkil etadi.
Atamalar izohi: Pud – 16.38 kg ga teng og`irlik o`lchovi Desyatina – metrik sistema qabul etilgunga qadar Rossiyada qo`llangan, 1.09 gektarga teng yer maydoni o`lchovi NEP – yangi iqtisodiy siyosat E`TIBORINGIZ
Do'stlaringiz bilan baham: |